|
Mavzuni o’rganilganlik darajasi
|
bet | 2/14 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 84,65 Kb. | | #138536 |
Bog'liq Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni takomillashtirish masalalariMavzuni o’rganilganlik darajasi. Hozirda pedagog olimlardan U. Nishonaliyev, N.S.Saidaxmedov, N.N.Azizxo’jayev, U.Tolipov, B.L.Farberman va boshqalar respublikada pedagogik interfaol texnologiyalar muamolari bo’yicha jiddiy tadqiqotlar olib borilmoqdalar. Biz ham ularning ilmiy ishlari bilan tanishib chiqdim va adabiyotlaridan foydalandim.
Kurs ishining ob’ekti. Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni takomillashtirish masalalari.
Kurs ishining predmeti. Dars jarayonida ma’naviy- ma’rifiy ishlarni takomillashtirish masalalari.
Kurs ishining maqsadi. Dars jarayonida ma’naviy- ma’rifiy ishlarni takomillashtirish masalalari haqida ma’lumot to’plash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yoshlar ongiga ta’si darajasini aniqlash, O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ma’naviy- ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlarini targ’ib qilish.
Kurs ishining vazifalari.
Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, jamiyat va yoshlar: ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning ilmiy-uslubiy, pedagogik-psixologik asoslari haqida ma’lumot to’plash.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning zamonaviy texnologiyalarini qo’llay bilish.
Jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda kadlarning o’rnini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni isloh qilish.
Kurs ishining metodlari. Mavzuga oid pedagogik psixologik, metodik adabiyotlarni o'rganib tahlil qilish, suhbat, kuzatish, anketa-so'rovnomalar ilg'or o'qituvchilarning ish tajribalarini o'rganish pedagogik tajriba, taqqoslash.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, 2 ta bobdan, 7 ta paragraf va
qilingan xulosalardan iborat. Ishga qo'yilgan maqsadga erishish uchun to'plangan adabiyotlar manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi.
I.BOB. JAMIYATDA MA’NAVIY- MA’RIFIY ISHLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY- HUQUQIY ASOSLARI
1.1. O’zbekiston respublikasida amalga oshirilayotgan ma’naviy- ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida
Mamlakatni har tomonlama rivojlantirish davlatning funksiyasi hisoblanib, bu albatta maxsus islohotlar yordamida amalga oshiriladi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar markazida bosh omil sifatida inson turadi.
Inson begonalashuvi – to`la ravishda kishining atrof voqeliklardan uzilib qolishi, ularga qiziqish bildirmasligi va o`zini dahldor emas, jamiyat uchun keraksiz deb hisoblashida namoyon bo`ladi. Bugungi kun jamiyatimizda ayrim insonlar u yoki bu sohaga qattiq berilib ketganliklaridan turli sohalardagi begonalashuvni ko`rishimiz mumkin. Ayniqsa, yoshlar orasida axborot kommunikatsiya vositalariga qattiq bog`lanib qolish, shu orqali axborot tarqatuvchilar- ko`rsatmasi bilan harakatlanuvchi individ (manipulyatsiya qurboni) ga aylanib qolish holatlariga duch kelmoqdamiz. Bu esa taraqqqiyotning-harakatlantiruvchi o`qi‖ hisoblangan yoshlarni kelajak rejalaridan chalg`itishga urinishdan boshqa narsa emas, albatta. Bu yot oqim va g`oyalarga qarshi kurashishda, mafkuraviy markazlar xatti-harakatlariga munosib javob qaytarish va ularning xurujiga qarshi keng jamoatchilikda, ayniqsa yoshlar qatlamida tushuncha hosil qilish va ularni milliy qadriyatlarimiz bilan qurollantirish ma‘naviy-ma`rifiy sohadagi islohotlarimizning bosh maqsadi hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyatda ruhiy ta`sir etish vositalari shu qadar rivojlanmoqdaki, ularga tun-u kun munosib javob bera oladigan jamiyatgina o`z yo`lidan og`ishmay harakatlanishi mumkin.
Jamiyatimizning barcha jabhalarida, xususan ijtimoiy sohalarida yuz berayotgan o`zgarishlar, islohotlar, yangilanishlar avvalo ijtimoiy taraqqiyotni jadallashtirishga yo`naltirilgan. Mazkur ijtimoiy voqeliklar, hodisalar ro`yobga chiqishining negizida, aholida, ayniqsa, yoshlarda ijtimoiy faollikni takomillashtirish muammosi ham yotadi. Ijtimoiy faollik nafaqat yoshlar ijtimoiylashuvining muhim bo`g`ini, balki shaxsiy va hissiy irodaviy xususiyatlarni tarkib topishi, o`z-o`zini anglashi va baholash kabi shaxs taraqqiyoti omillarini shakllanganligi bilan tavsiflanadi. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda ham bevosita shu sohadagi islohotlar tayanch bo`lib xizmat qiladi. Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga dahldorlik tuyg`usi bilan yashaydigan yoshlarimiz bizning faxrimizdir.
Bugungi global axborotlashuv asrida ijtimoiy hayotni zamonaviy ommaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, radiotelevideniya, internetsiz tasavvur qilish qiyin. Internetning imkoniyatlari, ayniqsa keng va cheksiz bo`lib, u gazeta, radio va hatto televideniyadan ko`ra ham kuchliroq ta‘sirga ega. Axborot uzatish, almashinish va qabul qilish jarayonida tezkorlik, aniqlik, sifat va ta`sirchanlikni ta‘minlash, axborotni global miqyosda keng yoyilish imkoniyatlarini ochib berishi- butun jahon o`rgimchak to`ri‖ ning ahamiyatini, undan foydalanish ehtiyojini har qachongidanda orttirmoqda. Oxirgi 15 yilda internet foydalanuvchilar soni 7 barobarga oshganligi fakti ham buni isbotlab turibdi.
O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta‘kidlaganlaridek, xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki, endi unda harbiy qudrat emas, balki intelektual salohiyat, aql-idrok, fikr, ilg`or texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlar o`ziga xos bir tarbiya vositasi bo`lib ham xizmat qiladi. Ma‘lumki, tarbiya jarayoni ham uzluksiz jarayon bo`lib, insonni har tomonlama yuksalishiga xizmat qiladi. Shaxs tarbiyasining muhim yo`nalishi – bu g`oyaviy tarbiyadir. Bu – inson ongi va tushunchalar tizimida hayot haqidagi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, axloqiy, badiiy qarashlarni maqsadli shakllantirish jarayonidar. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga tobora chuqur integratsiyalashib borayotgani, xalqimizning jahondagi rivojlangan millatlar qatoridan joy olishga intilishi moddiy – iqtisodiy omillar, yuksak texnologiyalar bilan bir qatorda, ma‘naviy omillarni rivojlantirishni, shu bilan birga milliy qadriyatlarimizni munosib himoya qila olishimizni ham taqozo etadi. Bugungi kunda yurtimizda ma‘naviy-ma`rifiy muhitni yanada yaxshilash, ming yillar mobaynida sayqallanib kelayotgan ibratli an‘ana va qadriyatlarni targ`ib etish borasida ko`plab tadbirlar tashkil etilmoqda. Xalqimiz jahon svilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan xalqdir. Uning ma‘naviyat, fan, madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlari jahon xalqlariga asrlar osha xizmat qilib kelmoqda. Ammo sho‘rolar tuzumi davrida ajdodlari tomonidan yaratilgan ana shu yutuqlarni o`zbek xalqining ongi va qalbidan ―chiqarish borasida ham katta ishlar amalga oshirilgan edi. Mustaqillik sharoitida esa uni qayta tiklash, jahon sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o`rnini tiklash zarur edi. Bunga esa faqat ma‘naviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin. Ana shu sabablar va ehtiyojlar mustaqillikni qo`lga kiritganimizdan keyin ma‘naviyatni rivojlantirish va milliy merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustuvor siyosat darajasiga ko`tarilishiga olib keldi. Shu sababli Respublikamiz Birinchi Prezidenti I. Karimov 1994-yil 23- aprelda ma‘naviyat va ma‘rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish to`g`risida‖, 1996-yil 9-sentyabrda ma‘naviyat va ma‘rifat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to`g`risida, 1999-yil 3-sentyabrda Respublika ma‘naviyat va ma‘rifat kengashini qo`llab-quvvatlash to`g`risida farmonlarini chiqardi. 1996-yil 9-sentyabrdagi farmonda ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo`nalishi, deb hisoblansin, deb belgilandi.
1998-yilning 24-iyulida Vazirlar Mahkamasi- ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida‖ qaror qabul qildi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimovning 2006-yil 25-avgustdagi bu boradagi eng muhim qarorlaridan biri-Milliy g`oya targ`iboti va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish to`g`risidagi PQ 451-sonli qarori qabul qilindi.
Ana shu muhim hujjatlar mamlakatimizda ma‘naviyatni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo`ldi. Ma‘naviyatni rivojlantirishdagi davlat siyosati Birinchi Prezidentimizning- fidokor gazetasi muxbiri savollariga javoblarida - donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman va tafakkur jurnali bosh muharriri bilan bo`lgan muloqotida kuch – bilim va tafakkurda, degan konseptual ahamiyatga ega bo`lgan fikrlariga monand ravishda amalga oshirildi va bu jarayon Sh.Mirziyoyev yetakchiligida munosib davom ettirilmoqda.
Mamlakatimizning qariyb 64 % aholisini tashkil etadigan yosh avlodning g`oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashi qanchalik yuksak bo`lsa, milliy g`oya yoshlar dunyoqarashida qanchalik keng o`rin egallab borsa, jamiyatimizda ma‘naviy muhit shunchalik musaffo bo`ladi. Buyuk alloma Abu Nasr Forobiy ta‘kidlab o`tganidek: insonlik mohiyati haqiqiy baxt-saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni o`zining oliy g`oyasi va istagiga aylantirib, bu yo`lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt-saodatga erishadi. Demak jamiyatda ma‘naviy islohatlarni jadal ravishda amalga oshirish uchun yosh avlod ongi va tafakkurini shunga monand rivojlantirish, eng avvalo ularni milliy g`oya ruhida tarbiyalash zarur. Respublika ma‘naviyat va ma‘rifat‖ jamoatchilik markazi, Respublika Ma‘naviyat va ma`rifat kengashi mamlakatimizda ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi islohotlarga va tadbirlarga yetakchilik qilib kelmoqda.
Respublika Ma‘naviyat va ma`rifat kengashi bugungi kunda o`z atrofiga tafakkur va jahon adabiyoti jurnallari, ma‘naviyat nashriyoti kabi 60 ga yaqin tashkilotni birlashtirib, ularning ma‘naviy-ma‘rifiy va mafkuraviy targ`ibot yo`nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirib kelmoqda.
Hayotning o`zi, taraqqiyot qonuniyatlari, erishilgan marralar, istiqboldagi maqsad va vazifalar demokratik islohotlarni qat‘iyat bilan davom ettirishni taqozo etmoqda. Zero, birinchi prezidentimiz ta‘kidlaganidek: ma‘naviyat haqida har qancha da`vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o`ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko`zlangan maqsadga erisholmaymiz, ya‘ni, inson qalbiga yo`l topolmaymiz.
Yoshlarni milliy g`urur va iftixor tuyg`usi baland, mustaqil fikrli, istiqlol va tarqqiyot g`oyalariga sadoqatli, o`z oilasi – vataniga cheksiz muhabbat ruhida tarbiyalash begonallashuv muammosining oldini olishdagi eng samarali usul hisoblanadi. Mustaqillikning ilk kunlaridayoq yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to`g`risidagi qonun qabul qilinishining o`zi bu sohaning nechog`lik ahamiyatli ekanligini anglatib turibdi. Ushbu qonun 2016-yil 14-sentabrda yangi tahrirda qabul qilinib yangi mohiyat kasb etdi. 2016-yilda- yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar davlat dasturi‖ ning qabul qilinishi ma‘naviy-ma‘rifiy sohadagi islohotlarning izchilligi va uzluksizligini ta‘minlashga xizmat qildi.
Ta‘lim tizimida 2 bosqichli islohotlar amalga oshirildi. Biroq 25 yillik tajribada natijalar tahlili bu jarayonni yangi bosqichga ko`tarishni taqozo qildi. Shu bois sh. Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda 2017-2021-yillarda o`zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida‖gi farmon qabul qilindi. Bu xalqning begonalashuvini oldini olishga yo`nalgan maxsus dastur bo`lib, unda jamiyatning barcha sohalaridagi bo`shliqlarga to`la barham berish va o`zbekistonning dunyo hamjamiyatida munosib o`rin egallashi maqsadi yotadi.
Hozirgi kunda begonalashuv muammosini boshlang`ich nuqtada – mahallalarda bartaraf etish boshlandi. Mahalla faollari kengashining tashkil etilishi, unda aholi barcha qatlamlari bilan muloqot qilinishi muhim ahamiyat kasb etib, xalqning dardini eshitish harakati boshlandi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning 2016- yil 22-noyabrdagi ―2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko’p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qarori ijrosi yuzasidan bapo etilayotgan uy-joylar aholining keng qatlami uchun zamonaviy va shinam uylardan foydalanish darajasini tubdan oshirish, yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta‘minlashga xizmat qilmoqda. Bunday zamonaviy uylar yurtimiz ko`rkiga ko`rk qo’shish va aholi turmush farovonligini yuksaltirish bilan birga, odamlarda davlatga, ertangi kunga ishonch tuyg’usini yanada mustahkamlab, begonalashuv muammosiga jarayoniga qarshi immunitetni mustahkamlamoqda.
Ta‘lim sifati faqat shaklda namoyon bo`lib, uning mazmuni talabga javob bermaganligi aniqlanganidan keyin ta`lim sohasida islohotlar bo`yicha 2017-yilning 20-aprelda Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tog`risida‖ birinchi qaror, 2018-yil 5-iyunda esa Oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta‘minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida ikkinchi qaror qabul qilingan. Bu qarorlarda iqtidorli talabalarni qo`llab-quvvatlash, faol mehnat qilayotgan professor-o`qituvchilarni munosib rag`batlantirish nazarda tutilgan bo`lib, shu orqali ular qalbidagi begonalashuvni oldini olish va bartaraf etish masalasi qo`yildi.
Bunda eng asosiy g`oya xalqning dardu istaklarini his qilish, ularga yordam berish va asrlar davomidagi xalq va davlat o’rtasidagi ―jarlikka barham berish hisoblanadi. Bu ulug’vor maqsad davlat va xalq – keng jamoatchilik birdamligi bilan bajariladi. Zero, O’zbekistonning barcha sohalarida keng qamrovda kadrlar korrupsiyasiga barham berilmas ekan, xalq muammolari hal bo`lmaydi. Shu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida 2017-yil 3-yanvarda O`zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurash to`g`risidagi Qonuni qabul qilindi.
Bugun yurtimizda katta islohotlarni amalga oshirish jarayoni boshlandi. Jamiyatimiz hayotidagi bu islohotlar begonalashuvni oldini olishga qaratilgan. Bularning eng asosiylari ta‘lim, sog`liqni saqlash va xavfsizlikni ta‘minlash sohasidagi islohotlardir.
