36
Hozirda xilma-xil zamonaviy kompyuterlar insonga xolis xizmat qilmoqda.
Ularning tashqi ko`rinishi ham turlicha. Lekin ularni tashkil etuvchi qurilmalar,
(ya`ni apparatli ta`minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi
mashinalardagi qurilmalarda o`xshashlik borligini ko`ramiz. Har qanday
kompyuter apparatli ta`minoti, asosiy va qo`shimcha qurilmalardan tashkil topgan.
Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta`minlasa, qo`shimcha qurilmalar
kompyuter bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi. Hozirgi vaqtda eng ko`p ishlab
chiqarilayotgan va amaliyotga qo`llanilayotgan zamonaviy kompyuterlar shaxsiy
kompyuterlar hisoblanadi.Zamonaviy kompyuterlar asosan quyidagi asosiy
qurilmalardan iborat bo`ladi:
1. Sistemali blok.
2. Monitоr
3. Klaviatura
4. Sichqoncha.