3.JT texnologik jarayonini tashkil qilish. ATK sida avtomobil-lar uchun JT ishlarini
bajarish talabga muvofiq, JT zonasidagi texnolo-gik uskunalar bilan jihozlangan postlarda olib
boriladi.
Baozi bir texnologik operatsiyalar, TX-1 va TX-2 postlaridagi bajariladigan ishlar bilan
bog’liq bo’lganligi uchun, ularni TX davrida bajarish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu ishlar
qo’shimcha ko’chib yuruvchi maxsus ishchilar yordamida bajariladi.
83
JT ishlari ikki xil,agregat va yakka usulda olib boriladi.
Agregat usuli.
- buzilgan agregat va uzellarni, avvaldan ta’mirlab qo’yilgan yoki yangisiga almashtirishdan
iboratdir.
Yakka usul-avtomobilni agregat yoki mexanizmini tuzatib, yana o’z o’rniga qo’yishdan
iboratdir.
ATK sida ishchilar mehnati quyidagi usullarda tashkil etishlishi mumkin:
1) Maxsus brigadalar usuli
2) Kompleks brigadalar usuli
3) Agregat-uchastkalar usuli Maxsus brigadalar usulida TX va JT ishlarining har bir turi
maxsus brigada
ishchilari tomonidan bajariladi.KXK, 1-TXK, 2-TXK va JT ishlarini bajaruvchi brigadalar, barcha
ishlarni bajara oluvchi mutaxassis ishchilar bilan mujassamlashtiriladi. Bu usulda boshqarish ishlari
osonlashadi va bir xildagi ishlar bajaruvchi uchastkalar tashkil qilinadi, hamda bajarilgan ishlarni
hisobga olish osonlashadi.
Bu usulning kamchiliklaridan biri, avtomobil texnik holatiga javobgarlik susayadi. Bu o’z
navbatida avtomobillarni JT ishlarida turib qolishiga, texnik tayyorgarlik koeffitsientini
kamayishiga olib keladi.
Bu usulni mavqeini oshirish uchun ATK sida "Ishlab chiqarishni markaziy boshqarish
markazi (SUP) yoki TXK va JT ishlarini kompleks boshqarish tizimini tashkil etish (bunda, har bir
ishchining o’z ishiga bo’lgan masuliyati oshadi) zarur.
Kompleks brigadalar usuli. Bu usulda ATK larida 1-TXK, 2-TXK va JT ishlarini alohida-
alohida guruh avtomobillarga bajaruvchi kompleks brigadalar tuziladi.
TXK va JT ishlari markazlashgan holda olib boriladi. Brigadalar alohida-alohida
mutahassisliklarga ega bo’lgan ishchilar bilan komplektlanadi. Bu usulda ham, har bir ishchining
javobgarligi sezilarli darajada emas, JT ishlarini hajmi oshadi. Oqimiy usulni tashkil qilish
qiyinlashadi. Barcha moddiy texnika materiallari brigadalar orasida bo’linib ketadi, bu o’z
navbatida ulardan samarasiz foydalanishga olib keladi. Bu usulning qulayligi, TXK va JT ishlarini
bajarishdagi javob- garlik brigada zimmasiga tushadi.
Agregat uchastka usuli. Bu usulda TXK va JT ishlari avtomobilning qismlari bo’yicha
uchastkalarga bo’lib beriladi. Ishlab chiqarishdagi ishchilar ham o’z navbatida uchastkalarga
bo’linib, ular TXK, JT ishlarini bir yoki bir necha agregatlar bo’yicha bajaradilar. Uchastkalarning
soni, ATK ning katta - kichikligini qarab 4 tadan 8 ta gacha bo’lishi mumkin, masalan:
1-uchastka - dvigatellarga TXK va JT.
2-uchastka - ilashish muftasi, uzmalar qutisi, qo’l tormozi, kordan uzatmasi, radiator.
3-uchastka - oldi ko’prik, rul boshqarmasi, orqa ko’prik, tormoz tizimi, podveskalar.
4-uchastka - elektrojihozlar va ta’minnlash sistemasi.
5-uchastka - rama, kabina, kuzov, issiqlik sexi ishlari.
6-uchastka - shinalar.
7-uchastka - chilangar-mexanik ishlar.
8-uchastka - yuvish-tozalash ishlari.
84
Ishni bu usulda tashkil qilish, ishlab chiqarishdagi barcha uskuna, jihozlarni, ehtiyot qism,
materiallarni sarfini hisobga olishni osonlashtiradi, hamda TXK va JT varag’i asosida, bajarilgan
ish turi va bajaruvchi to’g’risida ma’lumot olish imkonini beradi.
Bu usul texnik hodimlarni ishga bo’lgan qiziqishini, javobgarligini va texnik xizmatning
samaradorligini oshiradi.
Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, to’liq avtomobil uchun hech kim javob bermaydi,
balki alohida-alohida qismlar uchun javob beriladi.
Hozirgi vaqtda bu usul takomillashib, brigada nazarida tusini olyapti va shu brigada ma’lum
guruh avtomobillarning texnik holati uchun javob beradi. Bunda brigadalarga oxirgi natija bo’yicha
haq to’lanadi.
|