198
Ishlab chiqarilgan yili ________________________
1.Tashqi nazorat natijalari:
2.Ilashish muftasi birikmasining shakli va tavsifi
3.Ilashish muftasi bo’yicha aniqlangan ko’rsatkichlar
№
Ko’rsatkichlar
Me’yoriy
qiymat
Sozlashdan
avval
Sozlashdan
so’ng
1 Bachokdagi suyuqlik sathi
2 Ilashish muftasi tepkisining to’liq
yurish yo’li, mm
3 Ilashish muftasi tepkisining erkin
yurish yo’li, mm
Xulosa:
6-TAJRIBA IShI
Mavzu: Tormoz tizimini diagnostikalash va sozlash ishlari texnologiyasi
1. Ishdan maqsad:
Gidravlik va pnevmatik tormoz tizimlariga texnik xizmat ko’rsatish texnologiyasi bilan
tanishishdan iborat.
2. Ishning mazmuni:
Lobaratoriya ishi kafedra laboratoriya bazasida yoki ilg’or ATK larning birida o’tkaziladi va bu
ishda talabalar gidravlik hamda pnevmatik tormoz tizimlarini nazorat qilish, ularga TXK va
ta’mirlash ishlari bo’yicha ko’nikma hosil qiladilar.
3. Jihozlar va asboblar:
Ish Neksiya, VAZ, Zil-MMZ-555 va KamAZ avtomobillarida bajariladi, hamda quyidagi
asbob va uskunalardan foydalaniladi:
1.Ko’rish chuqurchasi
2.Rezinali shlang
3.Kalitlar majmui va buragichlar
4.Sovunli suv solingan banka
5.Chizg’ich
6.Shisha banka va tormoz suyuqligi
7.Yassi shuplar majmui.
4.Ishni bajarish tartibi:
Laboratoriya mashg’ulotida tormoz tizimi bo’yicha quyidagi ishlar bajariladi:
a) gidravlik tormoz tizimi bo’yicha:
1. Tormoz tizimini nazorat qilib chiqish.
2. Tormoz tepkIIning to’liq yo’lini tekshirish va sozlash.
3. Tizimdan havoni chiqarish.
4. Qo’l tormozini tekshirish va sozlash.