|
Касбий психология Pdf ko'rish
|
bet | 144/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 6,46 Mb. | | #237153 |
Bog'liq avtomabillar texnik ekspluatasiyasi2-TAJRIBA IShI
Mavzu: Avtomobil dvigatellarining yonilg’i ta’minnoti tizimini diagnostikalash va sozlash
ishlari texnologiyasi.
2.1-Mavzu: Benzinli (karbyuratorli) dvigatellarni ta’minnot tizimini diagnostikalash va
texnik xizmat ko’rsatish va joriy tamirlash texnologiyasi
1.Ishdan maqsad
Yonilg’i bilan ta’minnlash tizimidagi asboblarni diagnostikalash va ularni sozlash
usullarini o’zlashtirish
2. Umumiy ma’lumot
Avtomobillarni texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari ko’p jihatdan dvigatelning yonilg’i
bilan ta’minnlash tizimidagi mexanizm va uzellarning texnik holatiga bog’liq. Ta’minnlash
tizimini diagnostikalashda, birinchidan ta’minnlash tizimidagi nosozliklarni qaysi
mexanizm va uzellarga bog’liqligi aniqlansa, ikkinchidan uning texnik soz holatini
ta’minnlovchi yonilg’i o’tkazgichlar germetikligi, yonilg’i va havo fil trlarining holati, yonilg’i
nasosini, karbyuratorni tekshirish va sozlash ishlari bajariladi.
1-TXK da karbyuratorli dvigatellarni ta’minnlash tizimi bo’yicha quyidagi ishlar bajariladi.
1. Ta’minnlash tizimidagi asboblarni ko’zdan kechirib, ularni mahkam biriktirilganligi va
qotirilganligi nazorat qilinadi.
2. Chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidi(SO) miqdori o’lchanib zarur bo’lsa me’yoriga
keltiriladi.
2 -TXK da yuqorida keltirilgan ishlardan tashqari quyidagilar bajariladi:
1. Karbyuratorning po’kakli kamerasidagi benzin sathi tekshiriladi, zarur bo’lsa sozlanadi.
2. Karbyuratorni dvigatel tirsakli valini salt ishlash rejimida minimal aylanishlar chastotasiga
sozlanadi.
3. Yonilg’i nasosining ishlashi tekshiriladi.
4. Karbyurator drosselini boshqarish yuritmasining ishlashi tekshiriladi va sozlanadi.
3. Ishlatiladigan jihozlar
Karbyurator va yonilg’i nasosi elementlarini tekshiradigan
MKBV-2 jihoz va jiklyorlarning o’tkazuvchanligi tekshiradigan
NIIAT-523 asbobi, Karbyuratorni ta’mirlovchi chilangarning
asboblar majmuasi, Karbyuratorni tekshiradigan asbob (model
355), Yonilg’i nasosi va karbyuratorni tekshiradi gan asbob (577A
model),Yonilg’i nasosi diafragmasini pru jinasining
egiluvchanligini tekshiradigan asbob (357 A model).
|
| |