66
Operatsion tizimlar evolyutsiyasi
Birinchi davr (1945-1955-yillar)
Raqamli
kompyuterlarni
yaratishda
muvaffaqiyatlar Ikkinchi
jahon
urushi tugaganidan keyin sodir boʻldi. 40-yillarning oʻrtalarida birinchi lampali
hisoblash qurilmalari yaratildi.
Shu bilan birga, kompyuterni loyihalash va
dasturlash amalga oshirildi. Bunga boshqa amaliy
sohalardan har xil turdagi
amaliy muammolarni hal qilish sohasidagi tadqiqot ishlari kirar edi. Oʻsha paytda
dasturlash faqat mashina tilida amalga oshirilgan. Oʻsha paytda operatsion tizimlar
yoʻqligi sababli barcha vazifalar dasturchi tomonidan maxsus boshqaruv panelidan
qoʻlda hal qilinardi. Operatsion tizimda matematik hamda yordamchi dasturlar
kutubxonalaridan boshqa dasturiy taʼminot yoʻq edi.