205
Yaqinlashuv buchagini sozlash yon tortqilarning uzunligini
o’zgartirish bilan bajariladi. Shaklda yaqinlashuv burchagini sozlash
uchun tortqining uzunligini o’zgartirilishi keltirilgan. Buning uchun
3-xomutning 1-gaykasi bo’shatiladi va sozlovchi trubka buragich
yordamida kerakli o’lchamni hosi qilguncha buraladi.
Oldingi ko’prik birikmalarini diagnostikalash va sozlash ishlari 1-TXK, 2-TXK, SXK va JT
davrida bajariladi. Ishlash jarayonida eng ko’p ediriladigan oldingi ko’prik detallaridan shkvoren
va burash mushti vtulkasi hisoblanadi. Diagnostikalash natijalariga ko’ra bu detallar yangisiga yoki
ta’mirlanganiga almashtiriladi.
Zamonaviy oldingi ko’prigi etaklovchi avtomobillarda esa qildiraklarning og’ish va
kronshteynning o’rnatish burchaklari me’yoridan farq qilsa, kronshteyn yangisiga almashtiriladi.
VAZ, Moskvich va shu turdagi avtomobillarda g’ildraklarning og’ish burchaklari pastki
yoki yuqorigi richaglarning tagidagi sozlovchi shaybalarning qalinligini o’zgartirish yo’li bilan
amalga oshiriladi.