207
Qizdiruvchi element keramik asosli, uning chuqurchalarida diametri 0,5 mm nixrom simidan
yasalgan ochiq spiral joylashgan. Cho’yan asosan issiqlikni qizdiruvchi elementdan ishchi yuzaga
uzatishga hizmatqiladi. Vulkanizator termoelementi 143
±5°S haroratga mo’ljallangan bo’ladi. Jihoz
ishga tushgandan 40 min o’tib ishlatishga tayyor bo’ladi.
V)Engil avtomobil g’ildiraklarini muvozanatlashga mo’ljallangan AMR-4 jihozi.
Bu jihoz g’ildirak diskining diametri 10...18 dyuymli, og’irligi 35 kg gacha bo’lgan engil
avtomobil g’ildiraklarini muvozanatlashga moslashgan. Dinamik muvozanatsizlikni aniqlash uchun
dastgoh o’qiga g’ildirak biriktiriladi va ozgina erkin siljish imkoniyatiga ega bo’lgan suyanchiqqa
o’rnatiladi, bu esa o’q tebranishiga sharoit yaratadi, o’qning tebranishi tizimlar orqali indukstion
datchikka uzatiladi.
ARM-2 markali g’ildiraklarni avtomobildan
echib muvozanatlash jihozi: 1-dvigatelni
yurgizish pulni; 2-muvozanatlash yuzalarini
almashtirish dastasi; 3-muvozanatlanuvchi
g’ildirak
EWK-15 markali g’ildiraklarni avtomobildan
echmasdan muvozanatlash jihozi
U o’z navbatida tebranishlarni elektr impulsiga aylantiradi va elektron hisoblash blokidagi
o’lchash asbobiga uzatadi. Bu asbob impuls uzunligiga qarab, muvozanatsizlik og’irligini grammda
ko’rsatadi. G’ildirak muvozanatsizlik massasining holati stroboskopik lampa va graduslarga
bo’lingan gardish yordamida aniqlanadi.
G’ildiraklarni avtomobildan echmasdan turib EWK-15 jihozida muvozanatlash xam mumkin.
Shakli keltirilgan g’ildiraklarni muvozanatlashga mo’ljallangan SWB-1762 markali jihoz SAN
firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lib, u avtomobilning o’zida g’ildiraklarni muvozanatlashga
mo’ljallangan.