• 13-MAVZU. TURLI TABIIY-IQLIM ShAROITIDA AVTOMOBILLARDAN FOYDALANIShNI TAMINLASh REJA
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Tayanch iboralar
    1. ICh jarayoni
    11. Ko’targichlar
    2. Ish joyi
    12. Estakadalar
    3. Ishchi postlari
    13. Ko’tarish-tashish maslamalari
    4. Universal postlar
    14. Konveerlar
    5. Maxsus postlar
    15. Ajratish yig’ish ishlari
    6. Oqimli qator
    7. Maxsus brigadalar
    8. Kompleks brigadalar
    9. Agregat - uchastkalar
    10. Ko’rish ariqchalari
    13-MAVZU. TURLI TABIIY-IQLIM ShAROITIDA
    AVTOMOBILLARDAN FOYDALANIShNI TAMINLASh
    REJA
    1.
    Avtomobillardan har xil iqlim sharoitida foydalanishda, uining ishlash qobiliyatiga va
    mustahkamlik ko’rsatkichlarini o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar. Avtomobillarni ishlash
    sharoitiga moslashtirish.
    2.
    Sovuq iqlim sharoitida avtomobillarni saqlash va saqlash anjomlaridan foydalanishning
    samarali usullari. Avtomobillarni ochiq holda saqlash usullari va anjomlari. Avtomobil
    dvigatellarini ishdan oldin va uzluksiz isitish. Sovuq iqlim sharoitida avtomobil agregatlarini issiq
    sharoitda saqlab turish usullari. Avtomobillarni guruxiy va yakka holda saqlash turlari va anjomlari,
    hamda ulardan foydalanish. Dvigatelni isitmasdan turib, sovuq holda o’t oldirish.
    3. Issiq iqlim va tog’ sharoitlarda foydalanishning o’ziga xos hususiyatlari. Bu sharoitlarda
    avtomobillarning puxtaligiga ta’sir qiluvchi omillar. Avtomobillar ishga yaroqli holda ushlab turish
    uchun ko’riladigan chora tadbirlar.
    4.MDH davlatlari avtomobil zavodlarida ishlab chiqarilgan va chiqarilayotgan
    avtomobillarning ko’pchiligi meoriy iqlim sharoitida ekspluatatsiya qilishga moljallangandir.
    Me’yoriy iqlim sharoitidan boshqa sharoitlar (me’yoriy issiq, me’yoriy issiq namlik, issiq namlik,
    issiq quruq, juda issiq quruq, me’yoriy sovuq, sovuq va juda sovuq) ATni ishlashida, ularni
    saqlashda, TXK va T da o’zgacha sharoit yaratadi. Bu sharoit rejalashda, me’yorlashda va texnik
    foydalanishda baozi bir o’ziga xos o’zgarishlarni hisobga olishga majbur etadi.
    O’zgacha sharoitlar bir necha omillar yig’indisini hisobga olishni taqazolaydi. Shimoliy va
    sharqiy rayonlar iqlim sharoiti faqat sovuq iqlimi bilangina harakterlanib qolmay balki, sovuq


    88
    shamollari va juda og’ir yo’l sharoitlarini (qishda qor uyumlari, eng past yo’l kategoriyalarida
    ishlash, yo’l qoplamlari yo’q) ham o’z ichiga oladi.
    Issiq quruq va juda issiq quruq tabiiy rayonlar issiq iqlim bilan bir qatorda quyosh
    radiaktivligi va havoning yuqori changligi bilan farq qiladi.
    Ko’pgina o’zgacha sharoitdagi rayonlar yangi o’zlashtirilayotgan, TXK, JT va saqlash
    uchun juda kam sharoit yaratilgan joylar hisoblanadi.
    Bu sharoitlarda transport jarayonini va avtomobillardan texnik foydalanish samaradorligini
    oshirish uchun quyidagi usullar qo’llaniladi:
    a) shu sharoitlarga moslab ishlab chiqarilgan avtomobillardan foydalanish;
    b) texnik foydalanish ko’rsatgichlarining me’yorini shu sharoitga qarab
    korrektirovka qilish;
    v)avtomobillarni o’t oldirish, saqlash turlari va apparatlarni moslab ishlatish. Shimol sharoitiga
    moslab ishlab chiqarilgan avtomobillar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
    - -60°S gacha sovuqlikda buzilmasdan ishlashi;
    - kabinalari isitiladigan va issiqlikni saqlovchi materiallar bilan qoplanganligi;
    - oldingi oynakni ichki isitish moslamasi bo’lishi;
    - sovuq sharoitda dvigetelni qiynalmasdan o’t oldirish mumkinligi;
    - sovuqqa chidamli shinalar, rezina-texnik maxsulotlar va detallar bilan ta’minnlanganligi;
    - sovuq iqlim sharoitida maxsus yonilg’i, moylovchi yog’lar va boshqa suyuqliklar
    ishlatilishi kerak.
    Issiq iqlim sharoitiga moslab ishlab chiqilgan avtomobillar uz-luksiz yopiq sovutish tizimiga
    ega bo’lishi kerak. Bu tizim o’z navbatida sovutish suyuqligini parlanib ketishidan saqlaydi, hamda
    moy sovitish sovitgichi bo’lishi kerak. qumlik va saxroda ishlaydigan avtomobillarning havo
    tozalagichi maxsus tayyorlangan bo’lishi kerak. Bu avtomobillarda qo’llaniladigan shinalar, rezina-
    texnik materiallar, polimerlardan tayorlangan detallar issiq iqlim sharoitida buzilmasdan ishlashini
    ta’minnlash kerak.
    Akkamullyator batareyalari eng kam qiziydigan erga joylashtirilishi, haydovchi va
    yo’lovchilar xonalari issiqlikdan himoya qilish materiallari bilan qoplangan bo’lishi kerak.
    Yo’lovchilar kuzovi va haydovchi kabinasi havo almashtirgich yoki kondetssionerlar bilan
    jihozlanishi zarur. Tashqi bo’yoqlar yorug’ ranglar (oq, sut rang va h.k) bilan bajarilishi kerak.
    Yuqori tog’ sharoitlarda ishlatiladigan avtomobillar maxsus loyihalashtirilgan bo’lib, bu
    sharoitlarda dvigatel quvvatini kamayib ketmasligi ta’minnot va o’t oldirish tizimi
    takkomillashtirilgan, maxsus uzatmalar qutisi o’rnatilgan, tormoz tizimida esa sekinlashtirgichlar
    qo’llanilgan bo’lishi kerak.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish