• monitorning imkon darajasi
  • Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni ta’minlaydi. Monitor matn yoki grafik holatidada




    Download 8,96 Mb.
    bet60/141
    Sana20.02.2024
    Hajmi8,96 Mb.
    #159533
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   141
    Bog'liq
    SHAXSIY KOMPYUTER VA OFIS QURILMALARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH FANIDAN

    Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni ta’minlaydi. Monitor matn yoki grafik holatidada ishlaydi. Matn holatida ekran belgi o‘rinlari deb yuritiluvchi alohida qismlarga bo‘linadi. Grafik holatda ekran piksel deb ataluvchi nuqtalar to‘plamidan tashkil topadi. Ikkala holatda ham belgi yoki pikselning ranglari, fonning rangi, ravshanligi va boshqa parametrlar haqidagi ma’lumotlar videoxotirada saqlanadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori monitorning imkon darajasi, deb ataladi. Hozirgi davrda grafik adapteri VGA, SVGA, XGA turda bo’lgan monitorlar keng tarqalgan. Monitorlarni yana elektron nurli trubkali, suyuq kristalli (LCD) va plazmali turlarga bo’lishadi.
    Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari safiga axborot tashuvchi vositalar bilan bevosita bog’liq bo’lgan strimer, diskyurituvchi, optik disk qurilmasi, USB-yig’uvchilar ham kiradi. Kompyuterdagi ma’lumotlarni biridan ikkinchisiga tashib o’tkazish va ma’lumotlarni kompyutersiz uzoq vaqt saqlab turish uchun maxsus xotira vositalari ishlab chiqarilgan bo’lib, ularni axborot tashuvchi vositalar yoki tashqi xotiralar deb atashadi. Axborot tashuvchi vositalarga axborot saqlanadigan muhitning fizik, kimyoviy va mexanik xossalarini o’zgartirish orqali yoziladi. Ular tuzulishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:



    magnit tasma

    egiluvchan magnit disk (EMD)

    optik disklar

    flash-xotira



    Magnit tasmalardan, odatda, zaxiraga nusxalash va katta hajmli axborotlarni (arxivda) saqlash uchun foydalaniladi. Magnit tasma sirti magnitlanuvchan maxsus qatlam bilan qoplangan. Unga axborot yoshish va undan axborotni o’qish huddi magnitofonlardagi kabi magnit kallak yordamida amalga oshiriladi. Magnit tasmalarga axborot yozish va o’qish qurilmasi strimer deb ataladi.

    Download 8,96 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   141




    Download 8,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni ta’minlaydi. Monitor matn yoki grafik holatidada

    Download 8,96 Mb.