Siyosiy sohada hududiy yaqinlikni saqlagan holda teng huquqli iqtisodiy hamkorlikni shakllantirish va yanada rivojlantirish, mustahkamlash masalasi qo`shni davlatlar bilan begonalashuvning oldini olishga harakat bo`lib hisoblanadi. O`zbekiston o’z tanlab olgan mustaqil taraqqiyot yo’lidan — ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyillariga asoslangan, inson huquq va erkinliklarini ta‘minlash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida belgilangan demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurish yo`lidan qat‘iyat bilan bormoqda.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng O’zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan birinchi xalqaro-huquqiy hujjat inson huquqlarining umumjahon deklaratsiyasida har bir inson fuqarolik huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo’yilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 20-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to’g’risidagi farmonga imzo chekdi. Ko’p yillardan buyon birinchi marta farmon matni ochiq e‘lon qilindi. Unga ko`ra 179 kishi O’zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi. Shu munosabat bilan, bugungi kunda fuqarolik berish to’g’risidagi murojaatlarni ko’rib chiqish va bunday yuksak unvonga munosib shaxslarni, eng avvalo O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risidagi Qonun kuchga kirgan vaqtda turli obyektiv va boshqa hayotiy vaziyatlarga ko’ra chet elda bo’lgan respublikaning mahalliy aholisi orasidan O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to’g’risida asosli qarorlar qabul qilish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur choralarning amalga oshirilishi xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan prinsiplariga to’la mos keladi va o’zbek zaminida tug’ilib, o’sib-ulg’aygan hamda Vatanimizning taraqqiyoti va ravnaqiga o’zining munosib hissasini qo’shib kelayotgan shaxslarning manfaatlarini nazarda tutadi va ularda begonalashuv illati paydo bo`lishining oldini oladi. Oilaviy munosabatlarni mustahkamlash haqidagi g`oyalar avesto davriga borib taqaladi.
Bugungi kunda ajrimlar sonining ortayotgani va ularga asossiz sabablar ro’kach qilinayotgani jamiyat uchun katta fojea. Hozirgi kunda nafaqat 1-2 yillik yangi oilalar, balki 20-30 yillik oilalalar ham ajralmoqda. Bu, tomonlar bir-biridan begonalashayotganidan, bir-birini tushunishga intilishning yo`qligidan dalolatdir. XX asr boshlarida Abdurauf Fitrat o`zining ―Oila nomli asarida to`y-hashamlarga sarflangan mablag`larni illat sifatida baholaydi. Qariyb 1 asr davomida bu o`zgarganio yo`q. aksincha, yanada hashamliroq, dabdabaliroq shakllanmoqda. Bu quda-andalar o`rtasidagi begonalashuvni kuchaytirmoqda.
Oila Respublika ilmiy-amaliy markazi oilalarga amaliy yordam ko`rsatishdan tashqari, doimiy ravishda monitoring va ijtimoiy tadqiqotlar o`tkazadi. Ushbu markaz faoliyati doirasida aniqlanishicha, mamlakatimizda 2000-dan 2012- yillargacha bo`lgan davrda oilalarning soni salkam ikki martaga ko`paygan, ajralish jarayonlari esa 1,1 martaga kamaygan. Statistik ma‘lumotlarga qaraganda, har yili respublikamizda 250-300 ming nikoh qayd etiladi. Mazkur masalalaning dolzarbligini inobatga olgan holda, mamlakatda ayni damda oilaning jamiyat instituti sifatida shakllanishiga ko`maklashuvchi maxsus muassasa va tashkilotlar tashkil etilgan.
1998-yil 28-oktyabrda to`y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma‘raka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bag’ishlangan tadbirlar o’tkazilishini tartibga solish to’g’risidagi PF-2100-sonli Farmoni e‘lon qilingan edi. Bu masalaga ayni kunlarda yana qaytildi. Negaki, ortiqcha dabdababozliklar oqibatida oilalar mustahkamligi va muqaddas nikohdan begonalashish tug`usi shakllanmoqda. Bu harakatlar ham albatta oilalarning farovon va tinch bo`lishiga, xalqimiz azaldan alohida e‘tibor berib kelgan isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikka, oiladagi begonalashuvni oldini olishga xizmat qiladi. Islohotlarning samarasi mazkur islohotlarda xalq manfaatlarining qay darajada aks etishi va unda xalq ishtirokining ta`minlanish darajasiga ko`p jihatdan bo`g`liq, albatta. Shu bois, xalq tafakkurini o`zgartirish, uning qalbida begonalashuvga moyillik tuyg`usi nish urmasligiga erishish muhim masala hisoblanadi.
|
| |