|
Mavzu: Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni takomillashtirish masalalari
|
bet | 4/14 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 84,65 Kb. | | #138536 |
Bog'liq Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni takomillashtirish masalalariOldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
7. Ta’lim tashkilotlarida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra:
har bir umumta’lim muassasasida joriy etilgan ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimini moliyalashtirish uchun 2021-yil 1-apreldan boshlab davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 0,5 shtat birligi ajratiladi hamda uning ish haqi miqdori umumta’lim muassasasi oliy ma’lumotli o‘qituvchisi uchun o‘rnatilgan bazaviy tarif stavkasi miqdorida belgilanadi;
davlat oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarida, talabalar sonidan qat’i nazar, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor (direktorning birinchi o‘rinbosari) lavozimi joriy etiladi. Bunda, oliy ta’lim muassasalarida mavjud yoshlar bilan ishlash bo‘yicha birinchi prorektor (direktorning birinchi o‘rinbosari) lavozimi qisqartiriladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
8. Markaz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida barcha tuman va shaharlarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2021 — 2023-yillarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etishning manzilli ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Mazkur maskanlar yangi qurilishlar orqali yoki bo‘sh turgan binolarda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan tashkil etilishi belgilansin.
9. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimining tegishli ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga bakalavriat bosqichida “Ma’naviyatshunoslik”, magistratura bosqichida “Kasbiy ma’naviyat” fanlari kiritilishini hamda magistratura ta’lim bosqichida “PR-menejer” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanishini yo‘lga qo‘ysin.
10. Innovatsion rivojlanish vazirligi Markaz bilan birgalikda ikki oy muddatda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni shakllantirsin va belgilangan tartibda moliyalashtirsin.
13. Toshkent shahar hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, “Ma’naviy hayot” va “Tafakkur” jurnallari tahririyatini joylashtirish uchun bino ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 9-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish, uning ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirishga shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari D.M. Kenjayev belgilansin.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
|
| |