215
yordamida keltiriladi.
e) So’ngra "Kalibr" tugmasi qayta bosiladi, yahni o’chiriladi.
Dvigateldagi sovutish suyuqligining harorati 85-95
°S ga etgach, avtomobilning ovoz
so’ndirgichi quvuriga gaz oluvchi zond qo’yiladi "Nasos" tugmachasi bosiladi va asbob strelkasi
ko’rsatgan qiymati yozib olinadi. Zond ovoz so’ndirgichdan
olinib gazoanalizator orqali
atmosferadagi havo 5 minut davomida haydaladi. "Nasos" tugmasi bosib o’chiriladi va asbobni
elektr manbaaidan ajratiladi.
Asbob avtomobildan chiqayotgan gaz tarkibidagi SO miqdorini foizda (%) ko’rsatadi.
Boshqarish tugmasi yordamida GAI-1 asbobining o’lchash oralig’ini 0 dan 5% gacha yoki 0 dan
10% gacha sozlash mumkin. Gazoanalizatorni kalibrovkalash har o’lchashdan oldin tavsiya
qilinadi. Bu ishni har 30 minutda eng kamida 1 marta bajarish zarur bo’ladi.
Karbyuratorni chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidining minimal qiymatiga sozlash.
Karbyuratorni sozlash ishlari dvigeteldagi sovutish suyuqligining harorati 85-95
° S ga etganda
bajariladi. Chiqindi gazlar tarkibi gazoanalizator yordamida, tirsakli valning eng past (0,8
·Nnom)
aylanishlar srnida ishlatib qo’yib aniqlanadi. Bir kamerali yoki 2 kamerali (drosellar navbati bilan
ishlaydigan) karbyuratorlarda (K-22, K-126G, K-126N, K-129) sozlash ishlari quyidagi tartibda
bajariladi:
- karbyuratordagi miqdor vinti yordamida dvigatelning aylanishlar chastotasini (taxometr
buyicha) muayyan rejimga o’rnatiladi (avtozavod tavsiyasiga muvoffiq ravishda),
- asta-sekin sifat vintini burab, shu rejimga mos maksimal aylanishlar chastotasi o’rnatiladi,
- SO ni qiymatini me’yoridagidan
kamaytirish, bir necha marta, sifat vinti orqali bajariladi. Har
gal SO miqdori gazoanalizator yordamida aniqlanadi, tirsakli valni aylanish chastotasi esa taxometr
yordamida nazorat qilinadi,
- drasellni ochish orqali tirsakli valning aylanish chastotasi (N
nom
) 2000 ayl
/min -0,8 nom
diapazonda ushlab turiladi,
- aralashmani har gal rostlashdan keyin, miqdor vinti yordamida tirsakli valning aylanish
chastotasi me’yoriga keltiriladi.
Erkin
ishlash rejimida, 2 ta droselli baravar ochiladigan karbyuratorlar (K-88, K-89, K-126B)
quyidagicha sozlanadi:
- tayanch vinti yordamida dvigatelning bir maromda ishlash chastotasi (zavod tavsiyasida
ko’rsatilgandek) o’rnatiladi,
- yonuvchi aralashmani siyraklashtirish avval bitta sekstiyada, sifat vinti yordamida, dvigatel
notekis ishlay boshlanguncha bajariladi,
- chiqindi gazlardagi SO miqdori karbyuratorning 1 va 2-sekstiyasidagi
sifat vintini sekin-asta
burash orqali, me’yoridan oz darajaga keltiriladi,
- drosell to’sma qopqog’ini ochib, tirsakli valning aylanish chastotasi 0,8
·N
nom
ga keltiriladi va
SO miqdori aniqlanadi.
- karbyuratorning ishlashi shunday sozlanadiki, chiqindi gazlardagi SO miqdori me’yoridan
bir oz kam bo’lsin. Buning uchun yonuvchi aralashma 1-kameradagi sifat vinti yordamida tirsakli
valning aylanishi me’yorigacha keltiriladi,
- zarur bo’lsa, yonuvchi aralashma 2-sifat vinti orqali ham sozlanadi,
- chiqindi gazlar miqdorini rostlash tugallangandan keyin, dvigatel aylanishlar sonini o’zgartira
olish qobiliyati drosellni tez yoki asta sekin ochish orqali tekshirib ko’riladi.
«Benzinda ishlovchi dvigatellardan chiqadigan chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli birikmalar
miqdorini aniqlash» mavzusidagi laboratoriya ishi bo’yicha
Hisobot
1.Ishdan maqsad:
II.Ish mazmuni:
III.Jihozlar va asboblar:
-Karbyuratorli dvigatellarning chiqindi gazlari tarkibidagi zaharli birikmalar miqdorini
aniqlash
usullari va ishlatiladigan jihozlar:
-Chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar miqdorini kamaytirish yo’llari: