• II. Ish mazmuni
  • III. Ishchi postidagi jihozlar
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet150/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    2,3-TAJRIBA IShI
    Mavzu: Gaz ballonli avtomobillarni gaz taminot tizimiga texnik xizmat ko’rsatish
    texnologiyasi
    1. Ishdan maqsad
    Gaz ballonli avtomobillarni gaz taminot tizimidagi (GTT) priborlarni diagnostikalash va
    ularga texnik xizmat ko’rsatish ishlarini bajarish bo’yicha ko’nikmalarini hosil qilish.
    II. Ish mazmuni
    1. Avtomobillarni GTTini konstruktiv jihozlarini o’rganish.
    2. Siqilgan va suyultirilgan gazlarda ishlaydigan GTT dagi asosiy qurilmalarni tuzilishi va
    ularni ishlash prinstiplarini o’zlashtirib olish.
    3. Avtomobillarni gaz apparaturasini tekshirish - sinash va sozlash tartibini o’rganish.
    4. Gaz ballonlarni shahodatlash (osvidetelstvovanie) tartibi bilan tanishish.
    III. Ishchi postidagi jihozlar
    1. To’la komplektli Zil 138A eki Gaz 53-07 rusumli gaz ballonli avtomobil.
    2. Asboblar komplekti.
    3. Sozlash uchun maxsus asboblar.
    4. Shtangenstirkul, pezometr.
    IV. Umumiy malumotlar
    Avtomobil dvigatellari uchun gazsimon yonilg’i, siqilgan yoki suyultirilgan holatlarda
    ishlatiladi. Metan 20 MPa bosimfgacha siqiladi va qalin devorli ballonlarda saqlanadi. Etan, propan
    va butan 1,6 MPa bosimda suyuq holatga o’tadi va ular ham shu ko’rinishda ballonlarda saqlanadi.
    Gaz-havo aralashmasining detonatsiyaga turg’unligi, benzin-havo aralashmasiga qaraganda
    yuqori bo’ladi. Bu esa dvigatelning siqish darajasini oshirish va iqtisodiy ko’rsatkichlarini
    yaxshilashga imkon beradi. Gazli dvigatellarda aralashma deyarli to’liq yonadi va ishlatilgan
    gazlarning zaharliligi ancha past bo’lganligidan atrof-muhit kam zararlanadi.
    Gazlarning qo’llanilishi porshen va gilza devorlaridan moy par-dasini yuvilib ketishiga
    barham beradi, yonish kameralarida qurum hosil bo’lishini kamaytiradi, benzin bug’lari
    bo’lmaganligi uchun stilindr gilzalarining devorlaridagi moy kuyib ketmaydi, natijada dvigatelni
    ishlash muddati va moy almashtirish davri 1,5-2 martaga uzayadi.
    Biroq, gaz ballonli avtomobillarda ta’minnlash tizimi murakkab, yong’in va portlash
    xavfsizligiga qo’yiladigan talablar esa yuqori bo’ladi. Gaz havo bilan aralashganda benzinga
    nisbatan ko’p hajmni egallagani uchun gazli dvigatellarning quvvati karbyuratorli dvigatelga
    qaraganda 10-20 foiz kam bo’ladi. Gaz ballonli uskunalarning katta vazni tufayli avtomobil
    o’zining yuk ko’taruvchanlik imkoniyatining bir qismini yo’qotadi.
    Siqilgan yoki suyultirilgan gazlarda ishlovchi dvigatellar, asosan, karbyuratorli dvigatellar
    bazasida yaratiladi. Buning uchun karbyuratorli dvigatel maxsus gaz apparatlari va ballonlari bilan
    jihozlanadi. Shu bilan birga benzinda ishlash qobiliyatini ham saqlaydi. Bu holatda oktanlar soni
    100 birlikdan yuqori bo’lgan gazlarning detonastiyaga turg’unligini yuqoriligidan unumli darajada
    foydalanilmaydi, chunki dvigatelning siqish darajasi, gazga qaraganda ancha oz bo’lgan, benzindagi
    oktanlar soniga muvofiq tanlanadi.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish