38
farqlanadi. Ajratish qobilyati odatda bir duyumga to‘g‘ri keladigan nuqtalar soni
{200,400,600,900} bilan ko‘rsatiladi. Sichqonchalarning turli tiplarining soni
yetarlicha kattadir. Bo‘linishi sichqonchaning ko‘chish haqida axborot olish
bosqichidayoq boshlanadi va bu qanday amalga oshirilishiga bog‘liq ravishda,
sichqonchalar mexanik, optik – mexanik va optik toifalarga bo‘linadi.
Ma‘lumotlarni kompyuterga uzatish usuli bo‘yicha sichqonchalar liniyali va
liniyasiz turlarga ajratiladi. Biroq uzatish usuliga bog‘liq bo‘lmagan
holda
sichqonchaning o‘zi (yoki liniyasiz texnologiya ishlatilganda biror oraliq qurilma)
kompyuterga ulangan bo`lishi lozim.
Sichqoncha 4 usul bilan
– Kengaytma plata:
–Standart ketma – ketlik port;
– PS/2 usulidagi sichqoncha porti shaklidagi maxsus adapter yoki USB shinasi
ulagichiga;
– ketma – ket portga ham (maxsus o‘tkazgich yordamida) ulanishi mumkin
bo‘lgan sichqonchalar ham mavjud.
Ilgari sichqonchalar tugmalarining soni bo‘yicha ham tasniflanar edi,
lekin agar
dasturiy ta’minot faqat bitta tugmani ishlatishi mumkin bo‘lsa (masala,
Windows3X uchun ko‘pchilik dasturlarda shunday edi), bu unchalik muhim
ko‘rsatkich emas. Yuqorida aytilganidek, mazkur holda sichqonchalarni 3 guruhga
bo‘lish mumkin: mexanik, optik – mexanik , optik , shu bilan birga eng keyingi
guruhning 2 ta qism toifasi mavjud.
Bu atamalarning mohiyati nimada? Hozirgi kunda mexanik sichqonlar o‘tmish
xotira bo‘lib qoladi. Mexanik sichqochalarning ish usuli eng soddadir.
Sichqonchaning ichki “g‘ildiraklarida o‘tkazuvchi belgilar bor”. G‘ildiraklariga
o‘tkazuvchi qoshlar birikadi. Sichqonchaning sharchasi yordamida g‘ildiraklarning
aylanishi jarayonida ularning o‘zaro ta’svirlashuvi kursorning harakat yo‘nalishi va
tezligini aniqlash imkonini beradi. Ko‘rib turganingizdek,
bu usul mexanik
pianinoda metall plastinkalarni ishlash bilan nimasidir o‘xshash. Mexanik
sichqonchalar kirlanishi sababli boshqalarga qaraganda tez ishdan chiqadi, ular
taraqqiyotning quyi bosqichida edi deb aytish mumkin. Hozirgi kunda tarqalgan
sichqonchalarning ko‘pchiligi optik – mexanik sinfga oiddir. 2) Optik - mexanik
sichqonchaning ish tamoyili juda oddiy: rezina qoplamali o‘g‘irlashtirilgan sharga
yassi sirt bo‘lab sirpanadiva ikkinchisiga perpendikulyar
joylashgan valchani
aylantirib, koordinatalar tizimida harakatni vujudga keltiradi (vertical va gorizontal
bo‘yicha). Boshqacha aytganda, bu kombinatsiya bir yog‘och g‘ildirakli aravaning
o‘qini eslatadi. Bu g‘ildirak svetodiod va priyomnik – fototranzistor orasida
aylanadi. Yorug‘lik nuri turli tezlik bilan aylanayotgan g‘ildirakning kegaylari
orqali o‘tadi. Elektron signallarga aylantirilgan yorug‘lik impulslari («yorug‘lik»/»
qorong‘ulik» almashuvi) kursorning ekranda ko‘chish tezligi va vaziyatini aniqlach
imkonini beradi. Sichqonchani tozalashda ko‘pchilik valchalardagi va rezina
sharchaning o‘zidagi changlarni tozalash bilan cheklanadi. Ko‘pchilik hollarda bu,
yetarli biroq yetish qiyin bo‘lgan joylarda chang to‘planishi kursorning monitor
ekranida tushintirish qiyin bo‘lgan harakat qilishiga imkon beradi.
Bu holatda
39
sichqonchani to‘la ochishga jazim qilish mumkin. 3) Optik sichqonchalar
harakatlanuvchi
qismlardan
mutlaqo
holidir.
Fotodatchiklar
sichqoncha
korpusining bevosita pastki sirtida joylashgan. Bunday sichqonchalar bilan
ishlashdaqora va qizil chiziqlar bilan katakchalarga bo‘lingan maxsus gilamcha
ishlatiladi. Maxsus holda apparatura o‘qlarining aylanishi natijasida hosil bo‘lgan
yorug‘lik impluslarini emas, balki har rangdagi kesib o‘tilgan chiziqlarni sanaydi.
Optik sichqonchalar juda ishonchli (harakatlanuvchi qisimlari yo‘qligi sababli)
biroq ularning kamchiligi ham bor: istalgan sirtda surila oladigan optik mexanik
sichqonchaga qaraganda gilamchaga ko‘proq joy kerak.
Yangi qismiy toifaga
Microsoftning yangi ishlanmasi Intellimouse Explorer mansubdir. Odatda optik
sichqonchalardan farqli o‘laroq bunga gilamcha kerak emas unga 18 MIPS
quvvatli raqamli signal protsessori o‘rnatilgan. (Qachanlardir bu quvvat EHM
uchun yetarli edi) uning ishi optik sensordan kelayotgan real vaqtda
soliishtirishdir. Solishtirish asosida 1 sekunda 1500 tagacha rasm taqqoslanishi
mumkin bo‘lib, bu juda yuqori aniqlikni taminlaydi.
Shaxsiy kompyuterning
qo`shimcha qurilmalari