|
Касбий психологияBog'liq avtomabillar texnik ekspluatasiyasikamayib ketishi, birikmalarni normal ishlash sharoitlarini og’irlashtiradi, bunda "Moylik"
ishqalanish o’rniga "Chegaraviy" ishqalanish yuzaga keladi va birikmalarni yoyilishi tezlashadi.
Tog’ sharoitlarida ishlayotganda, avtomobillarga juda katta ahamiyat berish lozim. Chunki
tog’ yo’llari, o’ziga xos hususiyatlarga egadir. Tog’lar va balandliklar etagida qurilgan avtomobil
yo’llari, ohiri 1500-2000 km va undan yuqori balandliklargacha davom etib, keyin esa qiyaliklar va
egri-bugriliklar bilan tugaydi. Bunday yo’llar katta bo’ylama qiyaliklar (10-12%), baland-pastliklar
(1km ga 10 tadan ortiq), egri-bugriliklar (1 km ga 15-18 tadan ortiq), kichik radiusdagi burilishlar
(8-10 m), etarli bo’lmagan yo’l kengligi, yo’lning o’nqir-cho’nqirligi, yomon ko’rish masofasi bilan
ajralib turadi.
Qayd qilingan omillar avtomobilning chidamliligini, transportni qiyin harakatlanishiga,
tezlikning pastligiga, transport harakatlarini oshishiga va yo’l-transport hodisalarini tez-tez ro’y
berishiga sabab bo’ladi.
Tog’ sharoitlarining o’ziga xos hususiyatlari avtomobil ishida bir qator o’zgarishlarga olib
keladi.
Avtomobil janubiy tog’ tizmlarida va dovonlarida ishlaganda, asosan issiq o’zgaruvchan
havoning harorati va changligi ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun TXK da, yonilg’i va moy
quyilayotganda uning tozaligini ta’minnlash va moylash tizimidagi filtrlarga katta eotibor berish
kerak. Chunki buzuqliklarning 70-80% shu tizimlarga to’g’ri keladi.
Issiq tog’ sharoitlarida transmissiya va ko’tarish sistemalarida ishlatiladigan moylar tez
eskiradi, chunki havoning namligi va yuqori issiqlikning ta’siri, hamda chang oksidlanish
jarayonida katalizator rolini o’ynaydi. Bunday vaqtlarda oksidlanish va zanglashga qarshi
qo’shimchalar qo’shilgan, hamda quyuqroq moylar ishlatilishi tavsiya etiladi.
Tez-tez tormozlanish va kichik radiusdan burilishlar natijasida shinalar juda tez emiriladi.
Yo’l sharoitining murakkabligi tufayli ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, tormoz tizimi juda
ko’p ishlatiladi, rul mexanizmiga ta’sir etuvchi kuch tez oshib boradi, buning natijasida ularning
92
detallarini edirilishi oshadi, hamda qotirilgan joylar bo’shab boradi.
|
| |