|
– ILOVA
Mavzu: Kompyuter texnik qurilmalari va arxitekturasi. KompyuterningBog'liq Dosqobilova Nasiba Xoltorayevna Axborot texnologiyalari asoslari 4 – ILOVA
Mavzu: Kompyuter texnik qurilmalari va arxitekturasi. Kompyuterning
apparat ta`minoti.Pereferiya qurilmalari.
Reja:
1.Kompyuter texnik qurilmalari.
2.Kompyuterning apparat ta`minoti.
3.Pereferiya qurilmalari.
Hozirgi kunda kompyuter olami juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga
juda ko‘p sabablar bor. Eng asosiy sabablardan biri bu — kompyuter orqali inson
tomonidan bajariladigan ishlarning deyarli barchasi bajarilmoqda. Nafaqat
bajarilmoqda, balki osonlik va tez bajarilmoqda. Undan tashqari maromiga
yetkazilib, ishlar bitkazilmoqda. Bu ishlarni bajarishda, kompyuter bir o‘zi emas,
balki
kompyuterga
ulanadigan
periferik
qurilmalar
yordamida
amalga
oshirmoqda.
Periferik qurilma
bu – kompyuterga tashqi tomondan ulanib, uning
imkoniyatlarini kengaytiradigan qurilmalarga aytiladi. Bu qurilmalar qo‘shimcha
qurilmalar ham deyiladi, ularsiz ham kompyuter o‘zining asosiy ishlarini amalga
oshiraveradi. Periferik qurilmalar faqatgina qo‘shimcha ishlarni amalga oshiradi.
Periferik qurilmalar kompyuterga ma'lum bir portlar yoki simsiz ulanishi mumkin.
Misol uchun,
USB, LPT, COM
portlar orqali yoki simsiz aloqa orqali, ya'ni
wi-fi,
Bluetooth
vahakazolar orqali.
Demak, bu qurilmalarga nimalar kiradi? Bu qurilmalar juda ko‘p, shuning uchun
nimalar kirmasligini bilib olsak, qolgan hamma narsalar kirishi oydinlashadi.
Kompyuter nimalardan tashkil topgan va nimalar bo‘lmasa umuman ishlamaydi?
Shu savolga javob beramiz. Kompyuter
tizim blok(системныйблок), monitor
va klaviaturadan
tashkil topgan. Bu qurilmalarning birortasi bo‘lmasa
kompyuterni ishlatib bo‘lmaydi(ya'ni temir sifatida topshirib yuborish ham
mumkin). Ko‘pchilik bu ro‘yxatga sichqonchani(mыshka) ham kiritishadi, lekin u
siz ham kompyuterni ishlatish mumkin-ku. Tizim bloki ichidagi narsalar(ОЗУ,
vinchester, protsessor,..) umumiy holda uning ichiga kirib ketadi. Qolgan barcha
qurilmalar periferik qurilmalardir.
Periferik qurilmalarning soni ko‘pligi uchun, ularni bir necha guruhlarga bo‘lib
o‘rganiladi. Bu maqolamda ularning ba'zilarini qaysi guruhlarga kirishini yozib
o‘taman, qolgan qurilmalarni o‘zingiz biroz o‘ylagan holda, kerakli guruhga kiritib
olishingiz mumkin, demak bu guruhlar quyidagilar:
|
| |