|
Kafedrasida tashkil etilgan
|
bet | 2/2 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 2,24 Mb. | | #159513 |
Bog'liq тўгарак низоми (2)ЛОТИНYig‘ilish raisi:
Yig‘ilish kotibasi:
|
M.Yusupov
D.Ismoilova
|
To‘garak nizomi
Umumiy qoidalar
Talabalar uchun tashkil qilingan “Texnik ijodkorlik” (keyingi o‘rinlarda faqat – to‘garak) nomli o‘quv-metodik to‘garak “Texnologik ta’lim” kafedrasi tarkibiga kirib, to‘g‘ridan to‘g‘ri kafedra mudiriga bo‘y sunadi. To‘garak fizika, astranomiya fanlarini va uni o‘qitishga doir zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullana oladigan yuqori malakali fizik pedagog kadrlar tayyorlashga shuningdek talabalarning mustaqil ravishda bilim olib o‘z qobiliyatlarini yanada rivojlantirishlari uchun tashkil etilgan.
To‘garak fa’oliyatini tashkil etish uchun normativ xuquqiy xjjatlar
To‘garak o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998 yil 10 iyuldagi “Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash, va ularni maqsadli tayyorlash to‘g‘risida”gi 185-sonli, 2001 yil 11 oktyabrdagi “Iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 249-son hamda2002 yil 30-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalar bilan ishlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 279-sonli buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
To‘garakning asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari
To‘garakning asosiy maqsadi:
Bo‘lg‘usi Texnologik ta’lim pedagog kadrlarning iqtidorlilarini aniqlash, ularning o‘z iqtidorlarini namoyon qilishga imkon berish;
Bo‘lg‘usi mutaxasislarning professional qobiliyatlarini yanada rivojlantirish;
Ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga va o‘z-o‘zlarinining bilim, ko‘nikma, malaka va kompetetsiyalarini rivojlantirib borishlariga imkoniyat yaratish.
Quyidagilar to‘garakning asosiy va zifalari hisoblanadi:
Xar tomonlama rivojlangan ijodiy shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
kafedra fanlari va ustuvor ilmiy yo‘nalishlari hamda iqtidorli talabalar ehtiyojlariga javob beruvchi ta’lim-tarbiyaning mazmunini muntazam ravishda yangilab borish;
talabalarni umuminsoniy va xalq qadriyatlarini aks ettiruvchi madaniyat bilan tanishtirish;
qo‘shimcha bilimlar, malakalar egallashga bo‘lgan ehtiyojlarni shakllantirish va ularni yanada boyitish;
Har bir talabaning tabiiy bilimdonlik darajasi va ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish;
Hayotning oliy qadriyati bo‘lgan mehnatga munosabatni tarbiyalash;
Talabalarning kafedra fanlari bo‘yicha bilimlarini kuchaytirish, ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, ilmiy va ommabop maqolalar tayyorlash va nashr etish;
Talabalar ishtirokida tadbirlar tashkil etish va o‘tkazish;
Talabalarni nomdor davlat stipendiyalariga tayyorlash va tavsiya etish;
To‘garak a’zolarini o‘qitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida o‘quv-tarbiya va uslubiy ishlarni takomillashtirish, ustoz shogird an’analarini davom ettirish.
To‘garak o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
“Texnologik ta’lim” yo‘nalishida tahsil oluvchi barcha talabalarga ularning har tomonlama kamol topishlari va bo‘sh vaqtlarini o‘zlari belgilashlari uchun imkoniyat yaratadi;
Talabalar shaxsining rivojlanishiga, ularning qiziqishlariga, iqtidoriga, mustaqil bilim olishlariga va ijodiy mehnat qilishlariga shart-sharoitlar yaratadilar;
Talabalar bilimi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Kafedra fanlari bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim beradi;
Talabalar o‘rtasida qobiliyatli, iqtidorli yoshlarni aniqlash, shaxsni rivojlantirishga qaratilgan olimpiada, tanlovlar hamda boshqa tadbirlarni uyushtirishga va o‘tkazishga yordam beradi.
Ish faoliyatini tashkil etish
To‘garakka kafedra tomonidan belgilangan o‘qituvchi rahbarlik qiladi, uning faoliyatini tashkil qiladi.
To‘garakning ish rejalari har o‘quv yili boshida kafedra majlisida tasdiqlanadi.
To‘garak faoliyati kafedra tomonidan nazorat qilinadi, to‘garak rahbari kafedra majlislarida muntazam hisobot berib boradi.
To‘garak faoliyatinini tashkil etishda to‘garak raxbarining (kafedra mudirining bevosita ko‘magiga tayaniladi) vazifalari:
To‘garak faoliyatini tizimli tashkil etish, to‘garak a’zolariga tegishli (ma’ruza, amaliy, master-klass va boshqalar) mashg‘ulotlar o‘tkazishiga ko‘mak berish.
To‘garakning ish rejalarini tuzish.
To‘garakka a’zo bo‘lgan iqtidorli talabalarni qiziqishlariga qarab kafedra o‘qituvchilariga biriktirish va ularning birgalikdagi faoliyatiga ko‘mak berish.
To‘garak faoliyati to‘g‘risida to‘garak rahbari kafedra majlislarida muntazam hisobot berib borish.
To‘garakning a’zolari
To‘garakning a’zolari o‘quv-tarbiyaviy va zifalarni hal etishda, o‘z bo‘sh vaqtlarini va dam olishlarini to‘g‘ri tashkil etishda ishtirok etadilar.
To‘garakning a’zolari quyidagi huquqlarga egadirlar:
bir necha to‘garaklar faoliyatida qatnashish, o‘quv yili davomida boshqa to‘garaklarga o‘tish;
to‘garakning ish faoliyatini yaxshilashga oid takliflar kiritish;
To‘garak a’zolarining burchlari:
To‘garakda o‘rnatilgan intizom va tartibga rioya qilish;
o‘z ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimlarni mustaqil egallash ko‘nikmasini hosil qilish va uni amalda qo‘llash.
Yakuniy qoidalar
To‘garak faoliyati kafedra tomonidannazoratqilinadi.
To‘garak faoliyati kafedra majlisi qarori asosida qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
To‘garak oyda ikki marta ishtirokchilarga ma’qul sanada o‘tkaziladi.
|
| |