Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban orasidagi tirqishni sozlash




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/201
Sana20.12.2023
Hajmi6,46 Mb.
#125447
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   201
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban orasidagi tirqishni sozlash
Baraban echilib maxsus o’lchash barabani o’rnatiladi va yassi shuplar yordamida kolodka va
baraban orasidagi tirqish aniqlanadi.
Tirqish barmoq tomondagi kolodkaning uchidan 25-30 mm masofada aniqlanadi (0,15 mm),


71
bu o’z navbatida qarama-qarshi tomondagi tirqishni 0,4 mm ga sozlaydi. 4. Suyuqlik yuritmali
tormoz tizimidan havoni chiqarish. Bosh tormoz tsilindri va g’ildirak ishchi tsilindrlari chang va
kirliklardan tozalaniladi. Tormoz suyuqligi idishining qopqog’i ochiladi va suyuqlik sathi
tekshiriladi. Sath sig’imning rezbali qismidan 15-20 mm. dan yoki ”min” belgisidan past
bo’lmasligi kerak. Ishchi tsilindrdagi chiqarish klapani(1) ning rezina qopqog’i olinib, o’rniga
rezina shlanga(2) tiqiladi va bir uchi 1/3...1/2 hajmda tormoz suyuqligi to’ldirilgan shisha idishga
tushiriladi.
Tormoz tepkisi qarshilik sezilguncha, ya’ni tepkining yurish yo’li o’zgarmagunga qadar tez-
tez bosib-harakatlantiriladi, so’ngra tepkini bosib turib klapan 1/2...3/4 aylanaga buraladi va tepki
ohirigacha bosilgach, klapan mahkamlanadi hamda tepki sekin qo’yib yuboriladi. Bu holat shisha
idishda havo pufakchalari chiqmay qolguncha davom ettiriladi. Operatsiya vaqtida vaqti-vaqti bilan
idishdagi tormoz suyuqligi sathi tekshirilib va me’yoriga keltirib turiladi. Nihoyat, klapan qotirilib,
shlanga echib olinadi. Shu havo chiqarish ketma-ketligi eng uzoqdagi tsilindrdan boshlab
bosqichma-bosqich bajariladi. UZDEU engil avtomobillarida esa havo chiqarish ketma ketligi orqa
g’ildirakdan boshlab diagnal bo’yicha amalga oshiriladi (orqa chap-oldingi o’ng, orqa o’ng-oldingi
chap).
5. Qo’l tormozini tekshirish va sozlash.
Orqa kolodka qoplamalarining edirilishi, trossning cho’zilishi, qo’l tormozi dastagi
yo’uining ko’payib ketishiga olib keladi. Orqa g’ildiraklar dastak to’liq yo’uining 2/3 qismda 400 N
kuch bilan tortilganda to’liq tormozlanadi. Uni sozlash uchun dastak ostiga ulangan kolodkalarni
tortish trossi uzunligini kamaytirish lozim.
Hozirgi vaqtda BSK(TU-6-10-1553-75) va NEVA(TU-6-09-550-73) turidagi hamda xorijiy
firmalarda ishlab chiqarilayotgan tormoz suyuqliklari (DOT-2, DOT-3, DOT-4 va boshqalar) dan
keng foydalanilmoqda. BSK suyuqligi kanakunjut moyi(47 %) va butil spirti(53%)dan hamda qizil
rang beruvchi organik moddadan tayyorlanadi. Uning kamchiligi minus 15°S dan past va 25°S dan
yuqori haroratda o’z oquvchanligini yo’qotishidadir. NEVA turkumidagi tormoz suyuqliklari
etilkarbitol suyuqligi asosida bo’lib, quyuqlashtiruvchi va zanglashga qarshi qo’shimchalardan
tarkib topgan bo’ladi. Bu suyuqliklarni bir-biriga qo’shib ishlatish man qilinadi.

Download 6,46 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   201




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban orasidagi tirqishni sozlash

Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish