200
ettiriladi. Operastiya vaqtida vaqti-vaqti bilan sig’imdagi tormoz suyuqligi sathi tekshirilib va
me’yoriga keltirib turiladi. Nihoyat klapan qotirilib, shlanga echib olinadi. Shu havo chiqarish
ketma-ketligi eng uzoq nuqtadan yaqin nuqtagacha bosqichma-bosqich bajariladi. GMO’z engil
avtomobillarida esa havo chiqarish ketma ketligi orqa g’ildirakdan boshlab diagnal bo’yicha amalga
oshiriladi (orqa chap-oldingi o’ng, orqa o’ng-oldingi chap).
5. Qo’l tormozini tekshirish va sozlash.
Orqa kolodka qoplamalarining edirilishi, trossning cho’zilishi, qo’l tormozi ushlagichi yo’lini
ko’payib ketishiga olib keladi. Orqa g’ildiraklarning to’liq tormozlanishi ushlagichni 2
/3 to’liq yo’li
bo’yicha 400 N kuch bilan tortganda amalga oshadi. Uni sozlash uchun ushlagich ostiga ulangan
kolodkalarni tortish trossi uzunligini kamaytirish lozim.