96
foydalaniladi:
a) Kompleks-bunda ishchilar o’zlariga biriktirilgan avtosamasvallar bo’yicha hamma
ishlarni bajaradilar.
b) Texnologik-bunda ishchilar birlamchi guruhlarga birlashib, har bir guruh faqat ayrim
ishlarni bajaradilar. (misol: TX, JT, g’ildiraklar bo’yicha ishlar, payvandlash va boshqalar).
v) Texnologik-detallar bo’yicha bunda birlamchi guruhlar ayrim agregat va birikmalar
bo’yicha hamma ishlarni bajaradi. (misol: boshqaruv qism (rul), yonilg’i taminlash qismi...).
Kompleks ish tashkil qilish avtosamosvallar soni 50 gacha bo’lganda yaxshi natija beradi,
texnologik usul esa 50 dan ko’p bo’lganda qo’llaniladi. Texnologik - detal usulini shaxsiy
javobgarlik yuqori va tayyorgarlik ishlarini hajmini kamaytirish imkoni bo’lgani uchun, maxsus joy
va bo’lim talab qilinishiga qaramay, avtosamosvallar 100 tadan ortiq bo’lganda qo’llash katta
samara berishi mumkin.
27 va 40 t samosvallar uchun kompleks usulda 1-TXK va 2-TXK ishlari, nosoz detallarni
almashtirish universal ish joylarida tashkil qilinadi. Texnologik usulda tashkil qilishda, 1-TXK
oqimli qatorda, 2-TXK ishlari nosoz detal, agregatlarni almashtirish boshi berk universal ishchi post
bajariladi. Texnologik-detal usulida tashkil qilishda esa 2-TXK ish hajmining hammasi, nosoz detal,
agregatlarni almashtirish ish hajmi bilan birga asosiy agregat va birikmalar guruhlariga bo’linadi
(dvigatel, GMP va h.k.) va mutaxasislashtirilgan ish bo’limlarida bajariladi. TXK va JT ning
hamma usul va usullarida ham yuvish-tozalash, shina va payvandlash ish joylari alohida tashkil
qilinadi.
Qaytarish uchun savollar
1. Ixtisoslashtirilgan avtomobil turlari.
2. Ixtisoslashtirilgan avtomobillarning mahsus jihozlarga TXK va T texnologiyasi.
3. O’zi ag’dargichlarga TXK va JT. qo’llaniladigan texnologik jihozlar.
4. Furgonlarga TXK va JT. qo’llaniladigan texnologik jihozlar.
5. Avtotsisternalarga TXK va JT. qo’llaniladigan texnologik jihozlar.
6. Sisternalarni tozalash va tekshirish usullari.
7. Refrejeratorlarga TXK va JT. qo’llaniladigan texnologik jihozlar.
8. Sisternalarni tozalash va tekshirish usullari.