|
Mavzu: Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni takomillashtirish masalalari
|
bet | 1/14 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 84,65 Kb. | | #138536 |
Bog'liq Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni takomillashtirish masalalari
Mavzu: Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni takomillashtirish masalalari
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………………3
I.BOB. JAMIYATDA MA’NAVIY- MA’RIFIY ISHLARNI TAKOMIL-LASHTIRISHNING NAZARIY- HUQUQIY ASOSLARI
1.1. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ma’naviy- ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida………………………….5
1.2. Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar…13
1.3. Jamiyatni insonparvarlashtirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o’rni…..…19
1.4. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish vazifalari…………..…..31
II. BOB. MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI YANGI BOSQICHGA KO’TARISH- DAVR TALABI
2.1 Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, jamiyat va yoshlar: ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning ilmiy-uslubiy, pedagogik-psixologik asoslari..38
2.2. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning zamonaviy texnologiyalari…..44
2.3. Jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda kadlarning o’rni…………………………………………………………………………….…53
Xulosa………………………………………………………………………….….57
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………..…………….58
KIRISH
Biz o'z oldimizga mamlakatimizda uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so`ng o`z oldimizga asosiy maqsad sifatida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish‖ g`oyasini belgilab oldik. Bu xalqni davlatdan va o`z-o`zidan begonalashuvini bartaraf etishdagi birinchi qadam bo`ldi. Insonlarda yangicha tafakkurni shakllantirish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirish vazifasi belgilab olindi. Islohot samarasi uni anglagan jamiyat va insonlar uchun bo’ladi albatta.
Inson borki, jamiyat bilan, yaqinlari bilan, oila davrasida baxtiyor bo`ladi. Hayotidan ko`ngli to`q, ertangi kuniga ishonchi kuchli inson begonalashuv muammosiga nafaqat yo`liqmaydi, yaqinlarini ham himoya qilib yashaydi. Insonlarga bunday imkoniyat ijtimoiy muhit orqali yetkaziladi. Qulay ijtimoiy muhit yaratish va uni doim, zamon ruhiga mos tarzda o`stirib borish jarayoni ma‘naviy-ma`rifiy islohotlar tizimini qamrab oladi. Bu hayotning eng dolzarb masalasi ekanligi barchamizga ayon, albatta. Birinchi Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda, moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o`z yo`liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta`minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma‘naviy islohotlar- qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo`lish, qadni baland tutish, otabobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo`lish- bundan og`irroq va bundan sharafliroq vazifa yo`q bu dunyoda.
Mustaqillik yillarida boy ma‘naviy merosimiz, milliy an`analarimiz, rasm-rusumlarimiz, diniy qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Ona tilimiz - xalq va davlat turmushidagi o`z o`rni va ahamiyatiga ega bo`ldi. Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar, ta‘lim, madaniyat, sog`liqni saqlash sohalari yuksaldi. Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o`zgardi, aholining turmush saviyasi o`sdi. Ma‘naviy hayotimizda uyg`onish yuz berdi, odamlarning tafakkuri va hayotga munosabati o`zgardi.
Hozirgi darvda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo'lgan yoshlar umumiy aholining taxmiman 40 foizini, 30 yoshgacha bo'lganlar esa 64 foizini tashkil etadi. Shu sababli yoshlarning tarbiyasiga, kamolotga yetishiga huquqlarini himoya qilishga e'tiborni qaratish davlat siyosatining ustivoryo'nlishlaridan biri hisoblanadi1.
Yoshlarni tarbiyalash, mamlakat kelajagini ta'minlash bu davlat buyurtmasidir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanining predmeti fanning yuzaga kelishi, ma'naiy tarbiyaning yoshlarga ta'siri, yoshlarning jamiyat hayotidagi roli uzluksiz ta'limni insonparvarlashtirishda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning, ahamiyati, ma'naviyat, ma'rifat, mafkura tushunchalarining o'zaro bog'liqligi, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi va yangi texnologiyalardan foydalanish yo'llarini o'rganishdan iboratdir.
|
| |