Касбий психология




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/201
Sana20.12.2023
Hajmi6,46 Mb.
#125447
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   201
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

2.Sovuq iqlim sharoitida avtomobillardan samarali foydalanishga salbiy ta’sir etuvchi
omillardan biri, ularni yo’lga chiqishga shaylashga juda ko’p vaqt ketishidan iboratdir. Bularni
oldini olish uchun asosan avtomobillarni saqlash turini va saqlash anjomlarini to’g’ri tanlash
kerakdir.
Avtomobil dvigatelini qiyin o’t olishining asosiy sababi, tirsakli valning o’t olishi uchun
kerak bo’lgan eng past aylana tezligini ololmasligidir. Buning sababi havoning sovuqligi, moyning
quyuqligi, yonilg’i aralashmasi tayyorlashning qiyinligi, o’t olishning sekinlanishidir.


89
Avtomobil starteri o’t oldirishning eng past aylanish momentiga erishishni ta’minnlashi
kerak.
Ms = Mk + Mj + Mr
bu erda:
Ms - starterning aylantirish momenti,
Mk - ishchi yonilg’ini siqish uchun kerak bo’lgan moment,
Mr - ishqalanish kuchlarini engish uchun kerak belgan moment,
Mj - inersiya kuchlarini engish uchun kerak bo’lgan moment.
Mr = 30 - 80% ni tashkil qiladi.
Mk = 15 - 40% ni tashkil qiladi.
Mj = 1 - 3% ni tashkil qiladi.
Avtomobillarni ochiq maydonlarda ishga shay holda saqlab turishga garajdan tashqarida
saqlash yoki ochiq holda saqlash deyiladi. Hozirgi vaqtda yuk avtomobillarining 30 - 50% ochiq
maydonlarda saqlanadi.
Garajdan tashqarida saqlashda avtomobillarni ishga chiqarish uchun, dvigatelni engil o’t
oldirish uchun kerakli bo’lgan har xil anjomlar va yo’llar qollaniladi.
Garajdan tashqarida avtomobil saqlanganda dvigatelni o’t oldiri-shini ta’minnlash va
agregatlarni issiqlik rejimini saqlab turish uchun quyidagi usullar qollaniladi:
1 - avtomobilda ishdan keyingi issiqlikni saqlab turish,
2 - tashqi manbaadagi issiqlikdan foydalanish,
3 - dvigatelni sovuq holda o’t oldirish anjomlaridan foydalanish.
Birinchi usulni qo’llash, paxtali g’iloflardan foydalanish, akku-mullyator batareyasini 30
mm li oynali material bilan o’rash, dvigatel karteri, yonilg’i baki va moy tozalagichlarni
g’iloflashdan iborat. Bu o’z navbatida 0°S da dvigatelni 8 soatgacha, -30 °S da 0.5 soatgacha sovib
qolmasligini ta’minnlaydi. Bu usul avtomobillarni qisqa vaqt ishlamay turishida qollaniladi.
Ikkinchi usuldan, avtomobillarni smenalararo vaqt mobaynida issiq holda saqlab turish
uchun foydalaniladi. Bunda isitish anjomlaridan, avtomobil dvigatelini uzluksiz va bir zumda isitish
uchun foydalaniladi.
Saqlash turlari va anjomlari avtomobillarni yakka holda va guruhiy holda saqlash uchun
moslashgan bolishi mumkin. Saqlash turlarini qo’llash avtomobilni issiq tayyorlashga bogliqdir.
Issiq tayyorlash tashqaridan beriladigan issiqlik manbaaini ko’rsatadi. Bu uzluksiz va bir
damda isitish orqali amalga oshiriladi.
Uzluksiz isitish, bu avtomobilning dvigatelini ishdan bo’sh vaqtida uzluksiz issiq holda
saqlab turish demakdir.
Bir zumda isitish esa, bu avtomobil ishga chiqishidan oldin, uning dvigatelini tezda isitish
demakdir.
Bir zumda issiq suv bilan isitishda ketadigan suv sarfini quyidagicha aniqlanadi:
V =Qx (1 - 0.1 xt
okr
), litr
bu erda:
Q - dvigatelga bir to’ldirilgan suv hajmi,
tokr - atrof muhit harorati.
Bu usulda - 40°S dagi dvigatelni + 85°S gacha isitish uchun 15-20 minut kifoya qiladi.
Yuqorida keltirilgan isitish turlaridan tashqari, elektr energiyasi, infra qizil nurlar va qizigan


90
havo bilan isitish kabilar mavjud.
Uchinchi usulda asosan suyultirilgan moylar va o’t oldirish suyuqliklari ishlatiladi. O’t
oldirish suyuqligi rolini etilli efir bajaradi. U juda past haroratda ham tezda o’t oladi ("-139" - "-
140" °S ), uchuvchanlik qobiliyatiga ega va qaynash temperaturasi 34.5°S ga teng. Bu suyuqlik
tsilindrga sochiladi va 190-200°S da o’t oladi (siqish hisobiga). Dizellar uchun Holod D-40 (etilli
efir - 60%,izopropil nitrat - 15%, petroleyniy efir - 15% va gaz trubinalarining moyi - 10%) tez
yonar aralashmasi ishlatiladi. Karbyuratorli dvigatellar uchun "Arktika"suyuqligi ishlatilib, uning
tarkibida etil efiri, gaz efiri, izopropil nitrat va edirilishga qarshi qo’shimchalar bor.

Download 6,46 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   201




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish