• 1-ilova Tezkor savol-javob
  • O‘quvchilar faoliyatini baholash mexanizmi
  • 3-ilova Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
  • 1-MAVZU: KOMPYUTER TEXNIK VOSITALARI
  • Yangi o‘quv materialini mustahkamlash




    Download 8,96 Mb.
    bet59/141
    Sana20.02.2024
    Hajmi8,96 Mb.
    #159533
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   141
    Bog'liq
    SHAXSIY KOMPYUTER VA OFIS QURILMALARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH FANIDAN

    Yangi o‘quv materialini mustahkamlash
    8.Mustahkamlash uchun savollar beriladi. (3-ilova)



    Savollarga javob beradilar
    Yozib oladilar
    Guruhlarga bo‘linadilar.
    Javob beradilar

    Diqqat qiladilar


    Guruhlarda ishlaydilar

    Fikr almashadilar






    3. Yakuniy bosqich
    (10 daqiqa)
    .



    Mashg‘ulot yakuni:
    1.O‘tilgan mavzu umumlashtiriladi, faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi;
    Uyga vazifa berilishi:
    2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beriladi

    O‘z- o‘zini o‘zaro baholashni o‘tkazadilar.
    Topshiriqni yozadilar




    Maxsus fan o‘qituvchisi: Xolnazarov Fazliddin
    1-ilova
    Tezkor savol-javob



    1. Xab (HUB)

    2. Xablar yordamida ma’lumotlarni uzatish

    3. Intellektual xab (HUB)

    4. Dualspeed – Xab (Hub)



    2-ilova
    Baholash mezoni
    O‘quvchilarni baholash mezoni bilan tanishtirilib, baholash ko‘rsatkichlari bilan tanishtirib o‘tiladi:

    O‘quvchilar faoliyatini baholash mexanizmi

    90-100 %

    5 baho

    A’lo

    75-89 %

    4 baho

    Yaxshi

    60-74 %

    3 baho

    Qoniqarli

    60 % dan past

    2 baho

    Qoniqarsiz

    3-ilova
    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:



    1. Gateway (Tarmoqlar orasidagi shlyuz)

    2. Router

    3. Hardware – Router

    4. Routing – Tabelle




    Denov – 2022
    1-MAVZU: KOMPYUTER TEXNIK VOSITALARI
    Reja:

    1. Qattiq disk

    2. Monitor

    3. Optik disklar

    Zamonaviy kompyuterlarni xotiraning qattiq disk (ing. HDD, Hard – qattiq, Disk – disk, Drive – dvigatel) deb ataluvchi turisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu xotirani asosiy xotira qurilmasi deb ham atash mumkin. Chunki, birinchidan: qattiq disklar, odatda, kompyuterning sistema bloki ichiga joylashtirilib, asosiy platada shleyf orqali ulanadigan maxsus joyi bor (shuning uchun axborot almashinuvi juda tez); ikkinchidan: kompyuterga operatsion sistema o’rnatilayotganda shu kompyuterga mos parametrlar operatsion sistemaga bog’lab qattiq diskka yozib saqlanadi. Bundan tashqari shu kompyuter foydalanuvchilarining amaliy dasturlari, hujjatlari va boshqa turdagi ma’lumotlari ham shu diskda saqlanadi.
    Qattiq disklarga axborotni yozish va o’qish magnitlash asosida bo’lganligi uchun qattiq magnit disk ham deb atashadi. Bu qurilma umumiy korpusga joylashtirilgan elektrodvigatel, magnit kallak (rus. головка), pozitsiyalash qurilmasi va magnit qatlamga ega bo’lgan bir nechta diskdan (shu bois, ko’potar miltiq nomiga moslab “vinchester” deb ham atashadi) iboratdir. Birinchi vinchester 1973 yil IBM firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
    Disk sirti nuqtalar majmui sifatida, nuqtalar esa, o‘z navbatida, alohida bit sifatida ko‘rilib, ularning har biriga 0 yoki 1 qiymat (magnitlangan yoki magnitlanmagan – “magnit ekvivalenti” deb ham yuritiladi) beriladi. Mazkur nuqtalarning joylashuvi oldindan aniq bo‘lma­ganligi bois, axborotni yozish uchun yozuv qurilmasi nishonlash usulidan foydalanadi. Nishon yozuvning holati va o‘rnini aniqlashga yordam beradi. Mazkur nishonlarning mavjudligi diskka axborot yozishning texnologiyasi asosini tashkil etadi, nishonlar hosil qilinishi uchun esa disk formatlashni talab etadi. Disk formatlanganda konsentrik aylanalar ko’rinishidagi yo‘llarga ajratiladi hamda yo’llarni sektorlarga bo’linadi. Axborot disk sektorlarining yo’llari bo’ylab yoziladi. Sektor va yo‘llar o‘z tartib raqamlariga egadir. Diskning har bir sektorida identifikatsiya qilish uchun adres maydoni deb ataladigan joy ajratiladi, qolgan joylariga esa ma’lumotlar yoziladi. Bu qurilma changdan, namlikdan va boshqa tashqi ta’sirlardan juda yaxshi himoyalanganligi sababli, boshqa disklarga nisbatan yozishning yuqori zichligiga erishiladi. Hozirgi kunlarda qattiq disklarning gigabayt va terabayt o’lchov birlikli sig’imdagi turlari ishlab chiqarilmoqda.
    Kompyuterga turli sha­kl­dagi axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilmalarni ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari deb yuritiladi. Eng asosiy ma’lumot­larni kiritish-chiqarish qurilmalari safiga monitor va klaviatura kiradi.
    Kompyuterga ma’lumotlar va buyruqlarni kiritish usullaridan biri klaviaturada joylashgan klavishlardan foydalanishdir. Aniq bir klavishni yoki klavishlar birikmasini bosi­lishi aynan mos ikkilik kodni kiritilishiga olib keladi. Buning boisi shifrlovchi deb yuritiladigan mikrosxema ma’lum bir klavish bosilishida hosil bo‘ladigan signalni ikkilik kodga aylantirib beradi.

    Download 8,96 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   141




    Download 8,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yangi o‘quv materialini mustahkamlash

    Download 8,96 Mb.