|
Kanal qazish mashinalarining konstruksiyasi va ularni ishlab chiqarish sharoitida ishlatish
|
bet | 9/9 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #249248 |
Bog'liq Hisoboti ilmiy rahbari I. S. Hasanov Amaliyot rahbari Buxoro 202I.A.Loshak va boshqalar tomonidan chuqurligi 35-55 sm gacha bo‘lgan muvvaqqat sug‘orish tarmoqlarini qazishga mo‘ljallangan plugli kanal qazish mashinasining konstruksiyasini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Plugli kanal qazgich traktorga osma tarzda agregatlanadi. Tasiya etilgan plugli kanal qazgichning asosiy afzalligi kanal qazish jarayonida ishchi jihozning qirqish burchagini o‘hgartirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha gidrotsilindr bilan ta’minlanganligidir. Qurilmaning plugli ishchi jihozi asosiy ramaga qo‘zg‘aluvchan qilib o‘rnatilgan. Bu esa qirqish burchagini gidrotsilindr yordamida rostlash imkoniyatini beradi. Ushbu plugli kanalqazish mashinasi tortish kuchi 1,4 – 2,0 t sinfdagi traktorlarga osma tarzda agregatlanib, takroriy ekinlar uchun dalalarda muvaqqat ariqlar qazishga mo‘ljallangan.
A.P.Shvetsov va V.P.Sannikovlar tomonidan muvvaqqat sug‘orish tarmoqlarini qazishga mo‘ljallangan plugli kanal qazish mashinasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan.
Ushbu ariq qazgichning asosiy kamchiligi shundaki er maydonlari begona o‘tlarga boy bo‘lgan va namlik talab darajasida bo‘lmagan dalalarda kanal qazgichning ish jarayonida kanal chuqurligi bo‘ylab tuproqning ko‘tarilishida hamda yirik kesaklar paydo bo‘lishi natijasida tortish qarshiligi oshishidir. Natijada hosil qilingan ariq sifati va agregatning ish unumdorligi pasayadi. Ushbu plugli kanalqazish mashinasi tortish kuchi 1,4 – 2,0 t sinfdagi traktorlarga osma tarzda agregatlanib, takroriy ekinlar uchun dalalarda muvaqqat ariqlar qazishga mo‘ljallangan.
V.A.Pankov va boshqalar tomonidan muvaqqat ariq qazgich – egat hosil qilgich konstruksiyasini ishlab chiqilgan. Ushbu qurilma yordamida ekin dalalarida suvni etkazib berish uchun muvvaqqat ariqlar hamda o‘simliklarning vegetatsiya davrida sug‘orish egatlarini hosil qilish mo‘ljallangan. Ushbu universal qurilma ikkita asosiy ishchi jihoz ariq qazgich va egat ochgichlardan tashkil topgan. Qurilma traktorga osma tarzda agregatlanadi. Qurilmaning asosiy afzalligi ishchi jihozni almashtirmasdan ikkita texnologik jarayonni amalga oshirish hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida agregatning ish unumini oshishini ta’minlaydi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak amaliyotni o‘tash jarayonida hamda tahlillar davomida muvaqqat ariqlarni hosil qilish, ulardan foydalanish usullarini o’rganish, muvaqqat ariq hosil qiluvchi qurilmani qo‘llash orqali energiyani tejash va uning ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator olimlarning tadqiqot ishlari analiz va sintez qilindi.
Bu stajirovka izlanuvchining dunyoqarashini kengaytiradi, ilmiy ish ob’ektiga boshqacha nazar bilan qaraladi. Tadqiqot ishlarini bajarishda yangicha yondashuv shakllanadi, masalan har qanday izlanishni bajarishda matematik modellashtirish muhim ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida xulosa qilindi.
Muvaqqat ariqlarni hosil qiluvchi qurilma bo’yicha O‘zbekistonda olib borilgan ayrim tajribalar shuni ko‘rsatadiki, shu paytgacha qilingan ilmiy tadqiqot ishlarida ayrim kamchiliklarga va energiyani tejash bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmagan.
Undan tashqari stajirovkani o‘tash davomida muvaqqat ariq hosil qilish tartiblari, energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish, sug’orish tarmoqlarini hosil qilish jarayonida tuproqning qarshiligi, kanal qazish jarayonida tuproqning metal bilan ishqalanish kaoeffisientini va uning natijasida mashinaga bta’sir qiluvchi qarshilik kuchlarini aniqlab, energiyani tejash va shu orqali ish unumdorligini oshirish hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha bir qator olimlarning tadqiqot ishlari analiz va sintez qilindi.
Chet elda amalga oshirilgan izlanishlar natijasida, o‘zimizning tuproq-iqlim sharoitimizga mos keladigan sug‘orishda energiyatejamkor texnologiyalarni joriy qilib, muvaqqat ariq hosil qilishda hamda suvni iqtisod qilish bilan birga qishloq xo‘jalik ekinlaridan olinadigan hosildorlikni oshirish imkoniyatini beradi.
|
| |