• Ko’rish ariqchalari
  • Ko’tarish, tashish va qarash ishlari texnologik jarayoni




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    4.Ko’tarish, tashish va qarash ishlari texnologik jarayoni. ATK da JT ishlari texnologik
    jarayonini tashkil qilish texnik, texnologik va hisobga oluvchi hujjatlarni tayyorlash (ta’mirlash
    texnologik haritalari, ajratish-yig’ish ishlari haritalari) hamda, ish joylarini tashkil qilish ishlarini
    o’z ichiga oladi.
    Ko’tarish, qarash va tashish jihozlari JT va TXK da ishlatilib ular avtomobillarga har
    tomondan (ustidan, tagidan, yonidan) XK va T ga imkon yaratadi va ish unumini oshiradi.
    Avtomobillarga TXK ishlarining 40-50 % tagidan, 10-20 % yonidan va 40-45 % ustidan bajariladi.
    Ko’tarish, qarash va tashish jihozlari ish unumini oshiribgina qolmay balki, uning sifatini
    oshirishga ham imkon yaratadi.
    Asosiy ko’tarish, qarash va tashish jihozlarga ko’rish ariqchalari, ko’targichlar, konveyrlar
    va estakadalar, yordamchilarga esa damkratlar, ag’dargichlar va har xil shu kabi jihozlar kiradi.
    TXK va JT ishlarini bajarish asosan ishchilarni tik turgan holda ishlashini talab etadi.
    Ko’rish ariqchalari: ular eng ko’p tarqalgan universal ko’rish tuzilmalari bo’lib,
    avtomobillarga ustidan, yonidan va tagidan xizmat ko’rsatish uchun imkon yaratadi. Ko’rish
    ariqchalari bilan boshi berk, boshi ochiq ishchi postlari va oqimli qatorlar jihozlanadi. Ular ensiz va
    enli bo’lishi mumkin.
    Ensiz deb, ariqchalarning eni avtomobil enidan kam bo’lsa, enli deb avtomobil enidan ko’p
    bo’lsa tushiniladi.
    Ko’rish ariqchalari tuzilish avtomobillarni turiga bog’liq bo’lib, uzunligi avtomobil
    uzunligidan (engil avtomobillar uchun 1.4-1.5m, yuk avtomobillar va avtobuslar uchun 1.2-1.3 m)
    uzun bo’ladi. Eni esa avtobus va yuk avtomobili uchun 0.9-1.1 m, engil avtomobillar uchun 0.8 m
    bo’ladi. Ko’rish ariqchalariga kuchlanishli yoritgichlar (42 V) o’rnatiladi va ularni harorati 16-25°S
    bo’lgan, har 1 metr uzunlikka 200 m.kub/soat hajmidagi,tezligi 2-2,5 m/s va yo’nalishi 45° burchak
    ostida bo’lgan havo bilan shamollatib turilishi kerak. Chiqindi gazlarni chiqarish uchun maxsus
    trubalar o’rnatiladi.
    Ko’rish ariqchalari, ularda bajariladigan ish turiga qarab ko’targichlar, harakatlanuvchi
    voronkalar, moy quyish qurilmalari bilan jihozlanadi.
    Ensiz ko’rish ariqchalari yoriq emasligi, hamda baozi bir agregatlarni echish va
    o’rnatishning qiyinligi, enli ariqchalar ko’p joy egallashi kabi kamchiliklardan ham holi emasdir.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko’tarish, tashish va qarash ishlari texnologik jarayoni

    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish