• Q urilish gipsi
  • Gipsli bog‘lovchi moddalar. Gips bog‘lovchilarning turlari




    Download 192 Kb.
    bet6/6
    Sana31.01.2024
    Hajmi192 Kb.
    #149357
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Annotatsiya1

    Gipsli bog‘lovchi moddalar. Gips bog‘lovchilarning turlari
    Ikki malekula suvli gips toshini 105-2000S haroratda pishirish va so‘ngra maydalab to‘yish natijasida olinadigan yarim malekula suvli kalsiy sulfatidan tashkil topgan oq rangli parashokka gips bog‘lovchi modda deyiladi.
    Gipsli bog‘lovchilar qurilish gipsi (yarim malekula suvli gipsning β-modefikatsiyasidan iborat), qoliplash gipsi o‘sha tarkibga va yuqori texnik xossalarga ega, texnik (yuqori mustahkamli) gips (α-yarim malekula suvli gipsdan iborat). Texnik gips ikki malekula suvli gipsdan yuqori harorat va bug‘ bosimi ostida avtoklavda pishirib olinadi.
    Angidrid bog‘lovchi ikki malekula suvli gipsni 600-9500S haroratda pishirish natijasida olinadi va u suvsiz SaSO4 dan iborat bo‘ladi. Angidrid ikki turga bo‘linadi: past haroratda (600-7500S) va yuqori haroratda (800-9500S) pishirilgan. YUqori haroratda pishirilgan gips ekstrix gips ham deb ataladi. Bunday bog‘lovchilar aktivizatorlar (NaSO4, NaHSO4, K2SO4 va boshqalar) yordamida qotiriladi.
    Gipsli bog‘lovchilarning xossalari va bu xossalarni aniqlash usullari GOST 125-79 «Gipsli bog‘lovchilar. Texnik talablar» va GOST 23789-79 «Gipsli bog‘lovchilar. Sinash usullari» larda cheklab qo‘yilgan.
    Qurilish gipsi
    Tarkibi asosan ikki malekula suvli kalsiy sulfatidan (CaSO4 2H2O) iborat bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinsi gips toshini, ayrim sanoat chiqindilarini pishirib gipsli bog‘lovchilar olinadi. GOST 4013-82-da ko‘rsatilishicha, gips ishlab chiqarish uchun tabiiy gipstosh tarkibida SaSO42H2O-ning miqdoriga qarab to‘rt navga bo‘linadi. Birinchi navda SaSO42H2O-ning miqdori 95%, ikkinchi navda esa 90%, 3 va 4-chi navlarda 80 va 70%-dan kam bo‘lmagan tabiiy gips-tosh kerak.
    Tabiiy gips-tosh kimyoviy cho‘qindi tog‘ jinslari guruhiga kiradi, oq rangli, Moos shkalasi bo‘yicha qattiqligi 2, zichligi 2200-2400 kg/m3 -dir. O‘zbekistonda Kogon va Savetobod yirik gipstosh konlari bor.
    105-2000S haroratda pishirilgan gipstoshni mayin tuyib hosil qilingan mahsulotga qurilish gipsi deb ataladi. Pishirish quyidagi kimeviy jarayon orqali ifodalanadi:
    105-2000C
    CaSO4 2H2O CaSO4 0,5H2O+1,5H2O.

    Bunda 1kg yarim gidrat olish uchun 588 kJ issiqlik sarflanadi. Qurilish gipsi bazan alebastr deb ham ataladi.


    G ips toshining yirik konlari Eron, AQSh, Kanada, Turkiya, Ispaniya kabi mamlakatlarda joylashgan. Rossiyada bu jinsning konlari Kama va Volga viloyatlarida, Tataristonda, Ural tog'larining g'arbiy yon bag'irlarida va Krasnodar o'lkasida joylashgan.


    Hozirgi paytda gipstarkibli chiqindilarning uncha ko‘p bo‘lmagan qismi ishlatilmoqda va ularning asosiylaridan biri “fosfogips”dir. O‘tkazilib kelinayotgan tadqiqotlar va amaliyotlar natijalariga ko‘ra gipstarkibli chiqindilar qishloq xo‘jaligi qurilishida, sement ishlab chiqarish sanoatida, plastmassa materiallar ishlab chiqarishda to‘ldiruvchi sifatida, avtomobil yo‘llari qurilishida, shisha, oltingugurt kislotasi va x. k. larni ishlab chiqarishda samarali qo‘llanilishi mumkin.

    Fosfogipsli chiqindilardan olinadigan gipsli bog‘lovchilar gips sanoatida keng qo‘llaniladi (GOST 6266-89). Hozirgi paytda ulardan oradevor plita va bloklari, manzarali va akustik plitalar, engil betonlar, turli hil gipskartonli listlar ishlab chiqariladi (4.3...4.5 rasmlar).





    a b
    1-rasm. Gipskarton listlarning umumiy ko‘rinishi (a) va namga chidamli gipskarton plitalar(b).
    Bog‘lovchilar zamonaviy qurilishning asosi hisoblanadi. Ularni to‘g‘ri tanlash uchun ularning tarkibi va xossalarini o‘rganish, sifatini aniqlay olish va texnik talablarga muvofiqligi haqida xulosa chiqarish kerak.
    Gips toshi jinslarini kuydirish natijasida olingan moddalar ananaviy mineral bog‘lovchi hisoblanib, insoniyatga bir necha ming yillardan beri ma’lumdir.
    Gips bog‘lovchi moddalar nafaqat suvokchilikda, balki xajmli qurilish buyumlari olishda ham keng ko‘lamda ishlatiladi. Bog‘lovchi modda olishda xom ashyo tabiiy tog‘ jinslari (gipsli tosh jinslari, angidrit), va xamda tarkibida kalsiy sulfat bo‘lgan ishlab chiqarish chikindilari (fosfogips, borogips, oltingugurt ishlab chiqarishdagi chikindilar) xizmat qiladi.
    Jahonda hammasi bo‘lib 35-40 mln.t. gips bog‘lovchi moddalari ishlab chiqariladi, shundan 90% qurilish ishlarida ishlatiladi.
    AQSh, Fransiya, Angliya, Ispaniya eng ko‘p miqdorda gips bog‘lovchi moddalar ishlab chiqaradigan davlatlar hisoblanadi.
    O‘zbekistonda gips bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish Buxoro va Fargona viloyatlarida yaxshi rivojlangan. Toshkent, Fargona, Samarkand viloyatlarida ishlab chiqarish chikindilaridan foydalanib gips ishlab chiqarish ustida ancha ishlar qilinayapti.
    Aylanma pechlarda pishirish yo‘li bilan olingan qurilish gipsining suvga talabchanligi (48-55%) pishirish qozonida olingan gipsning normal quyiqligiga (60-65%) nisbatan kamligi bilan xarakterlidir. Bundan tashqari, tegirmonlarda gipsni tuyishda gips toshi qoldiqlari suvsizla-nadi va uning modifikatsion tarkibi tekislanadi. Gips ishlab chiqarish-ning bu usuli mahalliy va horijiy amaliyotda keng miqyosda qo‘llaniladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli «Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorlari qabul qilinib, yurtimizda qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoati keng rivojlanib bormoqda [1].




    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli qarori. (www.lex.uz)
    Download 192 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 192 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gipsli bog‘lovchi moddalar. Gips bog‘lovchilarning turlari

    Download 192 Kb.