• 2.Axborot tizimi. 3.Axborot tizimlarining turlari. 4.Ma`lumotlar va ma`lumotlar bazalari.
  • Kasb hunar maktabi axborot texnologiyalari asoslari




    Download 4,96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/158
    Sana28.06.2024
    Hajmi4,96 Mb.
    #266104
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   158
    Bog'liq
    Dosqobilova Nasiba Xoltorayevna Axborot texnologiyalari asoslari

     
     
     


    24 
    4 - ILOVA
     
    Mavzu: Axborot jarayoni.Axborot tizimi.Axborot tizimlarinining 
    turlari.Ma`lumotlar va ma`lumotlar bazalari. 
    Reja: 
     
    1.Axborot jarayoni. 
    2.Axborot tizimi. 
    3.Axborot tizimlarining turlari. 
    4.Ma`lumotlar va ma`lumotlar bazalari. 
     
    Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda 
    nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad 
    yulida bir vaktning uzida xam yaxlit, xam o‘zaro bog‘langan tarzda faoliyat 
    kursatuvchi elementlar (ob'ektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, xar qanday tizim 
    biror-bir anik maqsad yulida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma'lum bo‘lgan shaxar 
    telefon tarmoklari tizimi, insondagi yurak 
    qon-tomir tizimi
    , asab tizimi va 
    boshqalar sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo‘la oladi. Ularning xar biri 
    tizimga qo‘yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya'ni, xar biri uziga xos 
    yagona maqsad yulida faoliyat ko‘rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan 
    iborat. 
    Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni yig‘ish, 
    saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va 
    shaxslarning 
    o‘zaro 
    bog‘langan 
    majmuasidir. 
    Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud bo‘lgan, chunki 
    rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o`z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, 
    oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish 
    jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq 
    jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy muhim 
    axamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. 
    Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z 
    navbatida, 

    axborot 
    tizimlarini 
    takomillashtirish 
    va 
    rivojlantirishni 
    rag‘batlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib 
    olaylik. 
    Kibernetik 
    yondashuvga 
    muvofik 
    boshqaruv 
    tizimi 
    boshqaruv 
    ob'ekti 
    (masalan, 
    korxonalar
    , tashkilotlar va xokazo) va boshqaruv sub'ekti, boshqaruv 
    apparati yig‘indisini uzida namoyon etadi. Boshkaruv apparati deganda 
    maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul kilingan qarorlarga 
    talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi 
    xodimlar tushuniladi. Boshqaruv ob'ekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab 
    chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya'ni boshqaruv tizimining o`zi aynan mana shu 
    ishlarni amalga oshirish uchun tuzilgandir.Boshkaruv tizimining ikkala 
    komponenti to‘g‘ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog‘langan. Tug`ri aloqa 
    boshqaruv apparatidan boshqaruv ob'ektiga yunaltiriladigan axborot oqimida 


    25 
    ifodalanadi. Aks aloqa teskari yo`nalishda yuboriluvchi qabul qilingan 
    qarorlarning bajarilishi haqidagi hisobot axboroti oqimida q`z aksini topadi. 
    Axborot oqimlari (T va A), 
    qayta ishlash vositalari
    , ma'lumotlarni uzatish va 
    saqlash, shuningdek, ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalarni 
    bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o‘zaro aloqasi ob'ektning axborot 
    tizimini tashkil etadi. 
    Axborot tizimlari nafaqat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv 
    ishlarini 
    avtomatlashtirish
    , balki qarorlarni qabul qilish (sun'iy intellekt usullari, 
    ekspert tizimlari va xokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron 
    pochta, telekonferentsiyalar), yalpi va lokal xisoblash tarmoqlari va boshqaruvning 
    yangi 
    uslublaridan 
    foydalanish 
    hisobiga 
    boshqaruv 
    ob'ekti 
    faoliyati 
    samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo‘llaniladi. 
    Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma'lum. 
    Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma'lumotlarni qayta 
    ishlash funktsiyalarining 
    bir qismi avtomatik ravishda
    , qolgani esa inson 
    tomonidan bajariladi. 
    Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma'lumotlarni qayta ishlashning 
    barcha funktsiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi 
    (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish). 
    Qullanish soxasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin: 
    – ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish; 
    – loyihalashtirishni avtomatlashtirish; 
    – tashkiliy jarayonlarni boshqarish; 
    – texnologik jarayonlarni boshqarish. 
    Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarishda axborot tizimlari ilmiy 
    xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik 
    axborotni taxlil etish
    , tajribalarni 
    boshqarish uchun mo`ljallangan. 


    26 
    Loyixalashtirishni 
    avtomatlashtirishda 
    axborot 
    tizimlari 
    yangi 
    texnika 
    (texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va muxandis loyixachilar mexnatini 
    avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan. 
    Tashkiliy 
    boshqaruvda 
    axborot 
    tizimlari 
    — shaxslar funktsiyalarini 
    avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan. Bu sinfga ham sanoat (korxonalar), ham 
    nosanoat ob'ektlari (bank, birja, sug`urta kompaniyalari, mexmonxonalar va 
    xokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari 
    kiradi. 
    Hozirgi 
    kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi
     (MB)
    kerakli 
    axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. 
    Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli 
    ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. 
    Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal 
    qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. 
    M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid 
    tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan) ma’lumotlarning nomlangan to‘plamidir.

    Ma’lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib 
    hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini 
    engillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu 
    tizimlar
    ma’lumotlar 
    bazasini 
    amaliy 
    dasturlardan 
    ajratadi. 
    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat 
    vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi 
    ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi 
    mumkin. 
    Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega 
    bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, 
    Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
    M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i n i b o sh q a r i sh t i z i m i – bu ma’lumotlar 
    bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni 
    topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til 
    vositasidir

    Download 4,96 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   158




    Download 4,96 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kasb hunar maktabi axborot texnologiyalari asoslari

    Download 4,96 Mb.
    Pdf ko'rish