Касбий психология




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/201
Sana20.12.2023
Hajmi6,46 Mb.
#125447
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   201
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

4-TAJRIBA IShI
Mavzu: Elektr jihozlarini diagnostikalash va sozlash ishlari texnologiyasi.
1. Ishdan maqsad.
Avtomobil elektr jihozlari tizimi bilan hamda uni diagnostikalash va sozlash ishlari


194
texnoligiyasi bilan tanishishdan iborat.
2. Ishning mazmuni
Laboratoriya ishi kafedra laboratoriya bazasida yoki ilg’or ATK larning birida o’tkaziladi.
Talabalar bu ishda avtomobil yoritgichlarini ekran va NIIAT E-6 asbobi yordamida sozlash,
uzgich-taqsimlagich kontakti tirqishini tekshirish va sozlash, dvigatelga o’t oldirish momentini
o’rnatish va o’t oldirish momentini sinash ishlari bo’yicha ko’nikma hosil qiladilar.
3. Jihozlar va asboblar.
1. VAZ va Neksiya avtomobillari.
2. Yoritgichlarni sozlash ekrani.
3. NIIAT E-6 asbobi.
4. Stroboskop.
5. Buragich.
6. Yassi shuplar.
4. Ishni bajarish tartibi:
4.1. Elektr jihozlarini nazorat yo’li bilan tekshirish.
4.2. Yoritgichni ekran yordamida sozlash.
4.3. NIIAT E-6 asbobi yordamida yoritgichni sozlash.
4.4. Uzgich-taqsimlagich kontakti tirqishini sozlash.
4.5. Dvigatelning o’t oldirish momentini o’rnatish.
4.6.. O’t oldirish momentini sinash.
5. Umumiy ma’lumotlar:
Avtomobillarni ekspluatastiya qilish jarayonida elektr jihozlari bo’yicha nosozliklarning
asosiy qismi o’t oldirish tizimi agregatlariga: akkumulyator batareyasi, generator, starter, yoritish va
ogohlantish jihozlari hamda tekshiruv nazorat asboblarini ishdan chiqishiga yoki meyoriy talablarga
javob bermay qolishiga to’g’ri keladi.
Yuqorida keltirilgan jihozlar va asboblarningn
eng asosiylaridan yoritgichlar va o’t oldirish tizimi
agregatlari bo’lganligi uchun quyida ularga TXK ishlar
to’g’risida so’z yuritiladi.
Yoritish va ogohlantirish asboblarining asosiy
nosozliklari saqlagich-larni, lampochkalarni kuyishi va
qisqa tutashishi bo’lishi mumkin. Ishlash jarayonida
yoritgichlarning me’yoriy ko’rsatkichlardan og’ishi sodir
bo’ladi. Yoritgichlar yaqin masofada 30 m, uzoq
masofada 100 m. yorug’likni ta’minnlashi kerak.
Yoritgichlarni maxsus postlarda, ekran yoki jihozlar
yordamida (NIIAT E-6) sozlash ishlarini bajarish
mumkin.
1. Farani ekran yordamida sozlash.Buning uchun shinalarining ichki bosimi me’yorida
bo’lgan va yuksiz avtomobil teks gorizantal maydonchada devordan yoki vertikal ekrandan 10 m
masofaga qo’yiladi. Ekranda B-B chiziq fara markazining erdan balandligi. V-V fara markazidan
300 mm (150 mm engil avtomobillar uchun) past-dan o’tkazilgan chiziq. A-ikki fara markazi
orasidagi masofa. Farani sozlash uchun yaqin yoritgich yoqiladi va paydo bo’lgan shuhlani
yoritilgan va qorong’u uchastkalarining gori-zontal chegaralovchisi V-V chiziq-da yotishini
ta’minnlash uchun vertikal sozlovchi vint buraladi. Ikkala faraning 15
° ga bukilgan chegaralovchi
chiziqlarifaralar markazi bo’lgan R nuqtalarda yotishi gorzantal sozlovchi vint yordamida
ta’minnlanadi. Bunday sozlash uzoq yoritgichning yoruqlik nurlarini to’g’i yoritishini ta’minnlaydi.
2. NIIAT E-6 va PRAF-2 asboblari yordamida yoritgichni sozlash.
Buning uchun avtomobilning gorizontal turish holatiga asbob sozlanadi. Undan so’ng
yoritgich yoqilib ekranda hosil bo’lgan ellipis markazi, ekran markazi bilan bir nuqtaga keltiriladi,
yahni yoritgich sozlanadi.


195
NIIAT-E-6 asbobining tuzilishi: 1-linza, 2-oynak, 3-shayton, 4-ekran, 5-asos, 6-maxkamlagich, 7-
ko’ndalang shtanga, 8-yo’naltiruvchi, 9-yoritgich, 10-ushlagich.
A)
B)
A-farani tekshiruvchi PRAF-2 asbobi; 1-
optik kamera, 2-to’g’ri burchakli prizma,
3-buraluvchi o’q.
B-Optik kamera shakli; 1-linza, 2-
fotoelement, 3-milliampermetr, 4-ekran.
3. Elektr jihozlarini nazorat yo’li bilan tekshirish.
Bunda avtomobilning barcha yoritgichlarlarining lampochkalari kuymaganligi tekshiriladi.
Yonmayotgan lampochkalar almashtiriladi. Nosozliklari aniqlanadi.
4. Uzgich-taqsimlagich kontakti tirqishini sozlash.
Tirqish kengligi yassi shup yordamida aniqlanadi. Agar me’yoridan kam yoki ko’p bo’lsa,
qotirish bolti bo’shatilib, sozlash bolti yordamida tirqish me’yoriga keltiriladi.
5. Dvigatelning o’t oldirish momentini o’rnatish.
Agarda dvigatelni ishga tushirish qiyinlashsa, notekis ishlasa, tezlikni oshirish vaqtida
chiqarish trubasidan yoki havo tozalagichdan kuchli shovqin
chiqsa o’t oldirish momentini qayta o’rnatish zarur. Buning
uchun birinchi stilindr svechasi echiladi, uning o’rniga hushtak
yoki tiqin qo’yilib, siqish taktiga keltiriladi. Porshenni siqish
taktida yuqori nuqtaga kelishi uchun shkIV (A) va blok (B)
belgilari to’g’ri kelishi kerak. Svecha joyiga qo’yilib, birinchi
stilindrda o’t olish takti aniqlangan holda, keyingi svechalar
stilindrlarning ish tartibi bo’yicha ulanadi.
6. O’t oldirish momentini sinash.
O’t oldirish momenti o’rnatilgan dvigatel ishga tushiriladi va kerakli haroratga erishgach
stroboskop yordamida yoki avtomobil harakatlanayotganda sinash ishlari bajariladi.
DA-3100 turdagi benzinda ishlovchi dvigatellarning o’t oldirish
tizimini nazorat qiluvchi raqamli stroboskop.

Download 6,46 Mb.
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   201




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish