Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar




Download 84,65 Kb.
bet3/14
Sana16.01.2024
Hajmi84,65 Kb.
#138536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni takomillashtirish masalalari

1.2. Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan- milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Xususan, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emas, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmagan.
Mavjud muammolarni hal etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish maqsadida:
1.Quyidagilar ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillash-tirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:

  • ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;

  • oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash;

  • targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;

  • el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;

  • madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;

  • geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

2. Quyidagilar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) qo‘shimcha vazifalari etib belgilanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
a)davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘nalishida:

  • mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va ishchi (ekspert) guruhlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va ma’naviy tahdidlarning mohiyatini va aholining turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganib borish;

  • yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etuvchi, ularni g‘oyaviy jihatdan qaram etishga yo‘naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o‘z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish;

  • davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash;

b) ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida:

  • ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish;

  • ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir xorijiy tajribani o‘rganish, shuningdek, bugungi mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash;

  • maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimi, mahalla va boshqa tuzilmalar kesimida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning monitoringini olib borish, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tarbiya texnologiyalari, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

  • ma’naviy tarbiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish, ularning natijalari amaliyotga tatbiq qilinishini muvofiqlashtirish;

v) targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishida:

  • ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

  • sohalar va hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, aniq maqsadga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

  • aholi, ayniqsa, yoshlarni islom dini va falsafasiga, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat-ehtirom va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.

3. Markazning ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijtimoiy mavzulardagi dolzarb maqolalar, jamoatchilik vakillarining ilg‘or fikrlari, shuningdek, mafkuraviy jarayonlar tahlili, sohaga oid yangiliklarni to‘plash, tayyorlash va tarqatish maqsadida “oyina.uz” elektron portalini tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.
Portal faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Markazga qo‘shimcha 15 ta shtat birligi ajratilsin va uning tuzilmasida Raqamli targ‘ibot bo‘limi tashkil etilsin. Markaz Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda portalni ishga tushirish choralarini ko‘rsin.
4. Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlariga qo‘shimcha 2 tadan, tuman (shahar) bo‘linmalariga aholi soni 200 mingdan ortiq bo‘lganda 2 tadan, 200 mingdan kam bo‘lgan taqdirda esa 1 tadan qo‘shimcha shtat birliklari ajratilsin.Belgilansinki, mazkur shtat birliklari mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi.
5. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining:
“Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasi negizida Markaz huzurida Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutini tashkil etish;
“Tafakkur” va “Ma’naviy hayot” jurnallari hamda “Ma’naviyat” nashriyotini Markaz tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
“Ma’naviyat” nashriyoti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi hisobidan bir oy muddatda 1 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilsin.
6. Quyidagilar:

  1. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

  2. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

  3. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

  4. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari namunaviy tuzilmalari 4-ilovaga muvofiq;

  5. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman (shahar) bo‘linmalarining namunaviy tuzilmalari 5-ilovaga muvofiq;

  6. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


Download 84,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 84,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar

Download 84,65 Kb.