|
Касбий психология Pdf ko'rish
|
bet | 154/201 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 6,46 Mb. | | #125447 |
Bog'liq avtomabillar texnik ekspluatasiyasi5. Ishni bajarish tartibi
5.1. GBA dagi ta’minnot tizimining germetikligini tekshirish
GBA larga texnik xizmat ko’rsatish ishlaridan eng asosiy operastiyalardan biri ta’minnot
tizimini ichki va tashqi zichligini tekshirishdir. Bosimda ishlaydigan tizimni tashqi zichligini
tekshirishni eng ko’p qo’llaniladigan usuli ko’pikli aralashma bilan birikmalarni surkab aniqlash
usulidir (suvli ko’pik). Tashqarida sovuq harorat bo’lsa bu ko’pikka osh tuzi yahni xlorlangan natriy
yoki xlorlangan kalstiy qo’shiladi.
Tizimdagi tekshiriladigan birikmalar yoki uchastkalar changlardan tozalanib cho’tka
yordamida u erga ko’pik aralashmasi surtiladi. Tekshirilayotgan birikmalar 2 marta ko’zdan
kechiriladi: ko’pik surtish paytida va ko’pikni surtib bo’lgandan keyin, chunki kichik, mayda
nozichliklar bor joyda mayda ko’pikchalar hosil bo’ladi (yig’iladi). Buni esa faqat qaytalab ko’zdan
kechirganda aniqlash mumkin. Jihozlarni zich biriktirilmaganligi nozichlik koeffistienti bilan
baholanadi. Bu ko’rsatkich vaqt birligida jihozdagi bosimni pasayishini aniqlaydi. 1-jadvalda
nozichlik koeffistientining chegaraviy qiymatlari hamda mos ravishda gaz ta’minnot tizimini havo
yordamida zichligini sinashda ruxsat etilgan bosimni pasayish qiymatlari keltirilgan.
1-jadval
Ko’rsatkichlar
ZIL - 138
ZIL MMZ 45023
GAZ-5307
Nozichlik koeffistienti
0,010
0,013
0.008
Bosimni ruhsat etilgan pasayishi, R,
MPa/soat
0,016
0,02
0,013
Avtomobilni gaz ta’minnot tizimining zichligi havo yoki azot gazlari, yahni zaharsiz va
yonuvchan bo’lmagan gazlar bilan tekshiriladi.
Avtomobil lonjeroniga joylashgan maxsus uchlama (troynik) shtusteri orqali tizimga 1,6
MPa bosimda havo yuboriladi. Agarda 15 minut davomida gaz ta’minnot tizimidagi havo bosimi
0,01 MPa dan kam miqdorda pasaysa tizim germetik hisoblanadi.
|
| |