• Texnologik ta’lim va tasviriy san’at fanlari” kafedrasining ilmiy uslubiy yig‘ilishi BAYONNOMASI
  • K u n t a r t i b i
  • Kafedrasida tashkil etilgan




    Download 2,24 Mb.
    bet1/2
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,24 Mb.
    #159513
      1   2
    Bog'liq
    тўгарак низоми (2)ЛОТИН


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


    A. QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FIZIKA VA TEXNOLOGIK TA`LIM FAKULTETI
    TEXNOLOGIK TA’LIM VA TASVIRIY SAN’AT FANLARI”
    KAFEDRASIDA
    TASHKIL ETILGAN “XALQ HUNARMANDCHILIK”
    NOMLI O`QUV METODIK TO`GARAK HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT


    JIZZAX – 2023


    Texnologik ta’lim va tasviriy san’at fanlari” kafedrasining ilmiy uslubiy yig‘ilishi
    BAYONNOMASI



    2_.08.2023yil

    Qatnashdilar: Kafedraning barcha a’zolari

    K u n t a r t i b i





    1. “Texnologik ta’lim va tasviriy san’at fanlari” kafedrasida tashkil etilayotgan “Xalq xunarmanchilik” nomli o‘quv metodik to‘garak nizomini tasdiqlash to‘g‘risida;

    2. Yuqoridagi nizom asosida kafedrada “Xalq xunarmanchilik” nomli to‘garakni tashkil qilish va unga kafedra o‘qituvchilaridan raxbarlik qilish uchun mos nomzodni tasdiqlash to‘g‘risida.

    3. To‘garak faoliyatini qay tartibda olib borish masalasini ko‘rib chiqish.

    Kun tartibida muxokamaga qo‘yilgan masalalar to‘g‘risida ilmiy uslubiy seminar raisi F.Irmatov qisqacha ma’lumot berdi va kun tartibidagi birinchi masalani kafedra a’zolari muxokamasiga tashladi.


    Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri M.Yusupov so‘zga chiqib kafedra o‘qituvchisi M.Yo’ldoshev tomonidan tuzilgan to‘garak nizomi barcha xuquqiy normativ xujjatlarga mos kelishini aytdi. Kafedra professor – o‘qituvchilaridan dots. R.Umarov va T.Ismoilovlar so‘zga chiqib tasdiqlanishi kutilayotgan to‘garak nizomi ilmiy va uslubiy tomondan barcha talablarga mos ekanligini aytib o‘tdilar. Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan barcha professor o‘qituvchilarning fikr muloxazalari tinglangach ikkinchi masalaga muxokamasiga o‘tildi.
    Kun tartibidagi ikkkinchi masala yuzasidan kafedra katta o‘qituvchisi Q.Alqarov so‘zga chikib haqiqatdan xam iqtidorli talabalar bilan ishlash naqadar muximligini, tashkil etilayotgan ilmiy-metodik to‘garak yosh mutaxassislarning bilimlarini yanada boyitishga va ularni amalda qo‘llashga imkon berishini takidladi. Q.Alqarov tomonidan “Xalq xunarmanchilik” kafedrasida tashkil etilayotgan “Xalq xunarmanchilik” nomli o‘quv-metodik to‘garakka raxbarlik uchun M.Yo‘ldoshev nomzodi ko‘rsatildi. Kafedra a’zolari bir ovozdan bu nomzodni ma’qulladilar.
    Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan kafedra mudiri M.Yusupov so‘zga chiqib, to’garak kunlari xaftada ikki kun chorshanba va payshanba kunlari faoliyat olib borishni hamda zudlik bilan to’garak a’zolari shakllantirishni aytib o’tdi. Bu taklifni kafedra a’zolari qo‘llab quvvatladilar.
    Kafedra yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar muhokamasi yuzasidan qaror qiladi:
    1. O‘qituvchi M.Yo‘ldoshev tomonidan tuzilib xavola etilgan “Xalq xunarmanchilik” nomli o‘quv-metodik nizomi tasdiqlansin.
    2. Yuqoridagi fikrlarni etiborga olib o‘qituvchi K.Yusupov va M.Yo‘ldoshevning nomzodi “Xalq hunarmadchiligi” nomli to‘garak raxbarligiga tasdiqlansin.




    Download 2,24 Mb.
      1   2




    Download 2,24 Mb.