Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish vazifalari




Download 84,65 Kb.
bet6/14
Sana16.01.2024
Hajmi84,65 Kb.
#138536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni takomillashtirish masalalari

1.4. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish vazifalari
Hozirgi darvda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo'lgan yoshlar umumiy aholining taxmiman 40 foizini, 30 yoshgacha bo'lganlar esa 64 foizini tashkil etadi. Shu sababli yoshlarning tarbiyasiga, kamolotga yetishiga huquqlarini himoya qilishga e'tiborni qaratish davlat siyosatining ustivoryo'nlishlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek “Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim”2.
Yoshlarni tarbiyalash, mamlakat kelajagini ta'minlash bu davlat buyurtmasidir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanining predmeti fanning yuzaga kelishi, ma'naiy tarbiyaning yoshlarga ta'siri, yoshlarning jamiyat hayotidagi roli uzluksiz ta'limni insonparvarlashtirishda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning, ahamiyati, ma'naviyat, ma'rifat, mafkura tushunchalarining o'zaro bog'liqligi, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi va yangi texnologiyalardan foydalanish yo'llarini o'rganishdan iboratdir.
Ushbu fanning ilmiy-nazariy, tarixiy-falsafiy asoslarini qadimgi davr faylasuflari va allomalari asoslari, xalq o'zaki ijodiyotining ajoyib durdonalari, Sharq va G'arbning o'rta asrlarda ijod qilgan buyuk allomalarining fikrlari, yangi va eng yangi davrda yaratilgan ilm-fanning noyob durdonalari, Prezidentimiz asarlarida yoritilgan Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va tarbiyaga oid fikrlari tashkil etadi.
Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch” asarida kitobxonning e'tibori takror –takror eng dolzarb masalaga, ya'ni yosh avlod tarbiyasiga, o'g'il qizlarimizning sof va beg'ubor qalbini turli ma'naviy taxdidlardan qanday asrash masalalariga qaratiladi. Shu sababli kitobda eng ko'p ishlatilgan tushunchalarni “yoshlar”, “tarbiya”, “ma'naviyat”, “milliy g'oya” , “fazilat”, “taxdid” so'z va iboralar tashkil etadi.
Hozirgi globallashuv sharoitida ma'naviy tahdidlar, rivojlanayotgan mintaqalarning boyliklarini egallashga intilish birdaniga paydo bo'lgani yo'q.
Ma'naviyatli insoniyat o'tmishdan tegishli saboqlar chiqarishi va XXI asrda tarix varaqlariga xijolatlik bilan bitiladigan voqea-hodisalarning sodir bo'lishiga yo'l qo'ymasligi kerak edi. Qashshoqlik, ekologik muammolar, zaxiralar taqchilligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bo'lib o'tdi. Ustiga-ustak, ayrim kuchlarning urinishlari natijasi o'laroq, xavf-xatarlar ro'yxati yangilari hisobiga yanada kengaydi. Demografik inqiroz, demokratiya eksporti, ma'naviy qashshoqlashuv, axborot urushlari, g'arbona turmush tarzini tiqishtirish kabi xavf-xatarlar shundoq ham bezovta dunyoning tashvishlarini ko'paytirdi. Odamzodning mavjud illatlarga qarshi kurashi qaysidir jihatdan afsonalarda tasvirlanadigan ko'p boshli ajdar bilan olishuvni eslatadi. Ajdarning bitta boshi tanasidan judo qilinishi zahoti, shu joydan ikki-uchta bosh o'sib chiqishi bu mahluq bilan kurashish naqadar mashaqqatli ekanini ko'rsatadi.
Xavf-xatarlarga jiddiy razm soladigan bo'lsak, mustamlakachilik siyosati, birovlarni qaram qilish siyosati yangi asrda yo'qolmaganini, balki o'zining shaklu shamoyilini o'zgartirganini tushunib yetamiz1. Darhaqiqat, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an'ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o'z ta'siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o'z manfaati yo'lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar».
Mustaqillik davlat miqyosida oliy hokimiyatga egalikni, tashqi va ichki siyosatni olib borishdagi to'la erkinlikni anglatadi. Mustaqillik muayyan davlat erkinlikning birlamchi sharti va belgisidir. Bu esa mustaqillikning tom ma'noda qisman yoki cheklangan shaklda mavjud bo'la olmasligini anglatadi. Сhunki mustaqillik davlatning boshqa davlatlarga tobe bo'lmay, qaram bo'lmay yashashini, o'zga kuchlar tomonidan boshqarilmay, birovlarning irodasiga bo'ysunmay, erkin hayot kechirishini nazarda tutadi. Muhimi, davlat mustaqilligining o'rnatilishi mamlakatlar o'rtasida tenglik qaror topishini shartlab qo'yadi hamda mutelik, o'zgalar hisobiga yashash, turli kamsitishlar, ortiqcha ta'zim-tavozega yo'l qo'ymaydi. Davlat mustaqilligi mustamlakachilikning har qanday shaklini, uning kamsituvchi tabiatini, u taqozo etadigan zo'ravonliklarni inkor etadi.
Garchi butun dunyo mamlakatlari o'rtasidagi teng huquqlilik jahon hamjamiyati taraqqiyotining tabiiy va zaruriy sharti hisoblansa-da, ayrim mulohazalar va xatti-harakatlarda hamon imperiyacha fikrlash ta'sirini, davlatlar mustaqilligini yemirish istagini ilg'ash qiyin emas.
Globallashuv jarayonlarini tahlil qilgan olimlar bu jarayonlarda davlatning rolini turlicha baholaydilar. Ayrim nazariyalarda globallashuv jarayonida davlatning roli tobora pasayib borishi uqtirilsa, boshqalarida uning o'rni va ahamiyati o'zgarmaydi, deb ta'kidlanadi. Yana bir guruh olimlar esa globallashuv sharoitida davlat bilan davlatlararo tashkilotlar o'rtasida siyosiy hokimiyat qayta taqsimlanib, davlat ularga o'z suverenitetining bir qismini beradi2, degan farazlarni ilgari surmoqda.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan e'tirof etilganidek, «O'zbekistonni olib borayotgan mustaqil siyosatdan qaytarish, kimgadir qaram qilish maqsadida chetdan turib ichki ishlarimizga aralashish, turli niqblar ostida bizga qarshi tazyiq va zo'ravonlik o'tkazish siyosatini mutlaqo qabul qilmaymiz».
Taassuf bilan tan olish kerak, diniy aqidaparastlik va terrorizm, «demokratiyani olg'a siljitish»ga urinishlar, axborot xurujlari, g'arbona turmush tarzini tiqishtirish, ma'naviy qashshoqlashtirish harakatlari, buyuk davlatchilik tafakkuri va imperiyacha fikrlash xurujlari davlatimiz suverenitetiga jiddiy xavf tug'dirmoqda. Ha, gegemoniya dunyo kabi ko'hna. Biroq bugungi kunda hududlarni harbiy kuch bilan zabt etish o'rniga jahonda yetakchilik qilishning noan'anaviy usullari, ancha zamonaviylashtirilgan, birmuncha madaniylashtirilgan usullari keng urf bo'lmoqda. Dunyoga hukmronlik qilishning eng oson va qisqa yo'llarini izlayotgan kuchlar tinchlikni oliy ne'mat deb biladigan, saxiy zamini tabiiy boyliklarga to'la, xalqi soddadil va mehnatkash O'zbekistonni o'z ta'sir doirasiga olishga intilayotganligini payqamaslik mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqillikni asrab-avaylash, himya qilish va mustahkamlash O'zbekistonda davlat siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan.
Davlatlar mustqilligini kemiruvchi xavf-xatarlarga yuzaki qarash, ularni tahdid manbai sifatida e'tirof etmaslik insoniyat boshiga yana ko'plab kulfatlar solishi muqarrar. Shu bois, bugungi kunda suverenitetimizga tahdid solayotgan bunday hodisalarning mafkuraviy poydevorini hosil qiluvchi vayronkor g'oyalarni fosh etish birlamchi vazifaga aylanadi.
Mustaqilligimizdan keyin ma'naviyma'rifiy ishlarga, unutilgan, kamsitilgan ma'naviyatimizni, milliy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan siyosatni amalga oshirilishini ko'rsatish hamda yosh avlodning milliy g'ururini yuksaltirishga, ularni vatanparvarlik, yurtparvarlik, baynalminallik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar mohiyatini ochib berish, ularni tashkil etish metodikasini o'rgatish ushbu fanning maqsadini tashkil etadi.
“Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi” fanining oldiga qo'yilgan vazifalar qo'yidagilardan iborat:

  • Ma'naviy ma'rifiy tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi rolini va uni yoshlar ongiga singdirishning ahamiyatini ochib berish;

  • Uzluksiz ta'lim tizimini insonparvarlashtirishning tarbiyaga ta'sirini, eski mafkuradan insonlarning halos bo'lishini tezlashtirish uchun barcha ishlarni tezlashtirish lozimligini ko'rsatish;

  • Ma'naviy ma'rifiy islohatlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi ekanligini ochib berish;

  • “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi bilan ma'naviy ma'rifiy ishlarning yanada takomillashuvini ko'rsatish va bu masalada amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirish;

  • Ma'naviy ma'rifiy ishlarni tashkil etishda ma'naviyat, ma'rifat, mafkura tushunchalarining o'zaro bog'liqligini, aloqadorligini, biri ikkinchisini inkor qilmasligini tarbiyaviy jarayonda ulardan umumlashgan holda foydalanish mumkinligini tushuntirish;

  • Ma'naviy ma'rifiy ishlarning, jarayonlarning mohiyati va asosiy yo'nalishlarini tahlil etish;

  • Talaba yoshlarni ma'naviy ma'rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi bilan tanishtirish.

Ma'naviy ma'rifiy va mafkuraviy targ'ibot ishlari hech qachon hozirgidek dolzarb vazifaga aylanmagan. Ma'naviy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi bo'lgani, mafkuraviy tahdid va axboriy xurujlar ko'payib borayotgani, odamlar ongi va qalbini egallash yo'lidagi kurash jarayonlari kuchaygani uchun hayotning barcha jabxalari, ishlab chiqarishning hamma sohalari, aholining hamma qatlamlari orasida ma'naviy ma'rifiy va mafkuraviy sohada jadal ishlarni amalga oshirish targ'ibotchi oldidagi eng muhim vazifa hisoblanadi.
Shuning uchun ham ma'naviy ma'rifiy va mafkuraviy targ'ibot ishlari qanday dastur va yo'nalish, qaysi ko'rsatma va qo'llanma, qanaqa reja asosida, qay saviyada, kimlar tarafidan olib borilayotgani g'oyat muhim masala bo'lib turibdi.
Ushbu qo'llanma ma'naviy ma'rifiy va mafkuraviy targ'ibot ishlarini tashkil etish, uyushtirish va muvofiqlashtirish uchun asosiy manba bo'lib xizmat qiladi.
Mustaqillik biz uchun jamiyat taraqqiyotining butunlay yangi davrini boshlab berdi. U O'zbekistonimizni, o'zbek millatini jahonga tanitdi. Milliy manfaatlarimizga, ma'naviy qadriyatlarimizga, demokratik mezonlarga tamomila muvofiq yangi jamiyat qurishga kirishdik.
Milliy davlatchilik poydevori, uning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat islohotlarining bosh tashabbuskori, ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy kuchga aylandi. Konstitutsiyamiz davlatni qonuniyhuquqiy takomillashtirishning demokratik asosi bo'lib xizmat qilmoqda.
Istiqlol tufayli odamlar ongi, dunyoqarashida yangilanish boshlandi. Tarixiy milliy qadriyatlar, urfodatlarning tiklanishi xalqning milliy ruhiga kuchli ta'sir etdi. Ona tilimiz va dinimizga bo'lgan yangicha munosabat, vatanga va istiqlol g'oyalariga sadoqat milliy g'urur, iftixor tuyg'ularining o'sishida katta rol' o'ynaydi. Vatan tushunchasi, vatanparvarlik tuyg'usi yangicha ma'no kasb etdi. Milliy an'analar, bayramlar, Ro'za va Qurbon hayitlari xalqimiz qadri, izzatxurmati, g'ururining oshishiga olib keldi.
Tarixiy milliy qadriyatlarimiz bilan yangidan tanishuv, ularni tiklash va boyitish har birimizda milliy o'zligimizni, tarixiy merosimizga e'tiqod va faxrlanish tuyg'ularini mustahkamladi. Biz ko'proq boy tariximiz, qadriyatlarimiz, an'analarimizni o'rgana boshladik. Odamlardagi boqimandalik, loqaydlik, mutelik ruhiyati o'rnini tadbirkorlik, ishbilarmonlik, fidoyilik egallay boshladi. Ularda Vatan oldidagi, elyurt oldidigai o'z burchini e'zozlash tuyg'usi ancha kuchaydi.
Bozor munosabatlari, turli mulk shakllari mulkka munosabatimizni, mehnatimiz xarakterini o'zgartirib yubordi.
Albatta, har qanday mamlakatda o'tish davri osonlikcha kechmaydi. U bir necha o'n yilliklarga cho'ziladi. Juda ko'p mamlakatlarda shunday ham bo'ladi. Ammo O'zbekistonimizning iqtisodiyijtimoiy rivojlanish sur'ati ishga tushirilayotgan ulkan inshootlar bozor iqtisodi qonunlariga to'la amal qilinsa o'tish davri nisbatan qisqa vaqt bilan chegaralanishini ko'rsatib turibdi. Mashinasozlik, neft' mahsulotlari, yengil sanoat, oziqovqat, mahalliy qayta ishlash sanoatlari, qurilish, paxtachilik, g'alla, qimmatbaho materiallar ishlab chiqarish sohalarida jiddiy yuksalish ko'zga tashlanayapti. Aholini ijtimoiy himoyalash, turmush sharoitini yaxshilash, ma'naviyat va mafkura sohalarida ham muhim o'zgarishlar yuz bermoqda.
Mamlakat hayotida ro'y berayotgan iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy o'zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlardan maqsad odamlarga munosib turmush sharoitlari yaratishdir. Bu insonparvar jamiyatimizning mazmuni va maqsadidan kelib chiqadi. Bunga imkon darajada harakat qilinmoqda.
Milliy mustaqillikka erishgandan so'ng yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning markazida odamlar taqdiri, ularning turmush farovonligi, ertangi kuni, baxtsaodati turganligining yorqin dalilidir. Biz tamomila yangi, adolatli jamiyat barpo etishga kirishayapmiz.
Taraqqiyot yo'limiz ham, ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan ko'pdanko'p ishlar ham, qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar, ko'rsatmalarning pirovard natijasi ham Inson manfaatlariga qaratilganligi jamiyatimiz xarakteri bilan bevosita bog'liq. Davlatimizning ijtimoiy yo'nalishdagi islohotlar yo'lidan qat'iy borayotganligi bevosita odamlar manfaatini ko'zlashning yorqin dalilidir. Bu izchil siyosatdir.



Download 84,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 84,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish vazifalari

Download 84,65 Kb.