164
6-ilova
Texnologik jihozlarni davlat texnik
nazoratidan o’tkazish
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish QOIDALARI O’zbekiston Respublikasi
Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi boshli’gining 2009 yil 9 sentabrdagi 172-son buyru’gining 1-ilovasiga
asosan avtotransport korxonalarida foydalaniladigan texnika qurilmalarining ba’zi turlari:
1. 0,07 MPa dan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera
bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan jihozlar (qozonlar, bosim ostida
ishlaydigan idishlar, bu’g quvurlari), isitish uskunalari, issiqlik punktlari va issiqlik tarmoqlari
jihozlari, yuqorida nomlari keltirilgan jihozlarni foydalanishda ishlatiladigan avariyaga qarshi
himoya, signalizatsiya va nazorat vositalari, asboblari va tizimlari;
2. Ko’tarish inshootlari (yuk ko’tarish kranlari, osma po’lat arqon yo’llari, ko’tarma
platformalar, yukni tutib turuvchi yechiladigan qismlar va moslamalar, maxsus ishlarni bajaradigan
uskunalar, mashinalar va agregatlar);
3. Suyuqlik va vakuumda ishlaydigan nasoslar, nasos agregatlari, havo va gazda ishlaydigan
kompressorlar hamda kompressor agregatlari;
4. Texnologik jihozlar uchun metall konstruksiyalar, suyagichlar va himoya qoplamalari;
5. Gaz bilan ta’minlash (gazni taqsimlash va gazni iste’mol qilish) tizimi jihozlari va texnika
qurilmalari (jumladan: qozonlar, texnologik liniyalar va agregatlarning gaz jihozlari, si’gimli va
oqib o’tkazuvchi suv isitgichlarning gaz gorelkali qurilmalari, polietilen gaz quvurlarini
payvandlash uchun jihozlar va boshqa jihozlar);
6. Xavfli moddalar uchun maxsus mo’ljallangan si’gim (sisterna)lar va konteynerlar hamda
idish (ballon)lar;
7. Xavfli yuklarni tashish (transportirovka qilish) uchun jihozlar.