Kasbiy shakllanish turlari
|
Kasbiy shakllanish yo‘li va tezligi bir guruh omillar bilan belgilanadi. Ularga yosh, individual-psixologik, kasbiy texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni kiritish mumkin.
|
Kasbiy rivojlanish
|
Kasbiy rivojlanish – bu yo‘nalish salohiyat va muhim kasbiy sifatlarning boyib borishi, mehnat faoliyati samaradorligini oshirib borish bilan belgilanadi.
|
Kasbiy shakllanishining psixologik jihati .
|
Shaxsning kasbiy rivojlanish va kasbiy jihatidan o‘zini topa olish uchun o‘z ustida ishlashi va turli masalalarni hal qilish uchun bor kuchini sarflash, shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratish, kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi destruktiv an’analarni o‘zlashtirishda kishilarga psixologik madad va yordam ko‘rsatish.
|
Kasbiy jihatdan o‘zini anglash
|
Insonning kasbni psixologik imkoniyatlarini kasbiy faoliyat mazmuni va talablari bilan bo‘lgan jihatlarini mustaqil anglab olishi, shuningdek ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda bajarila-digan ishidan ma’no topishi.
|
Kasbiy jihatdan o‘zini asray olish.
|
Inson shaxsiga yo‘naltirilgan mahsuldor kasbiy faoliyatda doimiy o‘zini-o‘zi o‘zgartirib turishi, tayyorgarligi va kasbiy imkoniyatini o‘zini ruyobga chiqarishi, kasbiy hayotini boshqara olishi, kasbiy rivojlanish va lavozimda ko‘tarilishdagi destruktiv vaziyatlarni yengib o‘tish bilan bog‘liqdir .
|
Professionalizatsiyalashuv destruksiyalari
|
Professionalizatsiya jarayonidagi miqdor va sifat o‘zgarishlar, shaxsning rivojlanishi va deformatsiyasi bilan kuzatiladi.
|
|