|
II. BOB. MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI YANGI BOSQICHGA KO’TARISH- DAVR TALABI
|
bet | 7/14 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 84,65 Kb. | | #138536 |
Bog'liq Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni takomillashtirish masalalariII. BOB. MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI YANGI BOSQICHGA KO’TARISH- DAVR TALABI
2.1. Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, jamiyat va yoshlar: ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning ilmiy-uslubiy, pedagogik-psixologik asoslari
Sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish orzusi aynan mustaqillik bilan bog'liq ezgu intilish bo'lgani bois istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab uni amalga oshirish eng ustivor vazifalarimizdan biri bo'lib kelmoqda. Yurtimizda 2021 yilga “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berilishi va shu munosabat bilan maxsus davlat dasturining qabul qilinishi bu borada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarning yangi va yanada yuksak bosqichi bo'lishi mumkinligi shubhasiz.
Avvalo, shuni ta'kidlash lozimki, ushbu dasturning ma'no mazmuni, g'oyasi, maqsadi, amal qilish tamoiyillari davlatimiz rahbari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda chuqur asoslab berilgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda o'ttiz yoshgacha bo'lganlar aholining 64 foizini tashkil etadi. Aholimizning aksariyat qismini tashkil etadigan ana shu ijtimoiy qatlamning yechilishi lozim bo'lgan muammolarga e'tiborni jalb qilish, yoshlarni hayotimizda haqiqatan ham hal qiluvchi bunyodkor kuchga aylantirish bilan bog'liq keng ko'lamli vazifalarni amalga oshirish ushbu dasturning asosiy maqsadidir.
Avvalambor, bu dastur aynan bizning mamlakatimiz rivojiga taraqqiyotning o'zbek modeli tamoyillariga xos xususiyatlarni, yurtimizning buguni va ertangi kunini belgilab beradigan ustivor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan aniq chora tadbirlarni o'zida mujassam etishi bilan e'tibor tortadi. Ta'kidlash joizki, istiqlolning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda o'sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatning haqiqiy tayanchi va suyanchiga aylantirish masalasiga e'tibor kuchaytirilgan.
1991 yil 20 noyabrda “O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun hozirgi kungacha yoshlar manfaatini himoya qilish, ularning jamiyatimizda munosib o'rin egallashlari uchun tegishli imkoniyatlarni yaratishga xizmat qildi. Ammo, shiddat bilan o'zgarib borayotgan bugungi kun, bugungi davr bu sohadagi ishlarni yaxshilash, yoshlarning manfaatlarini ta'minlashga va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani yanada takomillashtirish va shu asosda yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlarni ochib berishni taqazo etmoqda.
Respublikamiz aholisining aksariyat qismini yoshlar va o'smirlar tashkil qiladi. Har yili 500-600 ming atrofida yoshlar maktab quchog'idan chiqib, katta hayotga qadam qo'ymoqda. Ularning 20 foizdan ortig'i test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tib oliy, o'quv yurtlariga kirib o'qishmoqda. “O'zbekiston oliy maktab tizimi 130 oliy o'quv yurtini o'z ichiga oladi, ularda 250 mingdan ortiq talaba ta'lim olmoqda”.
Mamlakatimizda ta'lim tizimini yangi yuqori bosqichga ko'targan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham yoshlarning tarbiyasiga alohida o'rin beriladi. Bu ishlarni malga oshirish jarayonida milliy g'oya va mafkurani yoshlar ongiga singdirish vazifasi qo'yildi.
Darhaqiqat yoshlarni milliy g'oyani anglashi, ishonch va e'tiqodiga aylanishi, qanday yangi qadriyatlar shakllantirilganligi bilan ham bog'liq bo'ladi. Сhunki milliy g'oya bir tomondan yoshlarni o'zining ob'ekti sifatida qarasa, ikkinchi tomondan yoshlar milliy g'oyaning ilg'or rivojlantiruvchilari va kelajak avlodga yetkazuvchilari hisoblanadilar. Uchinchidan, yoshlar qanchalik milliy g'oya bilan qurollangan va uni anglab olgan bo'lsa jamiyat shunchalik taraqqiyotga erishadi. Bu holat milliy g'oya va yoshlarning o'zaro bog'liqligini belgilaydi. Boshqacha aytadigan bo'lsak, milliy g'oya qanchalik mazmunli va millat kelajagi uchun xizmat qiladigan va har bir kishining uzoqqa mo'ljallangan maqsad va manfaatlari, pirovardida esa millatning istiqbolini belgilashga xizmat qiladigan bo'lsa, uni yoshlar shunchalik tezqabul qiladi va unga nisbatan o'zining ijobiy munosabati shakillanadi. Demak, jamiyat milliy g'oya orqali yoshlarga qanday g'oya va fikrlarni taklif etsa, shunga mos ravishda mafkuraviy jixatdan chiniqqan vatanparvar zamonaviy bilimlarni egallagan yoshlarga ega bo'ladi. Eng muhimi shundaki, har bir jamiyatda qanday shaklda qanday maqsadda bo'lmasin har qandy yangi g'oyaga turli yangi kontseptsiyalarga nisbatan yoshlar o'z munosabatini bildiradi va aholining boshqa qatlamiga nisbatan tezroq qabul qiladi. Сhunki yoshlar fiziologik va psixologik jihatdan hali shakillanish bosqichida bo'lgani uchun ularni anglab olish v e'tiqodiga aylnishiga ehtiyoj katta bo'ladi. Eng muhimi shundaki, har bir jamiyatda qanday shaklda qanday maqsadda bo'lmasin har qanday yangi g'oyaga turli yangi kontseptsiyalarga nisbatan yoshlar o'z munosabatini bildiradi va aholining boshqa qatlamiga nisbatan tezroq qabul qiladi. Сhunki yoshlar fiziologik va psixologik jihatdan hali shakillanish bosqichida bo'lgani uchun ularda yangiliklarni boshqalarga nisbatan tez ilg'ab oluvchi va bir vaqtning o'zida ularni anglab olish va e'tiqodiga aylanishiga ehtiyoj katta bo'ladi. Shuningdek yoshlar yangilikni tez ilg'ab oluvchi hamda salbiy hodisalarga tez beriluvchanlik xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Yoshlar o'zlarining ijtimoiy-ruxiy va boshqa jixatlariga ko'ra, jamiyatda tez o'zgaruvchan sharoitga moslashish qobiliyatining yuqori ekanligi bilan aralib turadi. Ular jamiyatning shunday ijtimoiy guruxiga mansubki, ushbu gurux vakillrining ongi shakillanish jarayonida bo'lib, ular turli xil g'oyalar (shu jumladan buzg'unchi g'oyalarning xam) ta'siriga tez beriluvchan bo'ladilar. Ular shuningdek, o'tkir xissiy bilish qobiliyatiga ega bo'lib, so'z bilan amalyotning nomutanosibligi xolatlarini aniqroq sezadilar. Kattalar tomonidan o'ziga xos qabul qilinadigan ayrim “adolatsizlik” ko'rinishlari yoshlarning xali to'liq shakillanmagan ongiga, dunyoqarashiga kuchli ziyon yetkazishi mumkin.
Shuning uchun xozirgi kunda yoshlar orasida milliy g'oya, milliy g'urur va or-nomus bilan bog'liq ma'naviy-ruxiy holatlar muxim axamiyatga ega.
Mustaqillik moxiyati va axamiyatini sarxisob qiladigan bo'lsak , bu ijtimoiy o'zgarishda yoshlarning o'rni muxim. Mustaqillik tufayli yoshlarning dunyoqarashi o'zgardi. Ularning g'urur, oriyat, sha'n va nomus tuyg'ulari kuchaymoqda. Hayotga va mehnatga munosabati, Vatanga, ona zaminga mehri, egalik va mas'uliyat xissi kuchaydi. Bir so'z bilan aytganda yoshlar o'zligini anglay boshladi. Qanday zaminda yashayotganimizni xis qilish, umuminsoniy qadriyatlarga intilish bilan birga, Sharq falsafasi, o'zbekona tafakkur nuri barchaning dilidan o'rin ola boshladi. Milliy an'analarimiz va udumlarimizni tiklash va rivojlantirish tamoyili kuchaydi. Islom dinimizni qadrlash ma'naviyatimizni yangi ma'nolar bilan to'ldirishga olib keldi. Ulug' bobokalonlarimiz madaniy xazinasiga haqiqiy vorislik qila boshladik. Ulardan faxrlanish imkoniyatiga ega bo'ldik. Yurtimizda yashayotgan barcha millat, elat vakillarining tinch-inoq yashashi uchun sharoit yaratildi. Bundan yoshlar bahramand bo'lmoqda.
Yoshlarni oldida haqiqatni aytishdan cho'chimaslik, soxtakorlikdan qochish, mavjud qiyinchiliklar, muammolarni ochiq oydinbayon etish lozim.Ayni paytda davlatimiz rahbariyati olib borayotgan ijobiy ishlar va mavjud muammolarni brtaraf etish uchun olib borilayotgan ijobiy ishlar va mavjud muammolarni bartaraf etish uchun olib borilayotgan sa'y-xarakatlari va erishilayotgan maliy natijalar xususida targ'ibot tashviqot ishlarini olib borishga yoshlarni ruxlantirish, uningamiyatimiz, davlatimiz, mustaqilligimizga bo'lgan ishonch-e'tiqodini mustaxkamlash olimlarimiz, peshqadam ziyolilarimiz, ma'ruzchilarimiz, mafkuraviy ishlar bilan shug'ullanuvchi barcha targ'ibot-tashviqotchilarning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi.
Milliy g'oyaning yoshlarga nechog'li ta'siri, safarbar etuvchilik, ilhomlantiruvchilik, buyuk kelajak sari chorlovchilik sohasidagi ahamiyati, ta'lim va tarbiyada tutgan o'rni va roli uning xayot haqiqatlariga, real borliqqa xalq turmushiga qanchalik mos va muvofiqligiga qarab belgilanadi.
Сhunki milliy g'oyaning kuchi bir tomondan ma'rifat-targ'ibot ishlari, uning samaradorligiga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan yoshlarning kundalik xayotda duch kelayotgan muammolarning tushunishlari, ularning mugosabatlariga , ularning munosbatlariga fikrga fikr bilan, g'oyaga g'oya bilan javob bra olish, uni qanday hal etayotganliklariga bevosita bog'liqdir. Millat ravnaqi, Vatanga kerak bo'lsa jonini jabborga berib faoliyat ko'rsatadagan yoshlar bo'lmasa milliy istiqlol mafkurasida ko'zda tutilgan maqsadlarga erishib bo'lmaydi. Bu yoshlarda milliy g'ururni baland bo'lishini taqozo etadi.
Bularning barchasi oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan talaba va o'quvchilarning ma'naviy tarbiyasiga hukumat miqyosida katta ahamiyat berilayotganini yorqin dalilidir. Shunday bo'lishi ham lozim edi. Сhunki o'tish davrining murakkab kechuvchi jarayonlari yoshlarning ma'naviy va madaniy tarbiyasiga turlicha ta'sir ko'rsatishi tabiiy edi. Jumladan, bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan muayyan muddat moddiy boylik, pul, valyuta jamg'arish harakati avj oladi. Bu esa yoshlarning ma'lum qismida nima bo'lsada, boylik to'plash hirsini kuchaytirib, ularda ma'naviy boyliklarga e'tiborsizlikni tug'diradi. Bundan oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining talaba va o'quvchilari ham mustasno emaslar. Ularning ma'lum qismi bozorga, savdosotiqqa o'zini urishga intiladi. Boylik, pul, puldorlikka nisbatan ularda moyillik hislari uyg'onadi. Dang'illama uylarni, “boyvachcha” larning chet el rusumidagi toychoqdek avtomashinalarini, ularning yaltyult kiyimlarini ko'rib, yoshlarning ayrimlarida bunday turmush tarziga havas uyg'onib, hayotning asosiy mazmunini mana shunday “boyvachchalarcha” yashashdan iborat degan bir yoqlama, noto'g'ri tushuncha o'rnashadi.
Natijada, moddiy boylikning qo'liga aylanish ulardagi ma'naviyat chashmasining ko'zini butunlay bekitib qo'yishi mumkin. Bunday yoshlarda o'qishiga havas so'na boshlaydi, hatto gazeta va jurnallarni, badiiy adabiyotni mutlaqo o'qimay qo'yishadi. Ularning o'ziga xos va mos “ma'naviy va madaniy muhiti” yuzaga kelishi mumkin. Bu restoran, kafe va choyxonalarda beriladigan ziyofatlar, gapxo'rlik, dahshat yoki behayolik mavzuidagi videolar, “qittaqqittak”, kayf qilish va hokazolar bunday “ma'naviy va madaniy muhit” ning mazmunini tashkil etadi. Oqibatda, jamiyatdagi muhim ijtimoiy, madaniy, ma'naviy hodisalarga nisbatan bunday yoshlarda befarqlik, loqaydlik, hatto ijirg'anish bilan qarash hissini tug'dirishi ehtimoldan xoli emas. Mana shunday salbiy, noxush hodisalarning oldini olish muhim vazifadir. Jumladan, oliy va o'quv maxsus o'quv yurtlarida ham bu vazifalar hamisha diqqat e'tiborda bo'lmog'i talab qilinadi. Shu bois oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimidagi muassasalarda ma'naviyat va madaniyat ishlari prorektorlari, bo'lim boshliqlari, metodistlari lavozimlari tashkil etildiki, ular yoshlar o'rtasida ma'naviyat va madaniyat ishlarini hozirgi talablarga javob beradigan tarzda puxta olib borishlari nazarda tutilgan.
Fan va texnika sohasidagi kattakatta kashfiyotlar va yutuqlar qo'lga kiritilib, hayotga tatbiq etilayotgan hozirgi davrda talaba yoshlarga ma'naviy va madaniy jihatdan tarbiya berish vazifasining mazmuni va shakllariga sezilarli ta'sir ko'rsatishi tabiiy. Bu omilni hamisha e'tiborda tutish lozim bo'ladi. Shuning uchun talabayoshlarga ma'naviy va madaniy tarbiya berishda milliy qadriyatlar bilan birga umuminsoniy qadriyatlardan ham samarali foydalanish, ayni paytda, bularga umumtaraqqiyotning zamonaviy yutuqlarini ham payvand qilish talab qilinadi. Ma'naviy barkamol yosh avlod o'z xalqi, Vatani tarixini, ulug' siymolarini, milliy va tarixiy qadriyatlarini, urfodatlarini, rasmrusmlarini, ularning mohiyatini chuqur bilgani holda jahon adabiyoti, san'ati, madaniyati durdonalari bilan yaxshi tanish bo'lmog'i, kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi davomida qo'lga kiritilgan yutuqlar bilan oshno bo'lmog'i darkor. Bularning barchasini talabayoshlarga ma'naviy va madaniy tarbiya berishn uyushtirish va rejalashtirishda diqqate'tiborda tutmoq talab qilinadi.
Ma'naviy va madaniy jihatdan barkamol talaba buyuk Alisher Navoiy, Lutfiy, Bobur, Mashrab, Nodira, Muqimiy asarlarini yetarli darajada bilmasa qusur hisoblanadi. Odatda, ulug' bobokalonimiz Alisher Navoiy haqida so'z ketganda, ko'pchilik yoshlar to'lqinlanib, hayajon bilan buyuk mutafakkirning insoniyat madaniyati xazinasiga qo'shgan hissasi haqida gapiradilar. Bordig'yu, shunday to'lqinlanib so'zlayotgan talabadan “Alisher Navoiyning qancha g'azalini yoki ruboiysini yoddan bilasiz?”, “Alisher Navoiyning “Xamsa” siga kirgan dostonlarini to'la o'qib chiqqanmisiz?” deb so'rasangiz, o'zingizni qoniqtiradigan javob ololmaysiz. Yoshlarimiz orasida Alisher Navoiyning bironta g'azalini yoddan bilmaydiganlar ham topiladi. Bunday paytda uyalib ketasan kishi. Shunday gap borki, Gruziyada bo'lajak kuyov Shota Rustavelining qanchadir misra she'rini yoki “Yo'lbars terisini yopingan pahlavon” dostonidan yod bilmasa, qiz berishmas ekan. Aslida, Shota Rustaveli asarlarini bilmasa ham, kun kechirish mumkin.
|
| |