Kasb hunar maktabi axborot texnologiyalari asoslari




Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/158
Sana28.06.2024
Hajmi4,96 Mb.
#266104
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   158
Bog'liq
Dosqobilova Nasiba Xoltorayevna Axborot texnologiyalari asoslari

 Klaviatura
. Klaviatura ma`lumotlarni kiritish va kompyuter ishini boshqarish 
uchun ishlatiladi. Kompyuterlar odatda 101 tugmachali standart klaviatura bilan 
ta`minlanadi. Klaviatura 5 qismdan iborat: Asosiy yoki alfavit tugmalari: Bu qismi 
57 ta tugmadani borat: 37 lotin harf va belgilar, 10 ta raqam va 10 ta maxsus 
tugmalar. Ko‘p tugmalarda bir nechta belgilar yozilgan. Har xil rangda yozilgan 
harflar, belgilar har xil til standartiga mos. Til standartini o‘zgartirish 
klaviaturalarda har xil (o‘ng Alt va Shift yoki ikkita Shift yoki o‘ng Ctrl va Shift 
tugmalarni birga bosish). Maxsus tugmalar bilan yaqinroq tanishaylik. Shift - Agar 
siz harflar tugmasini bossangiz u holda kichik harf kiritiladi, agar sizga katta harf 
kerak bo‘lsa u holda maxsus Shift tugmani bosib, qo‘yib yubormasdan shu harf 
tugmasini bosishiz kerak. Agar bitta rang bilan bir nechta belgilar yozilgan bo‘lsa 
u holda ulardan pastdagi asosiy, yuqoridagi passiv deb nomlanadi. Tugmani 
bosganingizda asosiy belgi kiritiladi. Agar sizga passiv belgi kerak bo‘lsa u holda 
siz maxsus tugmani bosib, qo‘yib yubormasdan belgi tugmasini bosishingiz kerak. 
Ctrl va Alt - shu tugmalarni bosib turib boshqa tugmani bosganimizda har xil 
amallar bajariladi. Caps Lock - Bu tugma yordamida Shift bosilib turgan holatini 
(faqat harflar uchun) yoqamiz yoki o‘chiramiz. Tab - keyingi bo‘limga yoki 
qismga o‘tish. Backspace - oldin (chapda) joylashgan bitta belgini o‘chirish. Enter 
- yangi satrga o‘tish yoki ma‘lumotlarni kiritish. Esc - oxirgi harakatdan voz 
kechish. Funktsional tugmalar: Maxsus buyruklar va amallarni bajarish tugmalari 
F1 - F12. Har xil dasturlar bu tugmalarga har xil amallarni o`rnatadi. Yo‘nalish 
tugmalari: Kursor joylanishini o‘zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, 
o‘ngga va pastga siljitish. Yordamchi tugmalar: Home - satr boshiga o‘tish. End - 
satr oxiriga o‘tish. PgUp - bir sahifa yuqoriga o‘tish. PgDn - bir sahifa pastga 
o‘tish. Insert - belgilarni o‘chirib ustiga yozish yoki ularni siljitib o‘rtasiga yozish 
holatini o‘rtnatish. Delete - keyin (o‘ngda) joylashgan bitta belgini uchirish 
Raqamlar tugmalari: Raqamlarni kiritish uchun klaviatura. 0-9 gacha raqamlar va 
/,*,-,+ belgilari. Klaviatura tugmachalariga “Вставка-Символ” bo`limi yordamida 
ixtiyoriy belgilarni yoki alifbo harflarini o`rnatish mumkin.

Download 4,96 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   158




Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kasb hunar maktabi axborot texnologiyalari asoslari

Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish