152
• WEB uchun taqdimot (prezentatsiya) tashkil qilish;
• Internetda
hamkoplikda ishlash;
• MS OFFICE dasturlari bilan hamkoplikda ishlash. Power Point 2016 dаsturini
ishga tushirish Power Point 2016 dаsturini yuklаshdаn оldin Windows 10 аmаliyot
tizimi dаsturini yuklаsh lоzim. Bu esа sоddа, yа’ni hоzirgi pаytdа kоmpyuter
yuklаnishi bilаn аmаlgа оshаdi. Power Point dаsturini yuklаsh jаrаyoni
quyidаgichа:
“Sichqоnchа” ko‘rsаtkichi ekrаnning quyi qismidа jоylаshgаn Пуск (Start)
tugmаchаsigа keltirilib chаp tugmаsi bоsilаdi. So‛ngra ekranda hosil bo‛luvchi
dasturlar ro‛yxatidan PowerPoint 2016 tanlanadi va “sichqоnchа” chap tugmasi
bosiladi: Natijada kompyuter ekranidagi quyidagi boshlang‛ich
oynadan dastur
taklif qilayotgan slaydlarning ko‛rinishlardan biri, masalan, [Пустая презентация]
tanlanadi. Natigada ekranga Power Point 2016 dasturining ish oynasi hosil bo‛ladi:
Tez foydalanish paneli– foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun tez-tez
foydalanib turiladigan buyruqlarning belgisini joylashtirish va zarur bo‛lganda
foydalanish imkonini beradi. Unga yangi buyruqlarni qo‛shish uchun panelning
oxiridagi tugmaga kelib “sichqoncha” chap tugmasini bosish kerak. So‛ng
ro‛yxatdan kerakli buyruqlarni tanlash lozim. Sarlavha satrida ayni vaqtda
tayyorlanayotgan hujjatning (faylning) nomi va muharrirning nomi aks etadi.
Excelda
tayyorlanayotgan
taqdimot
(презентация)
deb
nomlanadi.
Аgаr yаngi hujjаtgа nоm berilmаgаn bo‛lsа, u hоldа dоimiy qаbul qilingаn
birinchi hujjаt uchun Презентация ikkinchisi uchun Презентация vа hоkаzо
nоmlаr berilаdi. POWER POINT dasturi lentalari Power Point 2016 dasturida
quyidagi lentalardan foqdalaniladi:
Файл;
Главная;
Вставка;
Дизайн;
Переходы;
Анимация;
Слайд-шоу;
Рецензирование;
Вид.
1. Dasturning Файл lentasi fayllar ustida turli amallarni bajarishga imkon beruvchi
buyruqlardan tashkil topgan: Сведения - fayl haqida turli ma’lumotlarni olish;
Создать – yangi fayl hosil qilish; Открыть – mavjud faylni ochish; Сохранить –
faylni saqlash; Сохранить как – faylni boshqa nomda saqlash; Печать – faylni
chop etish; Закрыть – dasturni yopish.
2. Dasturning Главная - bosh lentasi Windows buferi bilan ishlash (Буфер
обмена), slaydalar yaratish (Слайды), slaydlardagi shrift turlari, o‛lchami,
ko‛rinishlarini o‛zgartirish (Шрифт), abzatslar bilan ustida turli amallar bajarish
(Абзац), slaydlarga turli shakl va rasmlar qo‛yish (Рисование) hamda slaydlarni
tahrirlashga (Редактирование) imkon beradi:
3. Dasturning Вставка – qo‛yish, o‛rnatish lentasi slaydlar hosil qilish, jadvallar,
shakllar,
diagrammalar, havolalar, turli ob’yektli matnlar, izohlar va belgilarni
hamda multimedia amallarini (videoyozuv, ovozlarni) slaydlarga qo‛yish uchun
zarur bo‛lgan buyruqlardan tashkil topgan:
4. Dasturning Дизайн – dizayn lentasi yordamida taqdimot mavzusiga mos
ko‛rgazmali ko‛rinishlarni tanlash, turli variantlardan foydalanish, slayd o‛lchamini
va fonini o‛zgartirish kabi amallarni bajarish mumkin:
153
5. Dasturning Переходы - slaydlarga o‛tish lentasi
slaydlarni ekranga turli
effektlarda chiqishini ta’minlab, slaydlarni ovoz bilan chiqishi va slaydlarni
almashish vaqtini belgilashga imkon beradi:
6. Dasturning Анимация - ob’ektlarga animatsiya (harakat) berish lentasi
buyruqlari animatsiya elementlarini qo‛yish, animatsiya effektlarini o‛rnatish,
animatsiya sohasini belgilash, animatsiya tartibini o‛zgartirishga mo‛lgallangan:
7. Power Pointning Слайд-шоу lentasi yordamida slaydlarni ko‛rishni boshlash,
ko‛rish vaqtini belgilash va slayd-shoyni sozlash kabi amallarni bajarish mumkin:
8. Dasturning navbatdagi Рецензирование – taqrizlash lentasi buyruqlari
slaydlarda
imloni tekshirish, yozuv tilini o‛zgartirish, slaydlarga izohlar qo‛yish,
yozuvlarni qo‛lyozma ko‛rinishda yozish kabi amallarni bajarishga imkon beradi:
9. Power Point dasturining Вид - ko‛rinish lentasi slaydlarni ko‛rish rejimi
xususiyatlarini o‛zgartirish, masshtablar, oynalar va makroslar bilan ishlashga
xizmat qiladi.