172
klapanlar va podshipniklar taqillashini eshitish. O’zak podshipniklari taq.illashi bo’g’iqroq past tonda,
mexanizm shesternyasini taqillashi esa jarangli, o’rtacha tonda bo’ladi. Diagnostika aniqligi ko’pincha
mexanikning malakasiga bog’liq
d) ishlab chiqilgan gazlarni rangini tekshirish.
Ishlab chiqilgan gazlar qoramtir rangli bo’lishi, ta’minnlash tizimini nosoz ishlaganini
bildiradi oq rangli bo’lishi, tsilindr-porshen guruhining eyilganligini bildiradi.
5.2.Karbyuratorli dvigatelni tekshirish
Birinchi tsilindrdagi yondirish shami o’rniga shtutser o’rnatilib unga signalizator kiydiring.
Yurgizish dastasini aylantirib birinchi tsilindr porshenini Yu.Ch.N o’rnating. Siqish takti ohiri ovozli
signal tugashi bilan aniqlanadi. Uzgich taqsimlagich korpusiga taxmonli shkala, taqsimlagich valiga
esa strelkani o’rnating. Taxmonli shkala bilan aylantirib, birinchi tsilindrdan Yu.Ch.N. ni belgilab
shkalani strelka uchi bilan tushishini moslashtiring.
Signalizatorni shtutserdan ajrating. Uzatmalar shtokini quyi uzatmasiga qo’shing va g’ildiraklar
tagiga dumalashga qarshi kolodkalar qo’yib dvigatelni qo’l tormozi bilan tormozlang.
Dvigatelga
o’rnatilgan shtutserni o’lchovchi ichagiga tez uzatuvchi muftani ulang. O’lchovchi monometr
strelkasi to’xtashi bilan, ko’rsattichlarni hisoblang.
Klapanlarda, porshen halqalarida va blok kallagi qistirmasida zichlanishni yo’qolishini, porshenni
siqish takti ohiridagi holatida o’lchangan, sizib chiqayotgan havoning miqdori porshen-tsilindr
guruhini holatini harakterlaydi. Sizib chikayotgan xavo chetki ruxsat ztilgan miqdoridan ko’p bo’lgan
holda porshen-tsilindr guruhini holatini, porshenni siqish takti boshida sizish miqdorini o’lchash yo’li
bilan aniqlanadi.
4.1 —rasm. Dvigatelni eshitish joylari.
1-taqsimlash shesternyasi; 2 - klapanlar; 3-porshen
barmoqlari; 4 -taqsimlash vali podshipniklari; 5-o’zak
podshipniklari; 6- ilashish muftasi va maxovik.
Tsilindr-porshen guruhidagi zichlanishni aniqlashda havoni sizib chiqishini 5 -rasmda ko’rsatilgani
bo’yicha jadvaldan aniqlanadi. Foydalanishni osonlashtirish maqsadida bu jadvalda asbob paneli ham
bor. Zichsizlashgan joylardan sizib chiqayotgan havoni aniqlashda butomlar jamlanmasidagi
indikatordan foydalaniladi yoki eshitib kur.iladi
Porshenni siqish takti boshiga o’rnatish uchun asbobni dvigatelga o’rnatilgan shtutseridan
ajrating, dvigatelni tormozdan bo’shating va uzatmani ajrating. Tirsakli valni dasta bilan
aylantirib, uzgich valiga o’rnatilgan strelkani ohirini shkaladagi belgi
qarshisiga keltiring va
dvigatelni yana tormozlang. So’ngra yana asbobni shtutserga ulang.
Bunda tsilindrni holati porshenni siqish takti ohiridagi- U
2
va siqish takti boshidagi- U
1
sizib
chikayotgan havopi miqdori farqi bilan harakterlanadi. Agar U
2
miqdoridan U
1
kam bo’lsa sizib
chikayotgan havoning sababchisi tsilindrlarning eyilishidir.
Porshenni siqish takti boshidagi holatidagi havoning sizib chiqishi bo’yicha porshen
halqasi va klapanlarni holatini baholash mumkin. Havo sizib chiqayotgan joyni aniqroq bilish uchun
dvigatel tsilindrlariga kuchaytirilgan bosimda havo yuboriladi. Buning uchun dvigateldan asbobni
havo magistralini uzib qo’yiladi. Bosim vinteli yordamida havo magistralidagi bosimni 0,45
MPa ga
o’rnating va havo magistrali ichagini uzilgan holda dvigatelni shtutseriga ulang.
Kuchaytirilgan havo bosimi natijasida har xil zichlangan joylardan xavoni sizib chiqishi yaqqol
173
eshitiladi. Agar porshen halqalari yaroqsiz bo’lsa, sizib chiqayotgan havo shovqini moy quyish
buynidan yaqqol eshitilib turadi. Agar klapanlar nosoz bo’lsa, yondirish shami o’rniga o’rnatilgan
indikatorda havoni sizib chiqishi tebranishini kuzatish mumkin.
Agar asbobni ko’rsatkichi bir xil bo’lmasa, yahni porshenni bir xil holatida ikki marta o’lchanganda
har xil bo’lganda, havoni sizib chiqayotgan miqdori ko’p bo’lsa, bu dvigatelni quyidagi
nosozliklarini ko’rsatadi:
-klapanlarni osilib qolishi, bunda qaysi tsilindrda nosozlik bo’lsa shu tsilindrda yondirish
shami o’rni teshigidan qattiq
shovqin eshitiladi;
-halqalarni kuyishi va sinishi, bunda moy quyish bo’yni orqali qattiq
shovqin eshitiladi;
-blok kallagi qistirmasini kuyishi, bunda blok va kallak orasida yoki radiatorni quyish
bo’ynida hamda havodan qattiq shovqin eshitiladi;
-qolgan tsilindrlarni texnik holatini yuqorida ko’rsatilgandek aniqlash mumkin. Bunda
porshenni siqish takti boshida va ohirida shkala strelkasi bo’yicha tsilindrlarning ish tartibi
o’rnatiladi.