-Mavzu: Dizel dvigatellarini ta’minnot tizimini diagnostikalash, texnik xizmat




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/201
Sana20.12.2023
Hajmi6,46 Mb.
#125447
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   201
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

2.2-Mavzu: Dizel dvigatellarini ta’minnot tizimini diagnostikalash, texnik xizmat
ko’rsatish va jiriy ta’mirlash texnologiyasi
1. Ishdan maqsad
Dizel dvigatellarining yonilg’i uskunalarida uchraydigan asosiy nosozliklarni
aniqlash, ularni stend yordamida diagnostikalash va sozlash. (STDA-2, KP- 1609A)
2. Umumiy ma’lumotlar
Tajriba shuni ko’rsatadiki, dizel dvigatellarida uchraydigan nosozliklarning yarmidan
ko’pi yonilg’i bilan ta’minnlash tizimiga to’g’ri keladi. Buning asosiy sababi O’zbekistan
hududida ishlatiladigan dizel yonilg’ilarning yuqori darajada ifloslanganligidir (30 g/t dan


181
370 g/t gacha). DAST 4749-73 bo’yicha yonilg’ida mexanik aralashmalar umuman bo’lmasligi
kerak. Mahlumki, dizel dvigatellarining yuqori bosimli yonilg’i apparaturasidagi plunjerli
juftlar 1,5-4,5 mkm tirqish bilan tayyorlangan bo’ladi. Shuning uchun yonilg’idagi mexanik
aralashmalar o’lchami bu miqdordan bir oz katta bo’lgan taqdirda ham, bu juftliklarni jadal
yoyilishiga olib keladi.
Ekspluatatsiya davrida toza yonilg’idan foydalanilsa, ta’minnlash tizimidagi asboblarning
ishlash resursi anchaga uzayadi. Shuning uchun avtomobillar bakiga doim toza yonilg’i quyish
kerak, quyishdan oldin yonilg’i filg’trlanishi yoki iloji boricha tindirilishi (7 sutkadan
ko’p vaqt) kerak. Avtomobillarga mavsumiy xizmat ko’rsatishda yonilg’i baklari qoldiq
ifloslardan tozalanishi kerak. Dag’al va mayin filg’trlarni doim nazorat qilib turish kerak.
Agarda ularni diagnostikalash uchun asbob bo’lmasa, filg’trlarni navbatdagi 2-TXKda
almashtirish zarur.
Dizel dvigatellarining yonilg’i bilan ta’minnlash tizimini chuqur diagnostikalash
ishlariga quyidagilar kiradi: yonilg’i haydash nasosini, yuqori bo simli naso s va
fo rsunkalarni, t iz im z ic hla b biriktirilganligini, yonilg’i va havo filg’trlari holatini
tekshirish va hokazolar.
Dizel dvigateuining ta’minnlash tizimidagi agregat va uzellarni diagnostikalashning
struktura chizmasidan ( 1 - rasm), diagnostikalash alomatlari, ularning texnik holatini aniqlanishi
ko’rinib turibdi.
Dizel dvigatellarining yonilg’i bilan ta’minng’ash tizimi bo’yicha 1-TXK da quyidagi
ishlar bajariladi:
- yonilg’i filtrlardagi qoldiqlardan, iflosliklardan tozalash; - asbob va o’tkazgichlarning
germetik zich biriktirilganligini tekshirish;
- yonilg’i bilan ta’minnlash mexanizmlarining ishlashini tekshirish va uning detallarini
moylash;
- havo filtrini yuvib tozalash.
2-TXK da esa bu ishlar bilan birga quyidagi ishlarni bajarish zarur bo’ladi:
dag’al va mayin filtr elementlarini yangilash;
forsunkaning yonilg’ini sachratish bosimini tekshirish zarur bo’lsa sozlash rostlash ishlarini
bajarish;
yonilg’ini sachratish burchagini tekshiri, zarur bo’lsa sozlash rostlash ishlarini bajarish;
yuqori bosimli yonilg’i nasosining ishlashini jihozda tekshirib ko’rish, zarur bo’lsa sozlash
ishlarini bajarish.

Download 6,46 Mb.
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   201




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Dizel dvigatellarini ta’minnot tizimini diagnostikalash, texnik xizmat

Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish