179
Autentifikatsiya qilish omillari tizim har kimga biron
bir narsaga kirish huquqini
berishdan oldin shaxsini tasdiqlash uchun foydalanadigan ko‘plab turli
elementlarni aniqlaydi. Shaxsning identifikatori shaxs nimani bilishi mumkinligini
aniqlaishi mumkin va xavfsizlik to‘g‘risida gap ketganda, tizimda kimgadir ruxsat
berish uchun kamida ikkita yoki uchta autentifikatsiya qilish
omillarini tekshirish
kerak. Xavfsizlik darajasiga qarab, autentifikatsiya qilish omillari quyidagilarda bir
biridan farq qilishi mumkin.
Single- Factor Authentication (
Bir faktorli autentifikatsiya)
:
Bu
autentifikatsiya jarayonining eng oddiy shakli bo‘lib, foydalanuvchiga veb-
sayt yoki tarmoqda muayyan tizimga kirish huquqini
berish uchun parolni
talab qiladi. Shaxs identifikatorini tekshirish uchun faqat bitta
ma'lumotlardan foydalanib tizimga kirishni amalga oshirishi mumkin.
Masalan, foydalanuvchi nomiga tegishli parolnigina talab
qilish orqali faqat
bitta faktorli autentifikatsiya yordamida login ma'lumotlarini tekshirishi
mumkin.