|
Kanal qazish mashinalarining konstruksiyasi va ularni ishlab chiqarish sharoitida ishlatish
|
bet | 6/9 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #249248 |
Bog'liq Hisoboti ilmiy rahbari I. S. Hasanov Amaliyot rahbari Buxoro 202PKL-70D rusumli kanal qazgich
Ushbu kanal qazgich orqali asosan dalalarning chetlarida hamda yarim qazilma va ko’tarma muvaqqat ariqlarni hosil qilishda keng ishlatiladi. PKL-70D rusumli muvaqqat ariq qazgich bitta ag’dargichli ishchi jihoz hamda yumshatuvchi disk bilan jihozlangan, bu esa o’z navbatida ariq qazgichni namlik darajasi past bo’lgan va qattiq tuproqli sharoitlarda ham qo’llashga imkoniyat yaratadi.
7-jadval.
PKL-70D texnik ko’rsatkichlari
U sinf traktorlari bilan birlashtirilgan
|
1,4-2 t.s (MTZ 82.1, MTZ 1221.2)
|
Ish unumdorligi (asosiy vaqt), km / soat
|
3-4
|
Ish unumdorligi, km / soat
|
2,5
|
Qamrov kengligi, sm
|
70
|
Kesuvchi diskning qalinligi, mm
|
12
|
Gabarit o’lchamlari, mm
Uzunlik
Kengligi
Balandligi
|
2200
1800
1600
|
Massasi, kg
|
450
|
Ushbu ariq qazgich 1,4-2 sinf traktorlariga osma tarzda agregatlanadi. Dalaning yon chetlarida hosil qilinadigan muvaqqat ariqlarni agregatning bir o’tishida, dalaning ichida hosil qilinadigan o’q ariqlar esa agregatning ikki o’tishida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ushbu ariq qazgich yordamida dalalarni bo’laklarga bo’lishda pollar hosil qilishda ham ishlatiladi. Ariq qazgichning asosiy afzalligi konstruksiyasining oddiyligi hamda qattiq, o’simlik qoldiqlari mavjud dalalarda ham ishlatish imkoniyatining yuqoriligidir. Kamchiliklari esa ish unumdorligining nisbatan pastligidir.
|
| |