• Tayanch iboralar
  • 11-MAVZU. AVTOMOBIL YuRISh QISMIGA TXK VA TAMIRLASh IShLARI TEXNOLOGIYaSI
  • Yurish qismidagi asosiy nosozliklar
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Qaytarish uchun savollar
    1.Rul boshqaruvida uchraydigan asosiy nosozliklar va ularning alomatlari.
    2.Rul boshqaruvini tashxislash ishlari
    3.Rul boshqaruvini sozlash, moylash va mahkamlash ishlarini bajarish texnologiyasi.
    4.To’xtatish tizimida uchraydigan nosozliklari va ularning alomatlari.
    5.To’xtatish tizimiga qo’yiladigan asosiy talablar.
    6.Suyuqli yuritmali to’xtatish tizimiga TXK va JT texnologiyasi.
    7.Pnevmatik tormoz tizimiga TXK va JT texnologiyasi.
    8.Pnevmogidravlik tormoz tizimiga TXK va JT texnologiyasi.
    9.To’xtatish tizimini tashxislash usullari, qo’llaniladigan jihozlar.
    10.Boshqaruv mexanizmlariga TXK va T da texnika havfsizligi.
    Tayanch iboralar
    1. Chervyakli rul boshqarmasi nosozliklari
    2. Chervyakli rul boshqarmasiga TXK
    3. Reykali rul boshqarmasi nosozliklari
    4. Reykali rul boshqarmasiga TXK
    5. Gidrotormoz nosozliklari
    6. Gidrotormozga TXK
    7. Pnevmotormoz nosozliklari
    8. Pnevmotormozga TXK
    9. Tormoz effektivligi bo’yicha tashxislash
    10.Tormoz tizimidan havoni chiqarish
    11.Tormoz tizimini JT
    11-MAVZU. AVTOMOBIL YuRISh QISMIGA TXK VA TAMIRLASh
    IShLARI TEXNOLOGIYaSI
    REJA
    1. Yurish qismida uchraydigan asosiy nosozliklar va ularning alomatlari.
    2. Yurish qismiga TXK ishlari texnologiyasi.
    3. Shinalarga TXK texnologiyasi.
    4. Shinalarni ATK sharoitida ta’mirlash texnologiyasi.
    Yurish qismi ramalar, o’qlar va g’ildirak osmalaridan iborat bo’lib, ularning nosozligi
    avtomobil harakatlanishida shovqin, tebranish, g’ichirlash va siltanish kabi nohush holatlarni
    keltirib chiqaradi, natijada haydovchi va yo’lovchilarning toliqishi va avtomobilda tashiladigan
    yukning sifati pasayadi.
    Yurish qismidagi asosiy nosozliklar, asosan, avtomobilning eng yuqori yuk
    ko’taruvchanligidan ortiqcha yuklanish bilan ishlatilganda, shuningdek, shakl berilmagan yollarning
    og’ir sharoitlarida ishlatilganda yuzaga keladi. Rama qoldiq deformatsiya olib egiladi, unda yoriqlar


    74
    paydo boladi, parchin-mixli birikmalar bo’shashadi, dvigatel va transmissiya agregatlarining o’zaro
    to’g’ri joylashuvi buziladi.
    Oldingi ko’prik nosozliklariga gupchak podshipniklari tarangligining buzilishi, ko’prik
    balkasi va burilish richaglarining egilishi, shkvorenni o’rnatish teshigining, shkvoren va uning
    vtulkasining, buriluvchi sapfalar podshipniklarini o’rnatish teshigining eyilishi misol bo’ladi.
    Oldingi ko’prik detallarining eyilishi g’ildiraklar o’rnatish burchaklarining buzilishiga, shinalarning
    bir tomonlama eyilishiga va avtomobilni boshqarishni qiyinlashuviga olib keladi.
    Yurish qismining ko’rsatib o’tilgan nosozliklari avtomobilning to’g’ri chiziqli harakatdan
    o’ngga yoki chapga toyishi, katta tezlikda harakatlanishda oldingi boshqariluvchi g’ildiraklarning
    ta’siri, avtomobilning bir tomonga qiyshayishi, harakatlanish paytida osma atrofidagi taqillashlar va
    tebranishlar oqibatida yuzaga keladi.
    Yurish qismining agregatlari va uzellaridagi nosozliklar qisman KXK paytida aniqlanadi.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish