• 4. Jihozlar va asbob uskunalar
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet149/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,46 Mb.
    #237153
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   207
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    3. Ishning mazmuni
    1. Yonilg’i bilan ta’minnlash tizimidagi asboblarni ko’rikdan o’tkazish.
    2. Forsunkalarni tekshirish, sozlash va sinab ko’rish (Purkagichning gidravlik-zichligini
    aniqlash, yonilg’ini sachratib berish sifatini hamda unumdorligini tekshirish).
    3. Yonilg’i haydash nasosini tekshirish va sinab ko’rish.
    4. Yuqori bosimli yonilg’i nasosining ishlashini tekshirish, sozlash va sinash ishlarini
    bajarish.
    4. Jihozlar va asbob uskunalar
    Yonilg’i asboblarini tekshirishi uchun SDTA-2 yoki KI-921M stendi, Forsunkalar KP-
    1609A asbobi, Avtochilangar asboblari majmui, YaMZ-238 va KamAZ dvigatellarini
    ta’minnlash tizimidagi asboblar.
    Jihozning qisqacha ishlash tasnifi
    SDTA-2 stendi avtotraktor dizellarining yonilg’i apparaturasini (YuBYoN) sinash uchun
    mo’ljallangan bo’lib, unda quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
    1. 8 ta sektsiyagacha bo’lgan YuBYoNlarni sinash — tekshirish.
    2.. Sozlagichni yonilg’i uzatishning boshlanishi va to’la to’xtatishga rostlash — sozlash.
    3. YuBYoN ni quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha sinash va sozlash:
    - haydash klapanining ochilish bosimi;
    - yonilg’i berish boshlangandagi burchak;
    - yonilg’ini sachratib berish burchagi;


    182
    - nasos sektsiyalarining unumdorligi.
    4. Forsunkalarning (o’tkazish qobiliyatini) ish unumdorligini sinash.
    5. Yonilg’i haydash nasosini ish unumdorligiga va eng yuqori bosimga sinash.
    6. Yonilg’i fil trlarining zichligini va o’tkazuvchanligini sinash.
    Jihoz past bosimli yonilg’i uzatish, yuqori bosimli yonilg’i uzatish tizimlaridan, jihoz
    nasosidan, hisoblashni qayd etish va elektr qurilmalaridan tashkil topgan. Past bosimli nasos
    bosimini manometr (4), sachratilayotgan yonilg’i hajmini menzurkalar (16) yordamida aniqlanadi.
    Elektrotaxometr (7) esa jihozdagi valning aylanishlar sonini dastak (9) yordamida, yumaloq shkala
    bo’yicha ko’rsatadi. Stroboskop qurilmasi (10), yonilg’ini uzatish burchaklarini aniqlash uchun xizmat
    qiladi. U harakatlanuvchi derazali tiniq belgili diskdan, datchiklardan, impulsli stroboskopik lampa va
    komanda apparatlaridan tuzilgan.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   207




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish