Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi




Download 131 Kb.
bet3/10
Sana20.08.2024
Hajmi131 Kb.
#269677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1.1- mustaqil ish

3. Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi
Yuqorida sanab o‘tilgan jihatlar shaxs va kasb hamkorligida uchraydi va bu murakkab, dramatik jarayon sifatida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bo‘lib o‘tadi. Shaxsning kasbga bo‘lgan moslashuvida normativ bo‘lmagan vaziyatlarni hal etishda psixologiya muhim ahamiyatga ega. Aynan u shaxs va kasb o‘rtasida optimal munosabatlarni o‘rnatishda yordam berishi, kishilarni kasblar dunyosi bilan tanishtirishi lozim. Shaxs va kasblarga moslashuvning ko‘p aspektli psixologik fundamentlari an'anaviy tarzda mehnat psixologiyasi tomonidan tadqiq etilgan. Ammo shaxsning to‘liq kasbiy shakllanish jarayoni aniqlanmagan. XX asr bo‘sag‘asida paydo bo‘lgan mehnat psixologiyasi kasbiy faoliyat turlarini, faoliyatning insonga, uning psixofiziologik imkoniyatlariga bo‘lgan talablarini, kasbiy qobiliyat, ko‘nikmalarini o‘rganadi.
Mehnat psixologiyasining muhim vazifalaridan biri, mehnat sharoitlari, vositalari va mazmunini tahlil qilishdan iborat. Ishlab chiqarishdagi turli nuqsonlarni, layoqat va charchoqni diagnostika qilish orqali optimal ish tajribasini aniqlashga katta e'tibor beriladi. Ammo tadqiqotchilar diqqat markazida asosan mehnatning ijrochilik operatsion aspektlari, uning psixofiziologik tavsiflari turadi. Mehnat psixologiyasining asosiy muammosi bu insonning mehnat qurollariga, vositalariga, jarayon va sharoitlarga ko‘nikishidir. Bunda kishining mehnat faoliyatiga moslashuvi psixologik va fiziologik usullar asosida o‘rganilgan.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, mehnat faoliyati borasidagi psixologik tadqiqotlar insonlarda kasbiy maqsad, kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy shakllanish, kasb tanlash va uni o‘zgartirish sabablari, kasbiy rivojlanish bosqichlari haqida to‘liq tasavvurni bermaydi. Ular esa o‘z navbatida kasb psixologiyasining predmetini tashkil qiladi. Aynan kasb tanlash borasidagi ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ongli kasb tanlash, kasbiy inqiroz va qiyinchiliklarni yengib o‘tishda mazkur fanga doir bilimlarni bilish talab qilinadi. Shu bois, hozirgi kunda kasb psixologiyasiga doir bilimlarga zarurat sezilmoqda.
Kasb psixologiyasining predmeti - shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir. Bundan kelib chiqqan holda kasb psixologiyasi - bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir, - deb aytish mumkin.
Kasb psixologiyasining ob'ekti - shaxsning kasb bilan hamkorligi yoki o‘zaro bog‘liqligidan iborat. Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo‘lib, u o‘zining tadqiqot predmeti va ob'ektiga ega. Shu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining ob'ekti va predmetidan farqlanadi.
Mehnat psixologiyasi-inson psixik faoliyatining takomillashishi va qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, u mehnat jarayonida shaxsdagi jarayon, holatlar va xususiyatlarni o‘rganadi. Mehnat psixologiyasi vazifalariga psixologiyaning mehnat faoliyatini psixologik muammolarini, mehnat unumdorligini orttirishning psixologik shart-sharoitlari, mehnat va dam olish rejimi, mehnat turlarini psixologik tahlil qilish, kadrlarni ularning individual psixologik xususiyatlariga qarab tanlash hamda joy-joyiga qo‘yish, ishlab chiqarish avariyasi va travmasining psixologik sabablari kabi masalalar kiradi.
Mazkur farqlar qo‘yidagicha ifodalaniladi:

  • Psixologiya fanlarining tarmoqlari

  • Tadqiqot predmeti

  • Tadqiqot ob'ekti

Download 131 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 131 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi

Download 131 Kb.