Касбий психология




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/201
Sana20.12.2023
Hajmi6,46 Mb.
#125447
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   201
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

5. Ishni bajarish tartibi.
Tajriba ATKda bajariladi
1. Forsunkani sinash va sozlash.
Forsunka ta’mirlangandan keyin qismlarga ajratilgan holda KP-1609A asbobi yordamida
tekshiriladi. (2-rasm) Asbob cho’yan korpusli bo’lib, unga KDM-100 dvigatelidagi nasosni haydash
klapani bilan plunjerli juft o’rnatilgan.
4.1 - rasm. KP - 1609 A asbobi
Plunjer dastak (7) orqali harakatga keltiriladi. Yonilg’i idishdan (4) filtr va o’tkazgichlar (8)
orqali korpus va plunjerli juftni gilzasiga utadi. Nasos yonilg’i haydab, ichki kanal orqali yuqoriga
manometrdan (5) shtutser (3) orqali sinalayotgan forsunkaga (2) uzatadi.
Forsunkani sinashda quyidagi parametrlar tekshiriladi: Purkagichning gidravlik zichligi va
yonilg’ini sachratib berish sifati, sachratish bosimini nazorat qilish, zarur bo’lsa uni sozlash-rostlash va
ish unumdorligini tekshirish lozim (SDTA-2 jihozida bajariladi). Asbob idishiga dizel yonilg’isi
quyiladi, forsunkani asbobga o’rnatib, zichlab qotiriladi, forsunkaning vintini burab 30 MPa
bosimga rostlanadi. Bu amaldan keyin forsunka va purkagich toza latta bilan quruq bo’lgunicha artiladi.
Manometr (5) bo’yicha 30 MPa bosim hosil qilinib, purkagich kuzatiladi, shu holda
purkagichni uchki qismi ho’llanmasligi va yonilg’i tomchilamasligi kerak. Yonilg’ini sachratmagan
holda forsunkadagi bosim pasayishini kuzatamiz. Manometr (5) bo’yicha 30 MPa bosim hosil qilib,
purgagich kuzatiladi, shu holda purgagichni uchki qismi ho’llanmasligi va yonilg’i tomchilamasligi
kerak. Yonilg’ini sachratmagan holda forsunkadagi bosimni pasayishini kuzatamiz. Monometr (5)
strelkasi 28 MPa ni ko’rsatishi bilan sekundomerni ishga tushiramiz. Bosim strelkasi 23 MPa ga
kelishi bilan sekundomerni to’xtatamiz. Vaqt 5 soniyadan kam bo’lmasligi kerak, aks holda
purgagichning uch joyidan birida yo’naltiruvchi yoki berkituvchi qismida, purkagich korpusi va
forsunka korpusi birikmasi oralig’idan zichlik ta’minnlanmagan bo’ladi.
Agar yo’naltiruvchi yoki biriktiruvchi qismida zichlik bo’lmasa purkagichning uchi namlanadi.
Aks holda forsunkaning drenaj teshigidan yonilg’i tomadi. Sinov talabiga javob bermagan forsunkani
ta’mirlashga jo’natiladi. Forsunkaning zichligi tekshirilgandan keyin uni ishchi (1,75±0,5 MPa)
bosimga sozlash-rostlash kerak. Undan keyin sachratish sifati tekshiriladi, buning uchun asbob dastagini
har daqiqada 60-80 marta tebratib, normal bosimda kuzatiladi.


183
Sachratish sifati quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha aniqlanadi:
- sachratis mayinligi-forsunka yonilg’ini mayda-mayda qilib, tuman ko’rinishida sachratib berish
lozim;
- sachratilayotgan dasta ko’ndalang kesim bo’yicha bir me’yorda bo’lishi, ayrim tomchilar va bahzi
qalinlashuvlar bo’lmasligi lozim;
- sachratish burchagi: sachralayottan yonilg’i dastasi konus shaklida
- bo’lib, uni yuqoridagi burchagi 75 gradus bo’lishi kerak. Bu burchakni bilvosita fil trlovchi
qog’ozga tushirilgan diametridan bo’lsa bo’ladi;
- yonilg’i konusi yo’nalishi purkagich o’qi chizig’i bilan 3-5 foiz aniqlikkacha mos tushishi kerak;
- yonilg’i sachratish tugagandan keyin, forsunkaning uchi quruq bo’lishi kerak, yoki ozgina namlanishi
mumkin (lekin tomchilamasligi kerak);
- sachratish jarayoni o’ziga xos harakterli tovush bilan o’tadi va u keskin to’xtashi lozim.

Download 6,46 Mb.
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   201




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish