Yaqinlashuv burchagini sozlash shakli




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/201
Sana20.12.2023
Hajmi6,46 Mb.
#125447
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   201
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

Yaqinlashuv burchagini sozlash shakli
VAZ, “Moskvich” va shu turdagi avtomobillarda g’ildraklarning og’ish burchaklari pastki
yoki yuqorigi richaglarning tagidagi sozlovchi shaybalarning qalinligini o’zgartirish yo’li bilan
amalga oshiriladi.
Burilish burchaklarining bir-biriga monandligi tortqilardan birini qisqartirish, ikkinchisini
uzaytirish hisobiga sozlanadi. Bu shartni bajarmaslik yaqinlashuv burchagining o’zgarishiga olib
keadi.
G’ildirakning yaqinlashuv burchagini to’g’ri sozlash eng muhim hisoblanib, uning
me’yorida bo’lmasligi shina protektorini juda tez va notekis eyilishiga olib keladi.
Hulosa qilib aytganda, 1-TXK vaqtida rul boshqarmasi va oldingi o’q bo’yicha rul
chambaragining lyufti, rul tortqilari sharnirlari, g’ildirak gupchagi podshipniklari,
gidrokuchaytirgichli tizim jipsligi, sharli barmoqlarning qotirilganligi, soshka, buriluvchi sapfa
richaglari va shkvoren holati tekshiriladi. 2-TXK da 1-TXK ni hisobga olgan holda oldingi o’q
balkasi va oldingi g’ildirak o’rnatish burchaklarining to’g’ri o’rnatilganligi, g’ildiraklarning
muvozanatsizligi, rul boshqarmasi kardan vauining va barcha birikma hamda detallarning
qotirilganligi tekshiriladi.
3.Shinalar avtomobilning eng qimmat turadigan elementlaridan biri hisoblanib, ular
avtomobilning tortish-to’xtatish mexanizmlari dinamikasiga, turg’unligiga, tekis yurishiga, yonilg’i


78
tejamkorligiga, harakat havfsizligiga ta’sir ko’rsatadi. Shinalarning ishdan chiqishi va ish
muddatining kamayishi texnik foydalanish qoidalarini buzish bilan bog’liqdir.
Shinalar mo’ljaldagidan oldinroq ishdan chiqishining asosiy sabablari ichki bosimning
ko’tarilishi, bosimning pastligi, g’ildiraklar yaqinlashuvining noto’g’riligi, tormoz barabani ezilib
tuxumsimon bo’lib qolishi, tormoz mexanizmlarining bir xil ishlamasligi, avtomobillarga ortiqcha
yuk ortilishi, shinalarning o’tkir qirrali predmetlarga urilishi, vaqtida o’rin almashtirilmasligi,
haydovchilar mahoratining pastligi, yo’l va iqlim sharoitlarining o’zgaruvchanligi va boshqalar.
Avtomobil shinalariga TXK, shinadagi havo bosimini tekshirish, tashqi tomonini nazorat
qilish va protektor edirilishini aniqlash, undan uchlik narsalarni chiqarib tashlash, juftlab qo’yilgan
shinalar orasidan masofani (40-50 mm) tekshirish, ularning o’rnini almashtirishdan iborat.
Shinadagi havo bosimini aniqlash uchun porshenli yoki prujinali monometrlardan
foydalaniladi. Siqilgan havo qo’zg’almas yoki qo’zg’aluvchan kompressorli moslamalardan olinadi.
Ularning ishlab chiqarish qobiliyati 1 m3/min bo’lib, hosil qiladigan bosimi 1,0-1,2 Mpa ga teng
bo’ladi.
Shinalarga TXK jarayoni quyidagicha:
- Diagnostika (D-1) paytida ularning ichki bosimini nazoratdan o’t-kazish va 1-TXK
paytida ichki bosimni normal holatga keltirish,
- Shinalarni qarovdan o’tkazish, chegara eyilishini aniqlash, qoplamaga va ular orasiga
tiqilgan predmetlarni tozalash, chuqurligini tekshirish,
- 2-TXK paytida shinalarni avtomobildan echib olib yoki echmasdan mu-vozanatlash.
Shinalarni ko’proq ishlashi uchun ularni ajratish va yig’ish ishlariga alohida eotibor berish
kerak.
Shinalarni yig’ish ishlarini bajarishdan avval disklar va g’ildirak detallari tekshiriladi (bort
va qulf halqalari), hamda iflosliklardan va zangdan tozalanadi. Disklarni to’g’rilash va tozalash
uchun maxsus stanoklardan foydalaniladi.
Engil avtomobillarni shinalarini ajratish va yig’ish uchun maxsus Sh-501 M modelidagi kabi
jihozlar ishlab chiqarilgan, ulardan tashqari juda ko’p turdagi nostandart jihozlar ham mavjud
bo’lib, ular asosan elektrodvigatel, reduktor, siqgich, kranchalar va boshqa detallardan tuzilgan
bo’ladi.
Yuk avtomobili va avtobuslarni g’ildiraklarini ajratish va yig’ishda ham maxsus jihozlardan
foydalaniladi.
Engil avtomobil shinalarini ajratib va yig’ilgandan so’ng ularni muvozanatlash zarurdir.

Download 6,46 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   201




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish