|
Kasbga doir interaktiv infografika vositalarini yaratish texnologiyalari
|
Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 3,09 Mb. | | #264614 |
KASBGA DOIR INTERAKTIV INFOGRAFIKA VOSITALARINI YARATISH TEXNOLOGIYALARI
22-PPF-08 Guruh
Saydalimova Dilafruz
Infografika (yoki axborot grafikasi) iborasi inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, "ma’lumot yoki ma’lumotlarning vizual tasviri" degan ma’noni anglatadi. Shundan kelib chiqib infografika so‘ziga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Infografika-bu yoritilgan mavzuning mohiyatini tezda tushunish imkonini beruvchi minimal qo‘shimcha matnga ega tasvirlar va diagrammalar to‘plami.Quyidagi misol infografikasi ma’lumotni tez va aniq yetkazish uchun rang-barang va ko‘zni qamashtiruvchi grafiklardan foydalanadi.
Infografikaning foydalanish sohalari: O‘ziga xos va ijodiy infografika ko‘pincha eng samarali hisoblanadi. Sababi, original infografika diqqatni o‘ziga tortadi va sizni e’tiborsiz o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Biroq, infografikani insonlarda nafaqat qiziqish uyg‘otish kerakligi, balki, ular odamlarga infografika mazmunini tushunish va eslab qolishlariga yordam berishi kerak. Hozirgi zamonaviy ta’lim sohasida o‘quv materialini esda qolarli qilish uchun infografikadan foydalanib kelinmoqda.
Infografika o‘zining zamonaviy ko‘rinishida 1982 yilda ”USA Today” gazetasi nashr eta boshlaganida paydo bo‘lgan deb ma’lumot beriladi. Uning birinchi muharriri Lauri Demo o‘z gazetasini yaratishda quyidagi qoidadan foydalangan: "Agar hikoya tushunarsiz va tushunish qiyin bo‘lsa, grafikadan foydalanish vaqti keldi" . Ana shu tamoyil bir necha yildan so‘ng gazetaning mamlakatdagi eng ko‘p o‘qiladigan beshta nashrdan biriga aylanishining asosiy sabablaridan biri bo‘ldi.
Edvard Tufte zamonaviy infografikaning otasi hisoblanadi, u infografikani rivojlantirish kontseptsiyasini va uning misollarining ulkan to‘plamini yaratgan. Uning asarlaridagi illyustrativ materiallarga fotosuratlar, xaritalar, kompyuterda yaratilgan tasvirlar va foydalanuvchi ta’siridan oldin vakeyin rasmlardagi qiyosiy o‘zgarishlarni ko‘rsatadigan o‘rnatilgan slayd ob’ektlarinikiritadi
Infografika turlari. Infografika yaratadigon shablonlar (konstruktor) ga quyidagilarni kiritish mumkin: Visme, Adobe Spark, Canva, Venngage, Snappa, Piktochart va Easel.ly. Venngage shabloni bepul infografik yaratuvchi shablonlarni 9 turga bo‘lgan
Infografika yaratishda Easel.ly dasturini tavsiya qilishimiz mumkin. Uning asosiy afzalliklari:-juda katta miqdordagi bepul dizayn shablonlarining mavjudligi (boshqa dasturlarga nisbatan);-har qanday shablonni o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirish mumkin: elementlarni olib tashlash yoki qo‘shish, ularning o‘lchamini, joylashuvini, rang sxemasini va hokazolarni o‘zgartirish
Online infografika yaratish Vismedan foydalanish ham nihoyatda interaktivlikni oshiradi. Visme -bu taqdimotlar, animatsiyalar, bannerlar, infografika, hisobotlar, shakllar va boshqa vizual kontent yaratish uchun platforma
XULOSA
Shunday qilib, infografika -bu imkon beradigan zamonaviy o‘qitish faolligini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan o‘quv ma’lumotlarini yaxshi o‘zlashtirish, qobiliyat va pozitsion fikrlashni shakllantirishuchuntasvir va diagramma to‘plamidir. Yuqoridagi usullardan foydalanish o‘quv jarayonida birgalikdagi ishlarni tashkil etish imkonini beradi, shuningdek OTMda mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirishga xizmat qiladi.
|
| |