• I BOB. SUG‘URTA BOZORI – DAVLAT NAZORATINING OBYEKTI SIFATIDA
  • Mavzuning nazariy-ilmiy ahamiyati




    Download 390.84 Kb.
    bet4/17
    Sana10.05.2022
    Hajmi390.84 Kb.
    #20625
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Ozbekiston sugurta bozorini davlat tomonidan tartibga va takomillashtirish muammolari Yuldasheva BMI uz aeed3-converted
    Topshirdi Qabul qildi, a maruza
    Mavzuning nazariy-ilmiy ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning iqtisodiyot sohasidagi asarlari, iqtisodiyotni isloh qilish, shu jumladan sug‘urta va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasi bo‘yicha qabul qilingan Prezident farmonlari, qonunchilik hujjatlari, xorijlik va mamlakatimiz olimlarining sug‘urta yo‘nalishi bo‘yicha e’lon qilgan ilmiy maqolalari va monografiyalari ushbu bitiruv malakaviy ishi ishini yozishda dasturamal vazifasini bajardi. SHuningdek tadqiqot ishida O‘zbekiston
    Respublikasi Moliya vazirligining va yirik sug‘urta kompaniyalarining statistik ma’lumotlaridan foydalanildi.
    Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi uch bob, oltita paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, rasm va jadvalladan iborat.

    I BOB. SUG‘URTA BOZORI – DAVLAT NAZORATINING OBYEKTI SIFATIDA




      1. Sug‘urta bozori va uning tarkibiy tuzilmasi


    Bozor munosabatlarining eng asosiy talablari bu erkinlik va soflikdir. Ya’ni, bozor iqtisodiyotining mavjud bo‘lishi uning tarkibiga kiruvchi barcha sohalarning erkin va sof raqobat asosida faoliyat yuritishiga bog‘liqdir. Iqtisodiyotda monopoliyaga barham berilishi barcha sohalarning erkin raqobat asosida rivojlanishiga zamin yaratadi. Sug‘urta bozori ham ana shulardan biridir. Sug'urta bozorining mavjudligi, o‘sishi va rivojlanganlik darajasi ko‘p jihatdan bozor iqtisodiyotiga samaradorligini belgilab beradi. Sug'urta tiziming sezilarli ta’siri mavjudligi va sug‘urta qildiruvchilar manfaatlarini himoya qilish kerakligi sug'urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish zaruratini yuzaga keltiradi.
    Sug'urta bozori – o‘ziga hos ijtimoiy-iqtisodiy muhit bo‘lib, talab va taklif asosida shakillanuvchi, savdo-sotiq obyekti bo‘lib sug'urta himoya hisoblanadigan pulli munosabatlar sohasidir.2
    Sug‘urta bozorini yana quyidagicha talqin qilish mumkin:

    • jamiyatni sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash maqsadida sug‘urta fondini tashkil etish va taqsimlash bilan bog‘liq puli munosabatlarni yuritish shakli;

    • tegishli sug'urta xizmatlarini taqdim etishda qatnashuvchi sug'urta kompaniyalarining (sug'urtalovchilarning) bir butunligi.

    Sug‘urta bozorini rivojlantirishning obyektiv asos bo‘lib, moliyaviy va xo'jalik faoliyatini uzliksizligini taminlash va kutilmagan salbiy voqealar yuzaga kelishganda pulli yordam ko‘rsatish jarayonining vujudga kelishidir.3
    Sug‘urta bozorining mavjud bo‘lishi eng avvalo erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarining o‘rnatilishi, shu munosabatlar zamirida mulkchilik shakllarining xilma-xilligini oshirish va narh erkinligini ta’minlash, raqobat



    2 В.В.Шахов «Введение в страхование» - Москва, «Финансы и статистика», 1999 г. - ст. 62
    3 В.В.Шахов «Введение в страхование» - Москва, «Финансы и статистика», 1999 г. - ст. 62
    asosida faoliyat yuritish, istemolchilar manfaatlarini saqlagan holda talabni qondirish va taklif hajmini oshirishga ko‘maklashuvchi yangi sug'urta xizmatlarini ishlab chiqish va joriy etishdir.
    Sug‘urta bozorining mavjud bo‘lishi, sug‘urta xizmatlari uchun umumiy ehtiyojning mavjudligi ya’ni talabni yuzaga kelishi va ushbu ehtiyojlarni qondirishi mumkin bo‘lgan taklifning shakillantirilishiga bog‘liqdir.
    Shundan kelib chiqib sug‘urta bozori sug‘urtalovchilar bozori va sug‘urtalanuvchilar bozori tushunchalariga ajratiladi. Amalda faoliyat yuritayotgan sug‘urta bozori turli tarkibiy bo‘limlarni o‘z ichiga oluvchi murakkab va integratsiyalashgan tizim hisoblanadi. Sug‘urta bozorining birlamchi bo‘g‘ini bu - sug‘urta tashkiloti yoki sug‘urta kompaniyasidir. Aynan bu bo‘g‘inda sug‘urta fondlari tashkil etiladi va foydalaniladi, iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi, shaxsiy, guruh va jamoa manfaatlari birlashadi.
    Bundan tashqari, sug‘urta bozorida boshqa ishtirokchilar ham mavjud. Ular orasida professional faoliyat yurituvchilari mavjud bo‘lib, barchasi sug‘urta faoliyatini amalga oshirilishida ishtirok etishadi.
    “Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urta faoliyatining subyektlari hisoblanadi. Sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug‘urta syurveyerlari, shuningdek assistans sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridir.
    Sug‘urta brokeri, qayta sug‘urta brokeri vas sug‘urta agenti sug‘urta vositachilari hisoblanadi”4
    Sug‘urta xizmati - sug‘urta bozorining alohida sug‘urta shartnomasi yoki ma’lum bir sug‘urta turini tashkil etuvchi va tartibga soluvchi qonunga binoan taqdim etiladigan maxsus tovari bo‘lib hisoblanadi. Aynan bu tovarni sotish o‘ziga hos mashaqqat va qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Chunki eng avvalo amalga oshiriladigan mushkul vazifa bu potensial sug‘urtalanuvchilarni tovarning mavjudligi va uni sotib olish mumkinligiga ishontira olish lozim. Bu o‘rinda ko‘rsatilayotgan hizmatning qonuniy bo‘lishi va nafaqat

    4 O‘zbekiston Respublikasining - “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 5-modda
    sug‘urtalovchining balki sug‘urta qildiruvchining ham manfaatlarini o‘z ichiga olishi lozim.
    Sug‘urta bozori sug‘urta xizmatini sotish va sotib olish bilan bog‘liq barcha iqtisodiy munosabatlarni yig‘indisini o‘aida aks ettiradi. Sug‘urta bozori sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi bir biri bilan uchrashtiradigan muhum joy va sharoit bo‘lib hisoblanadi. Bozorda sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi talab va taklif asosida yuzma-yuz kelishsa, ularning kelgusidagi hamkorligi narxning darajasiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qachonki har tomonlama muqobil narxga erishilsa bozorda tovar xo‘jaligi munosabatlari jadal tus oladi.
    Sug‘urta bozori tarkibiy tuzilmasi yuqorida keltirilgan subyektlardan tashkil topgan bo‘lib, barchasi sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishadi.
    “Sug‘urta bozori ishtirokchilari sifatida sotuvchilar, xaridorlar va vositachilar hamda ularning uyushmalari qatnashadilar. Sotuvchilar kategoriyasini sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalri tashkil etadi. Xaridorlar sifatida u yoki bu sotuvchi bilan sug‘urta shartnomasini rasmiylashtiruvchi sug‘urtalanuvchilar – jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etadilar. Sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida vositachilar bo‘lib, o‘z harakatlari bilan sug‘urta shartnomalari tuzishga ko‘maklasjuvchi sug‘urta agentlari va sug‘urta brokerlari hisoblanadi.”5
    “Sug‘urta bozori ichki tizim va tashqi muhitning diolektik yaxlitligidan tashkil topgan bir butun tizimni tavsiflaydi. Ular birgalikda harakat qilib o‘zaro ikki tomonlama tasir ko‘rsatadi. Ichki tizim to‘liqligicha sug‘urtalovchi tomonidan tomonidan boshqariladi. Tashqi tizim yoki tashqi muhit sug‘urtalovchi tomonidan boshqarish orqali tasir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan elementlar va boshqara olmaydigan elementlardan tashkil topgan. Shu o‘rinda tashqi muhit ichki tizimni o‘rab turadi va chegaralaydi.”6





    5 X.M.Shennayev “O‘zbekiston sug‘urta bozori”- Toshkent – “Iqtisod-Moliya”. 2013 y. 7 sahifa
    6 В.В.Шахов «Введение в страхование» - Москва, «Финансы и статистика», 1999 г. - ст. 69
    Bozorda sug‘urtalovchi o‘z tovarlari ya’ni xizmatlari turlari bilan taklifni to‘liqligicha egallagan bo‘lsa, uning xaridori xizmatga bo‘lgan talabni boshqaradi va sug‘urtalovchi xizmati narxiga tasir o‘tkaza oladi.
    Jahon sug‘urta olimlaring fikriga ko‘ra: sug‘urta bozori strukturasi institutsional, hududiy va soha jihatlari bo‘yicha o‘rganish mumkin.
    Sug‘urta bozorining istitutsional aspekti: davlat, aksioner, hususiy, jamoa, o‘zaro va boshqa sug‘urta kompaniyalarida aks etadi.
    Hududiy jihatdan esa milliy, mintaqaviy va xalqaro sug‘urta bozorlariga bo‘linadi.
    Tarmoq jihatidan sug‘urta bozori shaxsiy, mulkiy va javobgarlik turlariga bo‘linadi.
    Sug‘urta bozorida faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarining o‘zaro yahlitligi – bir butunlikni yuzaga keltirish orqali birgalikda xarakat qiluvchi va o‘zaro bog‘liq qisimlardan tashkil topgan guruhni o‘zida aks ettiradi. Sug‘urta tizimi, nafaqat muhitning tizimga qanday ta’sir qilishi, balki shu bilan birgalikda tizimning muhitga qay darajada ta’sir qilishini xarakterlovchi tashqi aloqalar yordamida tashqi muhit bilan birgalikda harakat qiladi.
    Sug‘urta bozorida tashqi muhit tomonida talab qiladigan asosiy ko‘rsatkich bu sug‘urta kompaniyasining raqobatga qaratilgan tasirini boshqarishidir. Chunki bozordagi taklif darajasi va sifatini hamda xizmat narxini belgilovchi eng asosiy omil bu raqobatdur. Raqobat asosida narxning darajasi o‘zgaradi, taklif qilinayotgan “tovar” turlari takomillashadi va yangilari vujudga keladi, xizmat ko‘rsatish sifati oratdi. Bu esa bozor iqtisodiyotining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib hisoblanadi.
    Sug‘urta bozorida uning ishtirokchilari tomonidan faoliyatni yuritilishi uchun o‘ziga hos hissalari mavjud bo‘lib, birlari xizmat ko‘rsatsa birlari esa ushbu xizmatdan foydalanishadi, boshqalari esa xizmat ko‘rsatishda vositachi bo‘lib faoliyat yuritishadi. Biroq sug‘urta bozorining shunday a’zosi ya’ni qatnashchisi borki, u ham sotuvchi ham xaridorvazifasini o‘taydi. Bu ishtrokchi davlatdir. Sug‘urta bozorida davlat sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritishi va
    ayni damda davlatning o‘zi sug‘urta xizmati istemolchisi bo‘lib hisoblanashi hech kimga sir emas. Biroq sug‘urta bozorida davlatning eng asosiy vazifasi bular emas.
    Xar bir soha va har bir faoliyat ma’lum qonun-qoida va tartib asosida amalga oshiriladi. Sug‘urta faoliyati ham anashular jumlasidandur. Sug‘urta faoliyati ham o‘zining belgilangan qonun va qoidalari, yo‘llari, tartiblari va usullari orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta bozorida davlatning eng asosiy vazifalari aynan shu qoida va tartiblarni belgilash va ularning bajarilishini nazorat qilish sanaladi.
    Davlat, sug‘urta bozori professional ishtirokchilari mamlakatning amaldagi qonunchiligiga asoslangan holda faoliyat yuritayotganliklari va istemolchilar manfaatlarining saqlanishi va himoyalanishi ustidan to‘liq nazoratni amalga oshiradi va tartibga soladi. Bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy himoya prinsplariga asoslangan holda faoliyatning istiqbolli yo’nalishlarini belgilaydi.
    Bizga ma’lumki sug‘urta tashkilotlarining faoliyati iqtisodiyotning boshqa turdagi faoliyatlarini olib boruvchi tashkilotlar faoliyatidan keskin farq qiladi. Chunki, sug‘urta tashkilotlari taqdim etadigan xizmat ya’ni sug‘urta himoyasi o‘ziga hos tovar bo‘lib, istmolchi undan foydalanishi yoki foydalanmasligi muayyan voqea va hodisaga bog‘liq bo‘ladi. Sug‘urta shartnomasida keltirib o‘tilgan muayyan voqea-hodisa natijasida sug‘urtalanuvchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga zarar yetgan taqdirda uning mulkiy manfaatlarini himoya qilish asosida yetkazilgan zararni qoplash bu sug‘urta xizmatining asosiy tamoilini ko‘rsatib beradi, bu esa sug‘urtachilar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi. Bu holatda faoliyatning qonun-qoida asosida amalga oshirilishi, istemolchilar manfaatlarining saqlanishi va himoya qilinishida davlat nazoratiga ehtiyoj seziladi.
    Mamlakat sug‘urta bozori ustidan nazoratni maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi. Faoliyatni tartibga solishda davlat o‘zining razorat
    organi, soliq jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda joriy etgan majburiy sug‘urta turlari kabi mexanizmlaridan foydalanadi.
    Otish davrida davlatning sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish fuksiyasi turli ko‘rinishlarda bo‘lishi lozim, ya’ni: sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qabul qilishi, jamiyat va alohda guruh fuqarolarning manfattlari inobatga olib majburiy sug‘urta turlarini joriy etishi, alohida soliq siyosatini amalga oshirishi, faoliyatni rivojlantirish yo‘lida sug‘urta kompaniyalariga turli imtiyozlar taqdim etishi va shu bilan birga sug‘urta tashkilotlarining faolyat yuritishlari ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi qonuniy mexanizm yaratishi lozim.
    Sug‘urta bozori moliya-kredit sohasining qismi bo‘lib, jamiyatning ishlab chiqarish jarayonidagi ahamiyatini hisobga olgan holada barqaror faoliyat yuritishini taminlash maqsadida davlat nazoratning obyekti sifatida aytish mumkin.
    “Davlat sug‘urta nazorati o‘rganining boshqarish roli sug‘urtalanuvchilarning ishinchli himoyasini taminlovchi asosiy uch funksiyani bajarishni ko‘zda tutadi.
    Birinchi va asosiy funksiya – bu, sug‘urta shartnomalari tuzish faoliyatini amalga oshiruvchilarni ro‘yxatga olishdir. Barcha sug‘urtalovchilar ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. …
    Keyingi funksiya – shaffoflikni ta’minlash. Sug‘urta faoliyati bilan professional ravishda shug‘ullanuvchi har bir sug‘urtalovchi, o‘zining moliyaviy holatini tasdiqlovchi, aniq va haqqoniy ma’lumotlarni to‘liq o‘z ichiga olgan risolalarini nashr etishlari shart. Oshkoralik tamoillari sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari qoidalaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
    Uchinchi funksiya – bu sohada qonunchilikka rioya etilishi ta’minlash. Davlatning sug‘urata nazorati organi qonunbuzarlik holatlarini tekshirishni boshlashi, sug‘urtalanuvchilar manfaatlariga zid keluvchi ishlarni olib
    borayotganlarga qarshi ma’muriy choralara ko‘rishi yoki ishni sudga berishi mumkin.”7
    Sug‘urta faoliyatida davlatning aralashuvi jamiyatda ishlab chiqarishni uzluksizligini va butunligini ta’minlashga erishishdek ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga erishish taqazzo etadi. Sug‘urta kompaniyalari aholini himoya qilish va ishlab chiqarishda uzluksizlikni ta’minlashdek muhum va mushkul vazifalarni zimmalariga olishar ekan, kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararlarni tezkorlik bilan, o‘z vaqtida qoplashga erishni ta’minlovchi yetarlicha moliyaviy mablag‘larni va sug‘urta texnologiyalariga oid bilimlarni joylashtira olishi lozim. Sug‘urta faoliyatida davlatning oshkora aralashuvi nafaqat mamlakat iqtisodiyotining umumiy asosi sifatida, balki iqtisodiy taraqqiyotning vazifalari sifatida belgilanadi.
    Davlatning sug‘urta bozoriga qaratilgan ikki absolyut qarama qarshi ko‘rinishi sifatida bir tomondan sug‘urta faoliyatidagidagi davlatning monopoliyasini va ikkinchi tomondan davlat boshqaruvidan holi erkin sug‘urta bozorini ko‘rish mumkin.
    Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish - sug‘urta majburiyatlari ishtirokchilariga bir qancha yo‘nalishlarda davlatning tasirini ifodalaydi, ya’ni:

    • mulkiy manfaatlarini sug'urta qilish tizimini rivojlantirishda davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtiroki;

    • milliy sug‘urta bozorining shakllanishi va himoya qilinishida qonunchilik bazasini takomillashtirish;

    • sug‘urta faoliyati ustidan davlat nazorati;

    • sug‘urta bozorida haqqoniy raqobatni himoya qilish, ogohlantirish va monopoliyaga chek qo‘yish.

    Mulkiy manfaatlarini sug'urta qilish tizimini rivojlantirishda davlatning to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etishi muhim zaruriyati sanaladi, ya’ni, birinchidan, aholining ma’lum bir guruhlariga ijtimoiy himoya kafolotlarini berish va byudjet

    7 В.В.Шахов «Введение в страхование» - Москва, «Финансы и статистика», 1999 г. - ст. 80-81
    mablag‘lari hisobidan majburiy davlat sug‘urtasini amalga oshirish; ikkinchidan, investitsiyalar, shu jumladan xorij investitsiyalarida, eksport kreditlari sug‘urtasida notijorat risklarni sug‘urtalashda davlat ishtirokining asoslari va tartiblarini aniqlash; uchinchidan, sug‘urtalovchilarning foydasi kafolotlangan davlatning nobozor qimmatli qog‘ozlariga yo‘naltirilgan mablag‘lari qo‘shimcha kafolotlar taqdim etish; to‘rtinchidan, hatoyni uzoq muddatga sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha javobgarlik olib borishi lozim bo‘lgan sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy holatining qoniqarsiz bo‘lishini oldini olishni ta’minlovchi maqsadli zahiralarni tashkil etish.
    Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikga, faoliyatni va uning munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar, davlat rahbari qaror va farmonlari, hukumat qarorlari hamda sug‘urta faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organining buyruq va yo‘riqnomalarini o‘z ichiga oluvchi alohida qonunchilik sohasi sifatida qarash mumkin.
    “Nazoratining huquqiy tizimida davlat ma’lum talablarga qonuniy shaklni beradi. Sug‘urta tashkilotlari bu talablarga amal qilishlari lozim, nazorat organining vazifasi esa ushbu qoidalarga rioya etilishini kuzatib borish hisoblanadi.”8
    Sug‘urta faoliyati shaxsiy va ommaviy haq-huquqlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zida aks etgan alohida xo‘jalik faoliyati sifatida sohaga tegishli qonunlarni hamda maxsus vakolatli davlat o‘rganining buyruq va yo‘riqnomalarini o‘zida aks etuvchi turli xil normaiv huquqiy hujjatlar yordamida nazorat qilinadi. Bu hujjatlar orasiga aniq bir yurdik shaxs huddi va miqyosida amal qiladigan lokal va ichki meyoriy hujjatlarni ham kiritish mumkin.
    “Davlat qonunchiligi va siyosiy kuchlarning yo‘lga qo‘yilishi sug‘urta faoliyatining tijorat faoliyatiga ta’sir qiladi. Bu sug‘urtalovchilarga sug‘urta
    faoliaytini bevosita va bilvosita nazorat qiluvchi huquqiy-meyoriy hujjatlarni qabul qilish yo‘li bilan tasir qilishda ko‘rinadi.”9
    Sug‘urta faolyati ustidan davlat nazoratining o‘rnatilishi juda muhum vazifa bo‘lib hisoblanadi. Yuqotida takidlanganidek, sug‘urta faoliyatida davlat nazorati, sug‘urta munosabatlarida ishtirok etuvchi professionl ishtirokchilar faoliyatini nazorat qilish, ularning faoliyatlari qonunchilikga muvofiqligini tekshirish, istemolchilar huquqlarini himolash va bozorda sof raqobatni ta’minlash kabi asosiy vazifalarda ko‘zga tashlanadi. Bu vazifalarni barchasini bajarish uchun alohida mexanizmlar ishlab chiqilgan bo‘lib, bularning eng muhimi bu faoliyatning litsenziyalanishidir.
    Sug‘urta faoliyati ayni bozor iqtisodiyoti munosabatlari davrida ham iqtisodiy ham ijtimoiy vazifalarni bajarishi uning o‘ta mukammal bo‘lishini taqazzo qiladi. Sug‘urta faoliyatning litsenziyalanishi sug‘urtalovchilarning barcha talablarga javob bergan holda muayyan yo‘nalishda ish olib borilishini ta’minlaydi.
    Sug‘urta faoliyati ham alohida litsenziyalandigan faoliyat turi bo‘lib, maxsus vakolatli organ tomonidan taqdim etiladi va riestorti yuritiladi.
    “Litsenziya, sug‘urtalovchiga aniq sug‘urta turlari ko‘rsatilgan holda ixtiyoriy va majburiy shakldagi shaxsiy sug‘urta, mulkiy sug‘urta, javobgarlik sug‘urtasi hamda qayta sug‘urtani amalga oshirish uchun beriladi.”10
    Litsenziya berish jarayonida sug‘urta nazorati, sug‘urta tashkilotining kelgusidagi faoliyatini dastlabki kuzatuvdan va tekshiruvdan o‘tkazadi. Bu bilan, nazorat organi, sug‘urtalovchining nizom jamg‘armasi va o‘z mablag‘larining holatini va ularga tayangan holda kelgusida tashkilot qabul qilib olishi mumkin bo‘lgan majburiyatlarning tahminiy holati va ular o‘rtasidagi o‘zaro mutanosibligi ko‘rib chiqiladi.





    9 В.В.Шахов «Введение в страхование» - Москва, «Финансы и статистика», 1999 г. - ст. 78
    “Litsenziya sug‘urtalovchiga yohud hayotni sug‘urta qilish sohasida, yoxud ununiy sug‘urta sohasida, yohud faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi.11
    Shuni alohida aytish lozimki, bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlarida sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanish uchun lisenziya berish tartibi ishlab chiqilgan. Sug‘urta tashkilotiga beriladigan lisenziya sug‘urtaning har bir turi yoki muayyan bir guruhga kiruvchi sug‘urta turlari guruhlari uchun beriladi.
    Sug‘urta risklarini baholash, zarar va qoplama hajmini aniqlash hamda sug‘urta sohasidagi boshqa maslahat va izlanish kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanish litsenziyalashni talab qilmaydi.
    Sug‘urta vositacilari bo‘lgan sug‘urta agentlari faoliyati ham litsenziyalanmaydi.
    Sug‘urta faoliyatini litsenziyalash, sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun sug‘urtalovchilarga litsenziya beruvchi, sug‘urtalovchilarning, sug‘urta uyushmalari va sug‘urta brokerlarining yagona riestrini yurituvchi, qonun bilan belgilangan huquqlari va vakolatlari doirasida sug‘urtga oid normativ va metodik hujjatlar ishlab chiquvchi, sug‘urta faoliyati ustidan nazorat qilish huquqiga ega bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
    Litsenziya, uning egasiga mamlakat hududida litsenziya olish talablari va shartlariga amal qilgan holda sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi hujjat bo‘lib hisoblanadi.
    Mahsus vakolatli davlat organi sug‘urtalovchilar tomonidan litsenziya talablari va shatlarining buzulganligini aniqlagan holatlarda sug‘urta tashkilotlariga ogohlantirish xati yuborishadi. Agar sug‘urta tashkiloti xatoni belgilangan muddat ichida tuzatmasi, vakolatli organ litsenziyani cheklashi, sug‘urtalovchi tomonidan chora ko‘rilgunga qadar litsenziya amal qilishini vaqtincha to‘xtatishi yoki chaqirib olish huquqiga ega.
    “Sug‘urtalovchining litsenziyasi amal qilishining to‘xtatib turilishi uning yangi sug‘urta sharnomalari tuzishi taqiqlanilishiga, shu jumladan, amaldagi sug‘urta shartnomalari uzaytirilishining taqiqlanishiga sabab bo‘ladi. Buna sug‘urtalovchi ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishga majburdirlar.”12.
    Litsenziyaning chaqirib olinishi sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanishga cheklov qo‘yilganligini anglatadi, biroq amaldagi sug‘urta sharnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bundan mustasnodir. Bu esa sug‘urta zaxiralari mablag‘laridan istisno sifatida majburiyatlarni bajarish uchun foydalaniladi.
    Sug‘urta bozorida monopol faoliyat va nosog‘lom raqobatni oldini olish sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda yanabir omili bo‘lib hisoblanadi. Bu orqali sug‘urta bozorida erkin raqobatni yuzaga keltirish, yakka hokimlik asosida faoliyat yurishga chek qo‘yish va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash hamda istemolchilar huquqlarini himoya qilish kabi natijalarga erishiladi.
    Sug‘urta bozoriga sof raqobatni himoya qilish va monopol faoliyatga chek qo‘yish davlat nazoratining quyidagi shakllaridan tashkil topgan yagona jaroyon orqali amalga oshirilishi lozim:

      • Dominant holatini suistemol qiluvchi sug‘urtalovchilar faoliyatiga chek qo‘yish;

      • Davlat mablag‘lari ishtrok etadigan sug‘urta jarayonlarida ishtirok etuvchi sug‘urta tashkilotlarini tanlov asosida aniqlash;

      • Ijro hokimiyatining davlat organlari hamda o‘zini o‘zi boshqarish mahalliy organlarining sof raqobatga tasir qiluvchi harakatlariga chek qo‘yish;

      • Sug‘urta xizmatlari bozorida kapitallar konsentratsiyasi ustidan davkart nazoratini o‘rnatish;

      • Sug‘urta tashkilotlari birlashmalarining tashkil etilishi, hamda sug‘urta tashkilotlari kelishuvlari va kelishilgan harakatlarini zarorat qilish;

      • Sug‘urta xizmatlari bo‘yicha asossiz juda past yoki yuqori sug‘urta tariflarining qo‘llashga chek qo‘yish.

    Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning yana bir o‘ziga hos yo‘li bu mamlakatda majburiy sug‘urtaning joriy etilishidir.
    Majburiy sug‘urtaning joriy etilishi, aholini ijtimoiy himoya qilish mexanizmining paydo bo‘lishi hamda sug‘urtalovchilar faoliyatlarining kengayishiga sabab bo‘ladi.
    Majburiy sug‘urta aholining malum bir qatlamini, uchinchi shaxslarning hayoti va sog‘lig‘i hamda mol mulki bilan bog‘liq bolgan mulkiy manfaatlarini himoya qilishga qaratiladi.
    “Sug‘urta qildiruvchi bo‘lish majburiyati qonun bilan unda ko‘rsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi.”13
    Majburiy sug‘urtani amalga oshirish uchun davlat tomonidan sug‘urta tashkilotlariga bir qancha talablar yuklatiladi. Jumladan: sug‘urtaning ushbu shakli bilan shug‘ulanish uchun belgilangan ustav jamg‘armasiga ega bo‘lishi va amlakatning barcha hududlarida o‘z bo‘linmalariga ega bo‘lishi lozim. Bazida shunday sug‘urta turlari ham bo‘ladiki, bunda davlatning o‘zi sug‘urta qildiruvchi va o‘z mablag‘lari hisobidan ayrim turdagi shaxslarning hayoti va mulkiy manfaatlarini sug‘urta qildiradi. Bunday sug‘urta davlat majburiy sug‘urta turi deb yuritiladi.
    Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solishning yana bir samarali va maqsadli usuli bu faoliyat ustidan o‘ziga hos soliq siyosatini yuritishdir.
    “Rivojlangan sug‘urta bozori mavjud davlatlarda sug‘urta faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishning muhim vositasi sifatida sug‘urta mukofotiga nisbatan mahsus soliq solinadi. Bu holatda soliq solish obyekti bo‘lib sug‘urtalanuvchilarning ularga ko‘rsatilgan har qaday sug‘urta xizmatlari uchun to‘lagan har qanday to‘lovlari bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat hududida ishlab chiqilgan sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish evaziga to‘lov sifatida qabul qilingan sug‘urta mukofaotlari soliqqa tortiladi, mulkchilik shaklidan qatiy nazar

    13 O‘zbekisto Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 52 bob “Sug‘urta”, 1996 yil. 922-modda.
    rezident yoki norezident bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari soliq to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadilar.”14
    “Sug‘urta faoliyatini soliqqa tortish orqali davlat nazoratini amalga oshirish nazariyasiga ko‘ra sug‘urta mukofotidan soliq absolyut mustaqil ravishdagi instrument bo‘lib hisoblanadi va xorijiy davlatlarda keng qo‘llaniladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i va oborot solig‘laridan alohida bo‘lishi lozim.15
    Sug‘urta tashkilotlariga nisbatan soliq siyosati ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan, bu esa, shubhasiz, o‘z samarasini beradi. Sug‘urta tashkilotlari esa, o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shishi mumkin. Mahalliy sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta mukofotlarini soliqga tortish orqli to‘laqonli soliq siyosati yordamida tartibga solish, sug‘urtaning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega turlariga soliq imtiyozlarini bermay turib amalga oshirish kerak. Ixrtiyoriy tibbiy sug‘urta kabi ayrim ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta turlariga nisbatan past stavkalarni qo‘llagan holda soliq imtiyozlarini kiritish zarur.
    Shunday qilib, sug‘urta faoliyatini soliqlar orqali tartibga solishda xorij tajribasini qo‘llash iqtisodiyotning sug‘urta sektorini samarali rivojlanishiga yordam beradi.



      1. Download 390.84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 390.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuning nazariy-ilmiy ahamiyati

    Download 390.84 Kb.