Suyultirilgan gazda ishlaydigan gaz ballonli uskuna




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/201
Sana20.12.2023
Hajmi6,46 Mb.
#125447
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   201
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

Suyultirilgan gazda ishlaydigan gaz ballonli uskuna. Ballondan (5) suyultirilgan gaz (2-
chizma) sarflash ventili (19), magistral ventil (6) va gaz o’tkazgich (17) orqali dvigatelning sovitish
tizimidagi suyuqlik bilan isitiladigan bug’latgichga (16) kirib keladi. So’ngra gaz filtrdan (11) o’tib
reduktorga (12) keladi. Bu erda uning bosimi deyarli atmosfera bosimigacha kamayadi. Tizim ishini
nazorat qilish manometrlar (7) (ballondagi bosim) (8) (reduktordagi bosim) yordamida amalga
oshiriladi.
Dvigatelni yurgazish va qizdirish, gazning bug’li fazasida amalga oshiriladi. Buning uchun
bug’ (18) va magistral (6) ventillari ochiladi. Dvigatelni qisqa vaqtga to’xtatish, o’t oldirish


187
tarmog’ini o’chirish bilan amalga oshiriladi, 1-2 soatga to’xtaganda magistral ventil berkitiladi.
Ballon (5) tubida saqlagich klapan (2) (1,68 MPa da ochiladi), teskari klapani bo’lgan to’ldirish
ventili, ballonni maksimal to’lishni belgilovchi ventil va suyultirilgan gaz sathi datchigi joylashgan.
Ballonni to’ldirish uchun ventildan (4) foydalaniladi. Gazning qizishi natijasida ballon
yorilib ketmasligi uchun uning 90 foiz hajmi to’ldiriladi, holos. Suyuq gaz sathi to’ldirilayotgan
paytda sathni ventil ko’rsatkichi (1) trubkasi yordamida nazorat qilinadi. Haydovchi gaz miqdorini
ko’rsatkich (3) yordamida kuzatish bilan nazorat qiladi. Gaz ballonli uskunalarga yonilg’i quyish
faqatgina gaz to’ldiruvchi shohobchalarda, dvigatel ishlamay turgan paytda ruxsat etiladi.
Ballonlarga suyultirilgan gaz quyayotganda muzlashdan ehtiyot bo’lish kerak. Gaz qurilmalari
nosoz bo’lgan va gaz chiqib turgan gaz ballonli avtomobillarni ishlatish taqiqlanadi. Agar gaz
chiqishini bartaraf etib bo’lmasa, u holda uni (odamlar va olov manbalaridan olisda) atmosferaga
chiqarib yuboriladi.
Gaz ballonli avtomobillarni boshqarishga va ularga xizmat ko’rsa-tishga, maxsus
tayyorgarlikdan o’tgan, texminimum hamda xavfsizlik texnikasidan imtihon topshirgan shaxslar
qo’yiladi.

Download 6,46 Mb.
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   201




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suyultirilgan gazda ishlaydigan gaz ballonli uskuna

Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish