• Tayanch iboralar
  • 12-MAVZU. AVTOMOBILLARGA TXK va Ta’mirLASh IShLARI TEXNOLOGIK JARAYoNINI TAShKIL QILISh REJA
  • Shina ishini hisoblash va nazorat qilish




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Shina ishini hisoblash va nazorat qilish
    ATK dagi shina ishlarini hisoblash va nazorat qilish belgilangan shakldagi harita bo’yicha
    olib boriladi. Shu haritada shinadan foydalanish boshlangandan so’ng har oylik bosib o’tilgan yo’li,
    uni avtomobilga qo’yish va undan echib olish sanasi,avtomobil raqami,shinaning texnik holati va
    avtomobildan echib olish sabablari belgilanadi. Shinani butunlay ta’mirlashga jo’natishdan avval
    uning haritasi to’ldirilib yopiladi, agarda joriy ta’mirlansa haritaga yozish davom ettiriladi. Yangi
    shina seriya va saroy raqami bo’yicha hisobga olinadi.
    Qaytarish uchun savollar
    1. Yurish qismida uchraydigan nosozliklar va ularning alomatlari.
    2. Yurish qismini diagnostikalash ishlari texnologiyasi.
    3. Yurish qismiga TXK ishlari texnologiyasi.
    4. G’ildiraklarning o’rnatish burchaklarini sozlash texnologiyasi.
    5. G’ildiraklarni statik va dinamik muvozanatlash texnologiyasi.
    6. Shinalarning asosiy nosozliklari va ularga diagnoz qo’yish
    7. Shinalarga TXK va ta’mirlash texnologiyasi
    Tayanch iboralar
    1. Oldingi etaklovchi ko’prikli avtomobillarning yurish qismi nosozliklari
    2. Oldingi etaklovchi ko’prikli avtomobillarning yurish qismiga TXK
    3. Orqa etaklovchi ko’prikli avtomobillarning yurish qismi nosozliklari
    4. Orqa etaklovchi ko’prikli avtomobillarning yurish qismiga TXK
    5. Boshqaruv g’ildiragi o’rnatish burchaklarini sozlash
    6. G’ildiraklarni statik va dinamik muvozanatlash
    7. Shinalarga TXK va ta’mirlash texnologiyasi
    12-MAVZU. AVTOMOBILLARGA TXK va Ta’mirLASh IShLARI
    TEXNOLOGIK JARAYoNINI TAShKIL QILISh
    REJA
    1. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish (TXK) texnologik jarayoni haqida umumiy
    tushuncha va ularning tavsifi.
    2. TXK texnologik jaryonini tashkil qilish.
    3. Ta’mirlash ishlari texnologik jarayonini tashkil qilish.


    81
    4. Ko’tarish, tashish va qarash ishlari texnologik jarayoni
    5. Ajratish-yig’ish ishlari texnologik jarayoni
    1.Texnik sharoitlarga asosan ma’lum bir ketma-ketlikda ish va operatsiyalarni bajarishga
    texnologik jarayon deyiladi.
    TXK va JT texnologik jarayonini amalga oshirishdan maqsad avtomobillarni texnik tayyor
    holatda ushlab turishdan iborat.
    Ishlarni ratsional ketma-ketlikda bajarish uchun texnik xujjatlardan, ya’ni texnologik
    haritalardan, zavod ko’rsatmalaridan, texnik shartlardan foydalaniladi.
    TXK va JT texnologik jarayoni ishchi postlarida va ish joylarida bajariladi.
    Ish joyi deb - ma’lum bir ishni bajarish uchun texnologik uskunalar, yordamchi jihoz va
    asboblar bilan jihozlangan bir ishchining mehnat qilish muxiti tushuniladi.
    Ishchi posti deb - TXK jihozlari, yordamchi uskunalar va avtomobil uchun joy bilan
    jihozlangan va bir yoki bir necha ish joylaridan iborat bo’lgan muhit tushiniladi.
    TXK va JT texnologik jarayonini bajarishda ATK ning IChTB sida texnologik va
    operatsion haritalar, post haritalari, harita-sxemalar TXK uchun qo’llanma, JT uchun qollanma va
    boshqa turdagi xujjatlar ishlatiladi.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish